qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqishi” kabi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq huquqiy asoslar
va amaliy o‘zgarishlar rejalari muham ahamiyat kasb eta boshladi.
SHuningdek, Harakatlar strategisiyaga muvofiq mamlakatda “Elektron parlament”
tizimini ishlab
chiqish, “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy
ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik
guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirish, davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, vazifalari va asosiy
yo‘nalishlari,
ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari,
bu boradagi loyihalar amalga
oshiriladigan ustuvor sohalarni tartibga soladigan huquqiy asoslar ishlab chiqish, har bir tuman (shahar)da
jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha «Xalq qabulxonalari»ni tashkil etishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, 2018-2020 yillarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyati samaradorligini yanada oshirish va rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish kabi chora-tadbirlarni amalga
oshirish mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatda fuqarolik jamiiyati
qurishning muqarrar ekanligini anglatadi.
«Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari» tamoyilini ijtimoiy-siyosiy hayotga qo‘llash
vositasida siyosiy hokimiyat organlarining mahalliy
tizimini mustahkamlash, ularga markaziy hokimiyat
vakolatlarini bir qismini berib borish asnosida nomarkazlashtirish islohotlarini o‘tkazish, ijroiya hokimiyat
tizimlarini vakillik organlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan kuchli nazorat
etish mexanizmi va huquqiy
asoslarini yaratishga doir islohotlarni amalga oshirish fuqarolik jamiyati qurishning shart-sharoitlarini yaratish
yo‘lidagi ilk qadamlardir.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchilik faoliyati natijasida
nodavlat notijorat tashkilotlarning demokratik tamoyillar asosidagi huquqiy asoslari shakllandi. Qisqa davr
ichida mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning poydevori - konstitutsiyaviy va huquqiy shart-sharoitlar
yaratildi. Islohotlar natijasida mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar tizimi shakllandi. Muhimi, «uchinchi
sektor» bilan davlat hamkorligi natijasida mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlarning
mustaqil faoliyat
yuritishi, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
XXI asr boshlariga kelib O‘zbekiston davlati va xalqi ilg‘or rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga
erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha
shart-sharoitlarni yaratgan, jamiyatning
hamma jabhalarini demokratiyalashtirishga qobil bo‘lgan, o‘zida xalqchil milliy meros va an’analarni
ifodalagan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichini chuqurlashtirishga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: