mintaqaviy NNT
. Ularga Qoraqalpog‘iston respubliksi, viloyatlar va Toshkent shahri
hududlarida faoliyat Yuritadigan NNT kiradi;
-mahalliy NNT
. Ularga tumanlar, shaharlar, shaharcha va boshqa kichik hudularda farliyat
Yurituvchi NNT kiradi.
O‘zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi:
Aholining yirik qatlamlari ijtmoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar
(«Mahalla» xayriya jamg‘armasi,
«Kamolot» YOIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nogironlar jamiyati, «Nuroniy» jamg‘armasi va
boshq.).
Ekologiya, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohaliga ixtsoslashgan milliy-xalqaro jamharmalar
(«Ekosan», «Ibn Sino», «Sog‘lom avlod», Orolni qutqarish, Amir Tdmur va boshq. halqaro
jamg‘armalar).
Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo‘yicha tuzilgan ijtmoiy tashkilotlar (Rdspublika «Ma’naviyat
targ‘ibot» markazi, «Ijtmoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi va boshq.).
Umum milliy hayriya jamiyatlari va jamg‘armalari (Bolalar jamg‘armasi, «Mdhr nuri» jamg‘armasi
va boshq).
Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O‘zbdkiston sudlar uYushmasi, Advokatlar
palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbdkiston Rdspublikasi Milliy markazi va boshq.).
Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (YOzuvchilar uYushmasi, Jurnalistlar uYushmasi,
Kompozitorlar uYushmasi, Arxitdktorlar uYushmasi, Kindmatografistlar uYushmasi va boshq.)
Milliy-madaniy markazlar (ular O‘zbdkistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) vakillarini
milliy va dtnik bdlgilariga qarab birlashtradi, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va boshq.).
Ijtmoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo‘yicha birlashmalar (Vdtdran jangchilar
birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining ko‘ngilli jamiyat, Ixtrochilar va ratsionalizatorlar jamiyat,
Turistlar klubi, Havaskor qo‘shiqchilar klubi va boshq.).
Bundan tashqari, NNTlar qatoriga turli shakllarga mansub bo‘lgan tashkilotlarni kiritish
mumkin:
Siyosiy partyalar va ijtmoiy harakatlar;
Kasaba uYushmalari;
Diniy tashkilotlar;
Turli sport fdddratsiyalari va uyushmalari
93
.
Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2000
yilda ularning soni 2300 taga, 2010 yilda – 5100
93 Formirovanid novogo viddniya roli i mdsta NNO v protsdssax politchdskoy i dkonomichdskoy
moddrnizatsii v Uzbdkistand.-T.:SEI;BMT Rivojlanish dasturi, 2010.-B.54-55.
127
taga etdi. Bugungi kunda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavlat
notijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu degani 2010 yilga nisbatan 1,6 marta ko‘p
demakdir94.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining 39 foizi hukumat va uning quyi organlari
tashabbusi bilan tuzildi. Mavjud nodavlat notijorat tashkilotlarining 16,1 foizini sport, 10,4 foizini
yoshlar, 10 foizini huquqiy va demokratik institutlarni mustahkamlash, 9 foizini siyosiy partiya
tashkilotlari, 8,4 foizini nogiron va imkoniyati cheklanganlar huquq va manfaatini himoya qilish,
6,4 foizini madaniyat- ma’rifat va tarix yo‘nalishi, 6,3 foizini kasaba uyushmalari, 5 foizini xotin-
qizlar, 4,4 foizini favqulodda vaziyatlar, 4,2 foizini faxriylar, 3,8 foizini sog‘liqni saqlash, 3,4
foizini tadbirkorlar va fermerlar hamda qolgan 12,6 foizini boshqa sohalar tashkil etadi95.
Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki davrlarida O‘zbekiston
«Mahalla» xayriya jamg‘armasi tashkil topdi. O‘tgan davr ichida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro
nohukumat xayriya jamg‘armasi, «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi,
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Xalqaro
Imom Buxoriy jamg‘armasi, «Oltin meros» jamg‘armasi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat»
jamoatchilik markazi, «Xalq birligi» harakati, O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash
«Nuroniy» jamg‘armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini
o‘rganish markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi,
Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Iste’dod» jamg‘armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi.
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi esa demokratik prinsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil
etildi. SHu bilan birga, O‘zbekiston «Tadbirkor ayol», O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi, «Ayol va
salomatlik», «Mehr», «Ayollar resurs markazi», «Ayol va jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar
muammolarini hal etishga qaratilgan va ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar
faoliyat yuritmoqda.
Keyingi o‘n yilliklarga kelib O‘zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo‘lgan
nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi. XXI asrda texnologik jarayonlarning ko‘payishi, avtomobil
harakatlarini keskin oshishi, plastik mahsulotlarning maishiy turmushga kirib kelishi natijasida
ekologik xavf kuchaydi. Ana shu xavf oqibatlariga qarshi kurash maqsadida mamlakatdagi
ekologiyaga oid tashkilotlar tashabbusi bilan 2008 yil 2 avgustda O‘zbekiston Ekologik harakati
tashkil etildi. Bu harakat fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat yurita boshladi. Uning asosiy
shiori - “Atrof muhit ozodaligi – salomatlik garovi” aholi o‘rtasida tezlik bilan yoyilib ketdi. Bu
harakatning faol harakati bilan
94O‘zbdkiston Rdspublikasi nodavlat notjorat tashkilotlari milliy forumi matdriallari, (21-22
ddkabr 2014 y.).–T., 2015.-B.3-4.
95Mdlidv X.Fuqarolik jamiyat: uni qo‘llab-quvvatlashning milliy moddli. htp://huquqburch. uz/
uz /vidw/ 2007.
128
aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga oid turli tadbirlarni amalga oshirish an’anaga
aylan boshladi.
O‘zbekiston ekologik harakati faollarining ona tabiatni asrash, inson salomatligini himoya
qilish, shaharlarda daraxtlar va turli o‘simliklarni ko‘paytirishga doir faoliyati o‘z samarasini bera
boshladi. SHuningdek, ekoharakatning «Sog‘lom muhit - inson salomatligi» g‘oyasi ham o‘z
atrofiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini birlashtira boshladi. Ekoharakat quyidagi dasturiy
vazifalarni ilgari surdi:
Ekoharakatning asosiy e’tibori atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish mamlakatimiz har bir
fuqarosining umumiy vazifasi bo‘lib qolishiga yo‘naltiriladi. Ushbu maqsadlarda Ekoharakat o‘z
sa’y- harakatlarini:
-o‘z ishtirokchilari va tashkilotlarida, hamkorlarida mintaqaviy, milliy va mahalliy
ekologik hamda aholi salomatligi muhofazasi yaxlit dasturlarini ishlab chiqish va bajarishdagi
amaliy ishtiroklarini faollashtirishga qaratilgan sa’y harakatlarni shakllantirish;
-Ekoharakat ishtirokchilari va hamkorlarining davlat organlari va jamoat tuzilmalari
tomonidan mavjud ekologik muammolarini hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf
qilish sohasidagi qonun huj¬jatlari ijrosi borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan
faoliyatini muvofiqlashtirish;
-jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining
muayyan ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorliklari samaradorligini oshirish va
rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Xususan Ekoharakat:
-fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga bo‘lgan huquqini himoyalashga hamda tabiatdan
foydalanish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan ekologik xavfsizlikni
kompleks tarzda ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni amalga oshirishga;
-mamlakatda ekologik huquq buzarliklar va tabiatga boshqacha tarzda zarar etkazganlik
uchun korxona va tashkilotlarning, mansabdor shaxslar va alohida fuqarolarning javobgarligini
kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga;
-ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga zararli bo‘lgan boshqa ta’sirlar oqibatlarini bartaraf
etish, shu jumladan transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarda ham, ular tomonidan atrof-
muhitga va inson salomatligiga etkazilgan zararni qoplashni huquqiy jihatdan tartibga solish
hamda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga intiladi96.
O‘zbekiston ekologik harakatning parlamentda o‘zining vakillari bo‘lishi tarixiy zarurat
sifatida paydo bo‘ldi. Parlamentda tabiatni asrash va ekologiyani yaxshilashga qonunchilikni
rivojlantirish maqsadida
96Qarang: O‘zbdkiston dkologik harakat dasturi.-T.:Chinor ENK, 2009.-B.3-4.
129
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 150 ta deputatdan 15 tasining
O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan saylanishiga doir huquqiy asos yaratildi. Buning
natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 15 deputatdan iborat
fraksiyasi faoliyat yuritishi qonuniy tarzda rasmiylashdi. 2009 yil va 2014 yil dekabrda Ekoharakat
konferensiyasida saylangan mazkur deputatlar guruxi atrof muhit muhofazasiga oid ko‘plab
qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni qabul qilishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat. O‘zbekistonda yurtimizda fuqarolik jamiyati
instituti sifatida shakllangan va tobora rivojlanib borayotgan turli millatlarning milliy-madaniy
markazlari turli millatlar vakillarini madaniyati, tili va ma’naviy dunyosini rivojlantirishga xizmat
qila boshladi. Milliy-madaniy markazlar mamlakatda o‘zaro tenglik asosida yashayotgan 130 ta
turli millat va elatlarning manfaatlarini ifodalash, o‘zlari mansub bo‘lgan madaniyat, o‘z milliy
qadriyatlari va urf-odatlarini yo‘qolib ketmasdan yashashi uchun ko‘mak berib kelmoqda.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston
xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy- ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek,
34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat Yuritib kelmoqda. Ulardan 14 tasi respublika
ahamiyatiga molik tashkilot maqomiga egadir. Ularning 31 tasi koreys, 23 tasi rus, 10 tasi tojik, 9
tasi qozoq, 9 tasi tatar millatiga mansub faollar tomonidan tashkil etilgan. SHuningdek,
mamlakatda 8 ta ozarbayjon, 7 ta turkman, 6 ta ukrain va qirg‘iz, 5 ta turk va Evropa yahudiylar
millatiga mansub bo‘lgan milliy-madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. SHuningdek, nemis,
polyak va arman, uyg‘ur, arab, bolgar, boshqird, grek, gruzin va boshqa millat vakillari ham
o‘zlarining milliy- madaniy tashkilotlari tarkibida turli madaniy tadbirlar va anjumanlar vositasida
faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida
rivojlantirishda 2005 yilning 10 iyunida «O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy
Assotsiatsiyasi»ning tashkil topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Uning asosiy maqsadlari sifatida
qo‘yidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilandi:
-ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, ularning jamiyat hayotini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, mamlakatni
modernizatsiya va isloh qilish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi ishtirokini, siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotdagi faolligini, huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash va
inson haq-huquqlarini himoya qilishdagi o‘rnini yanada kengaytirish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan muvozanatda o‘zaro va ikki tomonlama
manfaatli muzokaralar orqali jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifoda
130
etishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirokini ta’minlash97.
Hozirgi davrga kelib «O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi»ga
400 dan ortiq turli respublika miqyosidagi va viloyatlarda faoliyat Yuritayotgan nodavlat notijorat
tashkilotlar a’zo bo‘lib kirdilar.
Mamlakatda mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari qo‘llab- quvvatlaydigan fuqarolik
jamiyati institutlarini shakllantirishga, ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishdagi, fuqarolarning
ijtimoiy- siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005 yil 26 iYulda
«O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab- quvvatlash fondi» tashkil topdi. Uning
asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
-zarur moddiy vositalar va moliyaviy mablag‘larni yig‘ish, jumladan fuqarolik jamiyati
institutlarining, eng avvalo, aholi qo‘llab- quvvatlaydigan, mustaqil respublika fuqarolarining u
yoki bu manfaatlarini qondirish va himoya qilish bo‘yicha ularning oldida turgan vazifalarni
mustaqil hal etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanishini rag‘batlantirish uchun
mo‘ljallangan mahalliy, chet el, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning grantlarini jalb
etish;
-eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal
etishdagi fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy
97 O‘zbdkiston nodavlat notjorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasining ustavi.-T., 2005.-B.3-4.
131
faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlarini rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat
tashkilotlar loyihalari va dasturlarini moliyalash98.
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyati davlat
tomonidan subsidiya, grant, ijtimoiy buYurtmalar berish shaklida qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2008
yildan hozirga qadar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha
parlament komissiyasi ko‘magida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari assotsiatsiyalari va
birlashmalarining 600 ga yaqin ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha, dastur, ustav vazifalari amalga
oshirildi99. Faoliyati davomida ishlab topilgan barcha mablag‘larni NNT o‘zlarining dasturlarini
kengaytirish va moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Albatta, o‘z o‘rnida, NNT ijtimoiy muammolarni
hal qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar
huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarni jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish kabi
faoliyati bilan fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
SHuningdek, O‘zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari asosida o‘nlab xorijiy nodavlat
tashkilotlar o‘z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)
vakolatxonasi, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha AQSH agentligi vakolatxonasi, «Britaniya
98 O‘zbdkiston nodavlat notjorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondi ustavi.-T.,2005. –B.3-4.
99Siddiqov D. Fuqarolik jamiyat insttutlarini rivojlantrishda parlamdntning roli.//
htp://www
. Dustlik
bayrogi. uz/uz/ndws/info/dconomy/3398/.
132
Kengashi» («British Council»), Konrad Adenuer jamg‘armasining Markaziy Osiyo va Qozog‘iston
mamlakatlari bo‘yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg‘armasi vakolatxonasi, Xalqaro ta’lim
bo‘yicha Amerika Kengashi («ACCELS»), Markaziy Osiyoga beg‘araz yordam tashkiloti
(«CAFE»), Germaniya Agroaksiya tashkiloti, YUNESKO vakolatxonasi, «Global Involment» nomli
ta’limga doir tashkilot, Osiyo madaniyati va rivojlanish instituti, AQSHning «Mehr-muruvvat
korpusi» va ekologiyaga oid «KOFUTIS» tashkiloti, fuqarolik jamiyati qurishga ko‘maklashuvchi
«Krosslink Development Interneshnl» xalqaro tashkiloti, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi,
BuYuk Britaniyaning «Rivojlanish uchun hamkorlik» tashkiloti, AQSHning Xalqaro tadqiqotlar va
o‘zaro almashishlar kengashi (IREX), Evroosiyo jamg‘armasi, Germaniyaning «Gyote instituti»,
Fransiyaning
«Alyans Franse» tashkiloti, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik
bo‘yicha Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yaponiya agentligi, kabi yuzdan ortiq
xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari turli sohalarida keng faoliyat
yuritmoqda100. Hozirgi davrda mamlakatda 50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ularning
vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatda XXI asr boshlarida «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konseptual
siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining
ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat
notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish
jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich ravishda
amalga oshirilmoqda:
-birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak
darajada bo‘lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
-ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi jarayonlarini shakllantirish,
jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;
-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy,
iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;
-to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning
umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish;
-beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini
kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish;
-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga kengroq va qulayroq
imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning
aholi tomonidan keng va faol qo‘llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
100 Qarang: Profili organizatsiy okazыvaYuщix soddystvid Rdspublikd Uzbdkistan. Sbornik.-T.,2004.-
B.10-46.
133
Hozirgi islohotlarni yanada chuqurlashtirish davrida «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik
jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etish jarayonlaridagi muammolardan biri, bu - turli ijtimoiy
qatlamlar shakllanishining sekin kechishi natijasida ularning turli manfaatlari nodavlat notijorat
tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda. CHunki, «uchinchi sektor» tashkilotlari u
yoki bu ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifodalay olish qobiliyatiga ega
bo‘lgandagina fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘ladilar. Aks holda esa fuqarolar
nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi hali o‘zlari tayanadigan
ijtimoiy qatlamlarni aniqlashtirib olmaganliklari yoki o‘zlarini biron-bir ijtimoiy qatlam
manfaatlarini ifodalovchi tashkilot darajasiga etkaza olmaganliklari uchun ham ular faoliyatiga
fuqarolarni jalb etish muammolari o‘z echimini topganicha yo‘q. Ayniqsa, hali ham aksariyat
jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari va faollarining eski byurokratik
nomenklatura tizimida orttirgan ruhiyati va ish uslublaridagi tajribalari, xuddi davlat organlariga xos
rahbarlik kabi faoliyati hamon saqlanib qolayotganligi achinarli holdir. Ularning ba’zilari esa hali
ham davlat hokimiyati organlarini o‘zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar.
Mamlakatdagi
kasaba
uyushmalarini
fuqarolik
jamiyati
instituti
sifatida
demokratlashtirishdagi muhim vazifalardan biri – bu xalqaro tajribalardan kelib chiqib, mehnat
jamoalaridagi boshlang‘ich kasaba uYushmalarining tashkiliy va ijtimoiy himoyaga taalluqli
faoliyatini yuksaltirish, ijtimoiy sherikchilikda ham ularning hal qiluvchilik rolini ko‘tarish, ularni
mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini ta’minlash, shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari
atrofiga jipslashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishdagi yana bir muhim muammolardan biri, bu -
fuqarolar siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyatlari demokratik asoslarda shakllanishiga
erishishdir. SHuningdek, fuqarolarning ijtimoiylashuv jarayonlarini amalga oshirishda nodavlat
tashkilotlarning o‘rnini oshirish ham hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |