O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’limi vazirligi farg’ona davlat universiteti


Topshiriq: Darsda sharoitga qarab biror tashkilotga ekskursiya uyushtirish  mumkin



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana08.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#436305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1.2

Topshiriq:
Darsda sharoitga qarab biror tashkilotga ekskursiya uyushtirish 
mumkin.
 
Laboratoriya ishi № 4.1
Kimyo fаnlаrini oqitishdа muаmmоli mеtоdlаrdаn fоydаlаnish. 
Ishning maqsadi:
Kimyo fаnlаrini oqitishdа muаmmоli mеtоdlаrdаn
fоydаlаnish. 
Kerakli jihozlar:
A3 va A4 formatli qog’ozlar, marker yoki rangli ruchkalar, 
chizg’ich, kompyuter, kolleksiyalar. 
 
1.Ko`rgazmali o`quv vositalar 
O`qitishning ko`rgazmali og`zaki bayon etish metodlari o`qituvchining nutqi 
bilan o`quv jarayonida ko`rgazmalilikning turli vositalaridan foydalanib dars 
o`tishni ko`zda tutadi. O`qitish metodlari didaktik vositalariga ma’lum talablar 
qo`yadi. Masalan, namoyish qilinadigan eksperiment va natural ob’ektlar (masalan, 
reaktivlar) moddalarning xossalarini va kimyoviy reaksiyaning tashqi alomatini 
o`rganishga katta Yordam beradi. Modellar, chizmalar, grafiklar, shuningdek, 
moddaning formulasi va jarayonlarni ifodolovchi tenglamalarni tuzish, 
jarayonlarning mohiyatini tushunishga, moddalarning tarkibi va tuzilishini 
o`rganishga, kuzatilgan hodisalarni nazariy asoslashga Yordam beradi. 
Mavzu bo`yicha kompleks jihozlashni amalga oshirish didaktik birlikning 
ko`rinishini ifoda etadi. Uning mohiyati shundan iboratki, o`qitishning turli 
masalalarini hal qilish uchun bir darsning o`zida ko`p vazifalarni bajaruvchi va 
bir-birini to`ldiruvchi turli ko`rgazmali vositalar ishlatiladi. Masalan, namoyish 
qilinadigan asbob juda kichik bo`lsa va uzoqdan Yomon ko`rinsa, o`qituvchi 
asboboning qurilmasini doskaga chizib ko`rsatishi Yoki magnit applikasiyasi 
Yordamida tayyorlangan chizmani ko`rsatish mumkin. Murakkab jarayonlarni 
tushuntirishda jarayonlarning dinamik modelini multiplikasiya qilib, kompyoter va 
vidioglaz Yordamida katta ekranda namoyish qilib ko`rsatiladi. 
Ko`rgazma vositalarini o`qituvchining so`zi bilan tushuntirilishiga katta 
e’tibor qaratilishi kerak. O`qituvchining sharhisiz ko`rsatilgan tajriba faqat foydali 
bo`lmasdan zarar keltirishi ham mumkin. Masalan, ruxning xlorid kislota bilan 
o`zaro ta’sirini namoyish qilishda o`quvchilarda vodorod kislotadan ajralib 
chiqmasdan, degan fikr paydo bo`lish mumkin, balki ruxdan ajraladi. Ko`p 
uchraydigan xatolikning misoli sifatida eritmaning muhitini aniqlashning 
mohiyatini 
tushuntirmay, 
tajriba 
o`tkazilganda 
ko`pchilik 
o`quvchilar 
indikatorning rangi o`zgarmasdan baloki indikator tushurilgan eritmaning rangi 


o`zgaradi, degan fikrga kelishlari mumkin. SHuning uchun o`qituvchining so`zi 
rahbarlik qiluvchi va Yo`naltiruvchi vazifani o`taydi. 
Namoyishli eksperimentdan tashqari o`qituvchi ixtiyorida ko`rgazmalilikning 
juda ko`p vositalari bo`lib, ulardan foydalaninsh darsning samaradorigi va sifatini 
oshiradi. Ularga sinf doskasi, maketlar, magnit vositalari, ekran qo`llanmalari, 
mavzuga tegishli turli xil plakatlar va boshqalar kiradi. Ular kimyoviy eksperiment 
bilan birgalikda yoki alohida o`qituvchining izohi, tushuntirishi bilan qullanishi 
mumkin. 
Doskaga yozishni avvaldan rejalashtirish kerak. Doskadagi yozuvlarni 
shunday ketma-ketlikda yozish kerakki, unda darsga tegishli boshqa materiallar o`z 
aksini topishi va dars oxirigacha saqlanishi kerak. Bunday holatda o`quvchilar 
tushunmay qolgan joylarini o`qituvchi qayta tushuntirish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
O`qituvchi o`quvchilarning doskaga yozishlarni ham nazorat qilishi kerak. 
Ularning yozuv ham tiniq, ham tartibli bo`lishi talab etiladi. Kimyoviy 
formulalarni keltirib chiqarish, moddalarning olinishi va kimyoviy xossalari 
reaksiya tenglamalarini tartibli va to`liq doskaga yozib borish kerak bo`lgan holda 
doskadan foydalanish boshqa ko`rgazma vositalardan afzal hisoblanadi. Darsda 
toza doskadan foydalanish kerak. 
Turli didaktik maqsadlarda qo`llaniladigan diagrammalar, moddalarni ishlab 
chiqarishni ifodalovchi plakatlar, kristal panjaralar modellari, jadvallar va 
plakatlarning afzalligi shundan iboratki, ularni hamma vaqt o`quvchilarga 
qo`rsatish mumkin. Ulardan darsning har qanday didaktik bosqichida, ya’ni 
materialni o`rganishda, darsni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda 
foydalanish mumkin. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish