Xalqaro sport federatsiyalari
– bu aniq bir sport turi (turlari)
bo‘yicha milliy federatsiyalarning birlashma, ittifoqlarini tashkil etuvchi
xalqaro sport tashkilotlaridir. Milliy sport federatsiyasi mamlakatda sport
turini yoki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirishni amalga oshiradi
hamda respublika va xalqaro miqyosdagi barcha tadbirlar va musobaqalarda
sportchilar va boshqa mutaxassislar nomidan ish yuritadi.
XIX asr oxirida mamlakatlardagi sport tashkilotlarining o‘zaro tajriba
almashish faoliyatlari yuzaga kelib, keyinchalik ular Xalqaro sport
uyushmalariga asos solganlar. 1881-yilda jahonda birinchi Xalqaro sport
federatsiyasi - yеvropa gimnastika uyushmasi va shu yilning o‘zida Xalqaro
gimnastika federatsiyasi tashkil topgan. 1892-yilda konkida uchish Xalqaro
uyushmasi va Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi, 1900-yilda Xalqaro
velosport uyushmasi, 1904-yilda Xalqaro futbol federatsiyalar
assotsiatsiyasi, 1908-yilda Xalqaro havaskorlik suzish federatsiyasi va
Xalqaro muz ustida xokkey ligasi, 1912-yilda Xalqaro yеngil atletika
havaskorlik federatsiyasi, 191-yilda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi
tashkil etilgan.
Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ortiq Xalqaro sport federatsiyalari
mavjud bo‘lib, ularning 30 dan ortig‘i olimpiya sport turlari bo‘yicha
federatsiyalardir. Zamonaviy xalqaro sport harakatida xalqaro sport
federatsiyalarining ikki toifasini ajratib ko‘rsatish mumkin: Olimpiya
o‘yinlari dasturiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha xalqaro sport
federatsiyalari hamda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirmaydigan sport turlari
bo‘yicha xalqaro sport federatsiyalari.
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha xalqaro
sport federatsiyalari. Bunday tashkilotlarga 35 sport turi ustidan rahbarlikni
amalga oshiradigan (28 ta yozgi va 7 ta qishgi) va Olimpiya o‘yinlarini
tashkil qilishda bevosita ishtirok etadigan xalqaro sport federatsiyalari
kiradi. Bu toifaga kiruvchi barcha federatsiyalar Xalqaro Olimpiya
qo‘mitasi tomonidan rasman tan olingan.
115
Birinchi toifaga quyidagi federatsiyalarni misol sifatida ko‘rsatish
mumkin: Xalqaro gandbol federatsiyasi (IHF); Xalqaro badminton
federatsiyasi (IBF); Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA); Havaskorlik
boksi xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA); Xalqaro havaskorlik kurashi
federatsiyasi (FILA); Xalqaro velosportchilar ittifoqi (USI); Xalqaro
voleybol federatsiyasi (FIVB); Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG);
Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi (FISA); Xalqaro futbol assotsiatsiyalar
federatsiyasi (FIFA).
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirmaydigan sport turlari bo‘yicha
xalqaro sport federatsiyalari mavjud bo‘lib, bu xalqaro sport federatsiyalar
tomonidan ham xalqaro darajadagi kompleks sport musobaqalari,
Noolimpiya sport turlari bo‘yicha xalqaro o‘yinlar uyushtirib turiladi.
Bunday yirik musobaqalar dasturida sambo, karate-do, rolik konkilardagi
xokkey, sport akrobatikasi, suv chang‘ilari kabi sport turlarini ko‘rishimiz
mumkin.
Xalqaro sport federatsiyalari nafaqat yuqori natijalar sportini
rivojlantirishni ko‘zlab, balki ommaviy sportni taraqqiy ettirish uchun ham
tuziladi va faoliyat yuritadi. Shunga muvofiq xalqaro sport
federatsiyalarining nizomlarida tegishli normalar ham belgilab qo‘yiladi.
Masalan, Xalqaro tennis federatsiyasi nizomining federatsiya vazifalari
belgilangan qismida – turli mamlakatlarda tennis rivojiga zamin yaratish
vazifasi qayd etilgan.
Xalqaro sport tashkilotlarining alohida guruhini professional sport
sohasidagi xalqaro tashkilotlar tashkil etadi. Bunday tashkilotlarga Milliy
basketbol assotsiatsiyasi (NBA), Milliy xokkey ligasi (NHL), Bosh beysbol
ligasi (GBL) va boshqalar misol bo‘la oladi. Ularni bir qit'aning bir necha
mamlakat sport klublari (ligalari, ittifoqlari, va h.k.z.)ni birlashtirgan
professional sportning hududiy xalqaro tashkilotlari sifatida e’tirof etish
mumkin.
Xalqaro sport harakatining amal qilishi va rivojlanishi uchun hozirgi
bosqichda umumiy tamoyillar qabul qilindigan. Bunday tamoyillar sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- sportning har tomonlama rivojlanishi;
- sportda siyosiy va irqiy kamsitishlarga qarshi kurash;
- milliy sport tashkilotlarining suvereniteti va teng huquqliligini tan
olish;
- milliy sport tashkilotlarining faoliyatiga aralashmaslik;
- xalqaro sport tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyatining
demokratik asosda ekanligi;
116
- dunyoda tinchlik va o‘zaro tushunishga erishish uchun kurashda
ishtirok etish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |