Milliy Olimpiya qo‘mitalari
– mamlakatlarda olimpiya harakatiga
rahbarlik qiluvchi organ hisoblanadi. MOQ asosiy vazifasi o‘z mamlakatida
olimpiya harakatini Olimpiya xartiyasi asosida rivojlantirish va olimpiya
g‘oyalarini himoya qilishdan iborat. MOQ xalqaro olimpiya harakatining
asosiy bo‘g‘inlaridan hisoblanadi.
Milliy olimpiya qo‘mitalari XOQ
tomonidan rasman tan olinadi. XOQ tomonidan rasman tan olingan Milliy
olimpiya qo‘mitalari Olimpiya harakatiga a’zo bo‘ladi.
MOQning tan olinishi uchun mamlakatda olimpiya sport turlari
bo‘yicha Xalqaro sport federatsiyalari tarkibiga kiruvchi kamida 5 ta sport
federatsiyasi mavjud bo‘lishi kerak. Har bir MOQning Nizomi doimiy
ravishda Olimpiya xartiyasiga mos kelishi lozim. 1894-yilda ikkita MOQ
tuzilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 205 dan ortiq MOQ tashkil etilgan (8-jadval).
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |