O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

“Avesto”
hisoblanadi. Zardushtiylik ta’limotida ta’lim-
tarbiya quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lgan:

ma’naviy va diniy tarbiya;

jismoniy va mehnat tarbiyasi;

aqliy va axloqiy tarbiya.
“Avesto” bo‘yicha bolalarga 5 yoshdan savod o‘rgata boshlaydilar; 
o‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar. Zardusht 
ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. Bu yoshda ularga davlat 
qonunlari, axloqiy qoidalar o‘rgatilgan. Zardushtiylikning axloqiy 
qoidalariga binoan insonning o‘z burchini his etishining eng birinchi belgisi 
ma’naviy poklik hisoblangan.
“Avesto”da insonning barkamol bo‘lib еtishida ezgu fikr, ezgu so‘z, 
ezgu amallar birligiga katta e’tibor berilgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonda 
juda qadrlaydigan hislatlar jasurlik, adolat, sadoqat, insoniylik bo‘lgan. Bu 
hislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, 
ibtidoiy urug‘chilik-qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan.
Ikkita katta kuch – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash 
insondagi bu hislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan.
Qadimgi ajdodlar ijtimoiy turmush madaniyati, ayniqsa, sihat-
salomatlik, jismonan chiniqish, mehnat hamda uzoq umr ko‘rib yashash 
uchun yaratgan ta’lim-tarbiya jarayonlari «Avesto»da chuqur ma’no va 
o‘rin egallagan. 
Markaziy Osiyoni Eron Ahamoniylari, keyinchalik (miloddan avval 
329-327-yillarda) Aleksandr Makedonskiy bosib olib, o‘zlarining 
madaniyati, dini va ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish usullarini o‘rnatganlar. 
O‘sha davrlarda Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar bosqinchilarga 
qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targan, jiddiy kurashlar olib borgan. Bunday 
hollarda askarlar va xalqning asosiy jangovorlik qurollari kamondan o‘q 
otish, nayza bilan sanchish, qilichbozlik, turli xil vositalar (to‘qmoq, kaltak, 
bolta, pichoq va h.k.) bo‘lgan. Jangchilarning ma’lum qismi otda yurishgan. 
Bu holat jangchidan ot ustida turib barcha qurol vositalari bilan jang qilish, 
otni choptira bilish hamda boshqa imkoniyatlardan o‘ta ustalik bilan 
foydalanishni talab etgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Aleksandr Makedonskiy 
miloddan avvalgi 334-yilda 30000 piyoda va 5000 otliq askar bilan kichik 
8
Karimov I.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.- 31 b. 


67 
Osiyoga, keyin Markaziy Osiyoga jangovar yurish qilgan. 327-yilda hozirgi 
Buxoro, Samarqand, Panjakent atrofidagi yyеrlarni bosib olgan. Bunda 
lashkarboshi Spitamen bosqinchilarga katta qarshilik ko‘rsatgan. Lekin 
uning xotini xoinlik qilib, Spitamenning boshini kesib, Aleksandr 
Makedonskiyga topshiradi. Podshoh bu bevafo xotinni hamda 120 ming 
aholini ham qirib tashlagan, chunki uning ta’biri bo‘yicha eriga, eliga 
vafolik qilmagan ayol boshqalarga ham vafodor bo‘lmaydi. 
Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston 
xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin 
egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo‘li o‘tganligi bu yеrdagi 
xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo‘lgan. Sharq 
mamlakatlari bilan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni 
o‘rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproqqal’a va boshqa 
joylardan topilgan buyumlar, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, 
nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan. 
Xalq og‘zaki ijodining noyob asarlaridan biri «Alpomish» dostoni 
avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik asaridir. Bu asarda 
xalqimizning matonat, mardlik, sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini 
topgan. Asarda ajdodlarimizning qadimiy tasavvuriga ko‘ra, o‘q-yoy – 
hokimiyat nishoni hisoblangan. Alpomish yеtti yoshida o‘n to‘rt botmon 
birichdan – bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib, “alp” degan unvonga ega 
bo‘ladi.

«Alpomish» dostonining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyati shundaki, 
bundan bir necha ming yillar oldin mavjud bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, 
ayniqsa, yigit va qizlarning bir-biriga vafodorligi, jismoniy jihatdan
barkamolligi, dushmanlarga shafqatsiz kurashlari odilona bayon etilgan. 
«Alpomish» dostonida kamondan o‘q otish, merganlik, kurash, otda poyga 
kabi jismoniy sifatlar, vatanparvar va xalq uchun jonini ham fido qilish kabi 
eng ulug‘ insoniy fazilatlar madh etilgan.
Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati xalq og‘zaki ijodida, ayniqsa, 
ko‘proq ifodalangan. Dostonlarning tarbiyaviy jihatlari shundaki, xalq 
irodasi, an’analar, urf-odatlar mazmunida otda chopish, jang qilish, 
qilichbozlik, kurash, kamondan o‘q otish kabi jismoniy faoliyatlar yuqori 
saviyada madh etilgan. Bunda mardlik dushmanlar bilan jang qilgan yigit 
va qizlar timsoli tasvirlangan.
Xalq og‘zaki dostonlarida shuningdek xalq irodasi, yigit-qizlarning 
muhabbati, sadoqat, jasurlik, botirlik, pahlavonlik, mohir chavandozlik va 
merganlik kabi sifatlar o‘z ifodasini topgan.
9
Karimov I.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.- 34 b. 


68 
Qadimgi ajdodlar jismoniy tarbiyasida xalq milliy o‘yinlari bir necha 
yo‘nalishlarga ega bo‘lib, ularning tarkibida raqslar, qo‘shiqlar va boshqa 
san’at turlari ancha ustun turgan. Bunday o‘yinlarning deyarli barchasi 
ommaviy bayramlar, musobaqalar va to‘ylarda keng qo‘llanilgan. Qadimgi 
manbalar Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) daryolari o‘rtasidagi 
vodiyda ot musobaqalari keng tarqalganidan guvohlik beradi. Nafaqat 
harbiy yurishlar, balki savdo-sotiq maqsadlari uchun ham chiniqqan 
chavandozlar va otlar kerak bo‘lgan. Bu esa ot musobaqalarining 
ommalashib ketishiga sabab bo‘lgan. So‘g‘diyona va Baqtriyada kurash, ot 
poygasi, uloq, dorbozlik juda ommalashgan edi. 
O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy jismoniy mashqlarini quyidagi asosiy 
guruhlarga ajratish mumkin: 


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish