O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar;  



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

 
arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar; 

 
xalq og‘zaki ijodi - qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq 
ertaklaridan olingan ma’lumotlar; 

 
buyuk mutafakkirlar, allomalarning ijodiy merosi, qo‘lyozmalari; 

 
qadimgi yozma manbalar, tarixiy kitoblar. 
Tarixiy manbalarga qaraganda, bundan 150-140 ming yil avval o‘rta 
paleolitda Muz davri bo‘lgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan 
kurashganlar. Toshlardan qurol yasashni takomillashtirib, yirik hayvonlarni 
va baliq ovlash keng tarqalgan. Olov chiqarish vositalarini ixtiro qilib, 
yashash uchun g‘or, yеr to‘la, chayla va boshqa boshpanalardan 
foydalanishgan. Bu jarayonlar esa barchaning jismonan baquvvat, epchil, 
kuchli, chaqqon bo‘lishini talab etgan.
Ilmiy tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), 
Afrosiyob (Samarqand), Xo‘jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), 
Farg‘ona vodiysidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan turli ashyoviy 
dalillar o‘rganilgan.
Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda, yuqorida nomlari qayd 
qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan foydalanib hayvonlarni 
ovlaganlar. Jismoniy chiniqish va o‘ljani qo‘lga kiritish uchun turli 
murakkab harakatlarni bajarishga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli bolalarni ham 
bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyaning ayrim 
namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga 
kelgan.
Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40-ming yillikdan 12-ming 
yillikka qadar davom etgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, 
o‘zgarib turuvchi bo‘lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-
serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo‘lgan. 
Hayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash 
manbalariga aylangan.
Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko‘llarda 
baliqchilik bilan shug‘ullanish, ularning o‘troq holda yashashiga sabab 
bo‘lgan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari 
yodgorliklari ichida Markaziy Farg‘onaning neolit yodgorliklari - Zambar, 
Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi. 


63 
Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o‘tilishi bilan ishlab chiqaruvchi kuchlar, 
ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Bu 
davrga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan, suyak va shoxdan 
yasalgan buyumlar yasaganlar. Toshlarga hayvonlarni rasmini chizganlar. 
So‘nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi 
bo‘lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan, tirik hayvonlarni birgalashib 
ovlash keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni mo‘ljalga olib, uzoqqa 
uloqtirish kabi mashqlar, hayvonlarni ovlash, ularni quvib еtish еtarli 
darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish 
uchun maxsus tayyorgarliklar, ularni o‘rgatuvchilar, tarbiyachilar bo‘lgan. 
Shu sababdan, oilalarda bolalarni maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan 
tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada bolalarni tarbiyalashda tabiiy 
harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va 
turli harakatli o‘yinlar eng asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Bolalarning yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan 
holda, ularni guruhlarga ajratib, o‘yinlar va jismoniy mashqlarga o‘rgatish 
vujudga kelgan. Kichik yoshdagi bolalarga turli harakatli o‘yinlarni 
o‘rgatishdan boshlangan. O‘rta yoshdagi bolalarga chaqqonlik, chidamlilik 
kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar, to‘siqli yugurishlar 
qo‘llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish, 
kurash, mushtlashish, tosh ko‘tarish, daraxtlarga tirmashib chiqish, suvda 
tez suzish, nayza sanchish kabi murakkab o‘yinlar, mashqlar o‘rgatilgan.
Eng qadimgi davrda yashagan ajdodlarimizning dastlabki urf-odatlari, 
an’anaviy marosimlari, ommaviy tadbirlari, kundalik turmush tarzi qadimgi 
afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklarida o‘z aksini topgan. Bu rivoyatlar, 
afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar, parfiyaliklar yashagan 
davrlarga borib taqaladi. «Avesto», «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Qirqqiz», 
«Manas», «To‘maris» kabi tarixiy manbalarda qadimgi davrda jismoniy 
tarbiya vositalarining - turli o‘yinlar, otda yurish, kurash, kamondan o‘q 
otish va boshqa mashqlarning qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar bor.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida yashagan eng qadimgi 
ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmushi haqida ma’lumotlarga oid 
daliliy ashyolar ko‘p uchraydi. Ularning eng muhimlari Toshkent, 
Samarqand, Termiz va boshqa shaharlardagi tarix, arxeologiya va san’at 
muzeylarida saqlanmoqda. Toshlarga chizilgan rasmlarda kishilarning ov 
qilishdagi shakl va harakatlari, ov qurollari, hayvonlar aks ettirilib, ularning 
tarixi ham bir necha o‘n ming yillik davrlarni o‘z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning ijtimoiy hayotida turli xil jismoniy mashqlar, 
o‘yinlar ko‘p qo‘llanilgan. Ular asosan ijtimoiy mehnat va tarbiya 


64 
jarayonida 
keng 
qo‘llanilgan. 
Tarixiy 
manbalarga 
qaraganda 
mamlakatimizda yashab, hayot kechirgan ilk ajdodlarimiz bundan 40 ming 
yillar avvalgi davrga to‘g‘ri keladi. Ular haqida Surxondaryoning Dalvarzin 
tepa, Teshiktosh, Samarqandning Afrosiyob, Toshkent viloyatining 
Sirdaryo sohillari va boshqa joylarda o‘tkazilgan arxeologik topilmalar 
guvohlik beradi.
Qadimgi yunon va sharq manbalarida, xususan «Avesto», 
«Alpomish», «Shohnoma» va boshqa manbalarda madaniyat markazlar 
sifatida Sug‘diyona, Xorazm, Parkana, Baqtriya podsholigining katta qismi 
aynan respublikamiz mintaqalariga to‘g‘ri keladi.
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Baqtriya, 
Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya kabi yirik quldorlik davlatlari 
paydo bo‘lgan. Ular Rim va Gretsiyadagi quldorlik tuzumidan o‘ziga xos 
ravishda anchagina farq qilgan. Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab 
chiqarish yuqori darajada bo‘lmaganligi uchun asosan dehqonchilik, 
chorvachilik va mayda hunarmandchilik asosida qullar majburiy ishlatilgan. 
Miloddan avvalgi 481 (480) – 431 (425)-yillarda yashagan yunon 
tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va 
massagetlarning tarbiyaviy qarashlari, jumladan jismoniy tarbiyaga oid 
muhim ma’lumotlar berilgan. Saklar, massagetlar va forslarning eng 
sharaflaydigan narsasi jasurlik bo‘lgan. Saklar dunyodagi barcha merganlar 
orasida o‘qni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat 
qozongan edilar.
Gerodotning 
ma’lumotlaridan 
ko‘ra, 
bizning 
ajdodlarimiz 
farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir 
etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Qadimgi saklar o‘g‘il va qiz 
bolalarga bir xil jismoniy tarbiya berganlar. Ularning jismoniy tarbiyasi 5 
yoshdan boshlangan va 20 yoshgacha uch narsaga: otda yurish, kamondan 
otish va kurash tushishga o‘rgatilgan. Sak va xorazmiylarning ayollari 
harbiy yurishlar va janglarda qatnashgan, matonatda ular erkak 
jangchilardan qolishmagan. Sak ayollari, xuddi qochib ketayotgandek, 
ayyorlik bilan ot ustida erkaklardek orqaga burilib o‘q uzar edilar. Yunon 
tarixchisi Diodor ham miloddan avvalgi I asrda saklar haqida: “Bu 
qabilaning ayollari mard bo‘ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan 
baham ko‘radilar”,

deb yozib qoldirgan
Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni xalq og‘zaki 
ijodi namunalari – afsonalar, qahramonlik dostonlari, qo‘shiqlar, maqol va 
iboralardan ham olish mumkin.
6
Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:”Aloqachi”, 2008.- 480 b. 


65 
Xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya 
tajribalari umumlashtirilgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog‘liq 
rivoyatlar buning dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, qahramonliklari 
ulug‘langan. Dostonlarda xotin-qizlarning aql-idroki, jasorati, erkaklar 
bilan teng sharoitda faoliyat ko‘satganliklari ifodalangan.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi yеrlar 
Turon, chap qirg‘og‘idagi yеrlar esa Eron, deb yuritilgan. Miloddan oldin 
ahmoniylar saklar va massagetlarning yеrlariga hujum qilib turgan. Eron 
shohi Kir sak va massagetlarga qarshi urushib 529-yilda mag‘lubiyatga 
uchragan.
Gerodotning «Tarix» kitobida massagetlar malikasi To‘marisning 
Eron shohi Kir bilan olib borgan jang voqyealari tasvirlangan. Jangda 
To‘maris g‘olib chiqib, Kirning boshini olib, qon bilan to‘ldirilgan meshga 
solib: «Sen umr bo‘yi qonga to‘ymading. O‘z ontim bo‘yicha seni qon bilan 
sug‘ordim», deydi. O‘sha davrlarda To‘maris kabi ayollardan sarkardalar 
chiqqan va janglarda har tomonlama kuch ko‘rsatgan.
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida saklarga qarshi Doroning 
bosqinchilik yurishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bu asarda saklar 
qahramoni Shiroqning vatanparvarligi va jasorati ibrat sifatida ko‘rsatilgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi 
ma’lumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan avvalgi 138-yilda 
Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi - Syuan Tzyan o‘zining “Tarixiy 
bitiklar” kitobida qiziqarli ma’lumotlar qoldirgan. Xitoy tarixchisi Syuan 
Tzyan Samarqand aholisining xulq-odob va axloqiy qoidalarga rioya etishda 
boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bu ma’lumotlar qadimda 
bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari 
bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va 
hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash 
ekanligi haqida ma’lumot bergan.

Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi yozuv 
va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, qo‘lyozmalar, ularda 
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, 
tarbiya jismoniy tarbiya va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar 
xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Xalqimizning asrlar davomida 
to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini ifoda etadigan 
bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam 
Xorazm vohasi hududida yaratilgan,
 
“Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy 
boylik alohida o‘rin tutadi. “Avesto”ning tub mohiyatini belgilab beradigan 
7
Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. Darslik. T.:”Aloqachi”, 2008.- 480 b. 


66 
“Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyilida hozirgi zamon uchun ham 
behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin.

Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining 
muqaddas kitobi 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish