O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

 
Ommaviy sport. 
Aholini ommaviy tarzda qamrab oladigan musobaqalar orqali barcha 
ijtimoiy qatlamga mansub aholi vakillari sportga jalb qilinmoqda. Har yili 
yoshlar, ishchi va xizmatchilar, madaniyat, huquq-tartibot, mudofaa 
xodimlari o‘rtasida “Kamolot kubogi”, milliy o‘yinlar bo‘yicha “Alpomish” 
sport musobaqalari, yoshlarning “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari, 
ayollarning “To‘maris” sport festivali, nogironlarning “Jasorat-iroda-
g‘alaba” sport musobaqalari, o‘quvchi va talabalarning uzluksiz sport 
musobaqalari muntazam o‘tkazilmoqda.
Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini tiklash, ularni 
ommalashtirish va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 
1994-yilda birinchi marta Jizzax viloyatining Forish tumanida I Xalq 
o‘yinlari festivali o‘tkazildi. O‘sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har 
ikki yilda bir marta (1998 yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o‘yinlari 
festivali nomi bilan) o‘tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o‘yinlari bo‘yicha 
musobaqalar bilan bir qatorda ilmiy amaliy anjumanlar ham o‘tkaziladi. 
1999-yildan esa xotin-qizlar o‘rtasida “To‘maris” milliy sport turlari va 
Xalq o‘yinlari festivali ham o‘tkazila boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi 
Qonunining (Yangi tahriri) 20-moddasida “O‘zbekiston milliy sport turlari 
va xalq o‘yinlari”ni rivojlantirish belgilab berilgan.
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari O‘zbekiston 
Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosining 
ajralmas qismi, aholida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, xalqaro 


175 
maydonda 
mamlakatning 
obro‘-e’tiborini 
yuksaltirishga 
intilish 
tuyg‘ularini tarbiyalash poydevoridir. 
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek boshqa tashkilotlar: 
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har 
tomonlama ko‘maklashadi hamda ularni aholi o‘rtasida yoyish uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratadi; 
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining xalqaro 
maydondagi obro‘-e’tiborini mustahkamlashga ko‘maklashadi. 
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini Sport va ommaviy 
jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritish tartibi qonun 
hujjatlarida belgilanadi.
Sportning ommaviy o‘yin turi – futbolni yanada rivojlantirish 
maqsadida barcha viloyatlar va shahar markazlaridagi stadionlar qayta 
ta’mirlandi, futbol maydonlari rekonstruksiya qilindi, futbol maktab-
internatlari tashkil etildi, futbolni professional klublar tizimiga 
o‘tkazilishining asosiy tamoyillari belgilandi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida sportning o‘yin turlari qatorida 
katta tennis ommaviy ravishda, tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat 
aholisi o‘rtasida tennisni targ‘ib etish, shug‘ullanuvchilarga tegishli 
sharoitlar yaratish maqsadida 1998 yilda Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekistonda tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob 
beradigan tennis kortlari bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro 
musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali keng 
targ‘ib qilish, uning mohiyatini mamlakat aholisiga еtkazish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2003-yilda “Ommaviy sport targ‘ibotini yanada 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unga 
binoan, O‘zbekiston televideniesida maxsus “Sport” kanali tashkil etildi.
Mazkur ishlar sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini ortib borishiga 
zamin 
yaratmoqda. 
Masalan, 
2008-yilda 
futbol 
bilan 
shug‘ullanuvchilarning soni 1991- yildagiga nisbatan 80,6 foiz, kurash bilan 
shug‘ullanuvchilar esa 89,8 foizga ko‘paygan. 1991-yilda yurtimizda 52 
sport turi mavjud bo‘lsa, bugungi kunda 74 ta sport turidan 65 dan ortig‘i 
barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchun sharoitlar 
yaratilmoqda.


176 
Yurtimizda o‘zbek kurashi bo‘yicha Jahon chempionati, boks, erkin 
kurash, yunon-rum kurashi, shaxmat, pauerlifting va sambo bo‘yicha Osiyo 
chempionatlari, taekvondo (ITF) bo‘yicha jahon chempionati, yunon-rum, 
erkin va ayollar kurashlari, shaxmat va boshqa ko‘plab sport turlari bo‘yicha 
an’anaviy yirik xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda.
Toshkentda “Paxtakor” stadioni qayta rekonstruksiya qilindi, Qarshi 
shahridagi “Nasaf” va Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionlari xorijiy 
stadionlar bilan teng raqobat qila oladigan talabda tez fursatda qurildi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish