O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

«Jismoniy tarbiya 
va sport to‘g‘risida»
gi Qonunining uchinchi Yangi tahriri qabul qilindi. 
Mazkur Qonun 8 ta bob va 47 moddadan iborat. Qonunning asosiy maqsadi 
– jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solish 
hisoblanadi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasida jismoniy 
madaniyat va sportning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini 
belgilaydi. Qonunning 4-moddasida “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” ko‘rsatilgan. 
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
- jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash;
- har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga 
bo‘lgan huquqini ta’minlash; 
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat 
boshqaruvini uyg‘unlashtirish; 
- fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining 
davlat kafolatlarini belgilash; 
- jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zo‘ravonlikka 
yo‘l qo‘ymaslik; 
- jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning, 
shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda 
tomoshabinlarining hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash; 
- sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga 
ko‘maklashish; 
- nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, 
shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari 
o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashish; 
- milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda 
ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 
- fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini 
ta’minlash; 
- xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qabul qilinadigan huquqiy 
hujjatlar “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun normalariga mos 
bo‘lishi shart. Ushbu qonun turli tashkilot va muassasalarda jamiyatning 
barcha a’zolari ishtirokidagi sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish 


171 
ishlarining ommaviy va individual shakllarining rivojlanishiga zamin 
yaratadi. Qonun jismoniy tarbiya va sportni kasalliklarni oldini olish, 
sog‘liqni mustahkamlash, shaxsning mehnatkashlik xususiyatini ta’minlash, 
vatanparvar fuqarolarni tarbiyalash, millatlararo do‘stlikni rivojlantirish va 
mustahlamlash vositasi deb hisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi 
Qonunida xalqaro hujjatlarda aks etgan inson va fuqaro huquqlariga oid 
normalar o‘z aksini topgan. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodlari, shaxsiy va 
jamiyatdagi holatidan qat'iy nazar, jismoniy tarbiya va sport 
mashg‘ulotlarida qatnashishga, jismoniy tarbiya-sport jamoatchilik 
birlashmalarini tuzishga, jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishda 
ishtirok etish huquqlariga ega. Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega, deb belgilangan. 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi, 
jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar, 
jamg‘armalar, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport klublari va asosiy 
maqsadi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdan iborat bo‘lgan boshqa 
jamoat birlashmalarining vakolatlari belgilangan. Mazkur tashkilotlar o‘z 
faoliyati doirasida qonun, davlat boshqaruv organlari huquqiy normalariga 
amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport 
to‘g‘risida»gi Qonuni barcha aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning 
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib 
berish kafolatlarini beradi.
O‘zbekiston hukumatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish 
huquqiy-me’yoriy asoslari Konstitutsiya va xalqaro huquq normalariga mos 
ravishda yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Farmoni bilan 
1993-yil martda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Ta’lim-tarbiya 
va tibbiyot sohalarida a’lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va 
yosh avlodni tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga I-III darajali 
ordenlar beriladi. «Sog‘lom avlod» davlat dasturi ishlab chiqildi va amalga 
oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo‘nalishi tibbiyot, ta’lim, mahalla va 
boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog‘liqni 
yaxshilash bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda 
oila, mahalla va mehnat jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga 


172 
qaratilgan tadbirlarni maqsadli o‘tkazish ko‘zda tutildi. Unda shuningdek 
«Sog‘lom ona va sog‘lom bola» shiori ustuvor bo‘lishi ta’kidlangan. 
O‘zbekiston mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport ishlari 
ancha rivoj topdi. Futbol, tennis, o‘zbek kurashi, boks, sharqona yakka 
kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando, ushu, qo‘l to‘pi va h.k.) yoshlar 
orasida tobora ommalashmoqda.
O‘zbekistonda futbol, tennisni rivojlantirish, boks va kurash bo‘yicha 
xalqaro turnirlar o‘tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga 
egadir.
«O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda 
nodavlat va jamoat tashkilotlari uchun katta ahamiyatga ega. Bu qaror 
asosida aholining barcha tabaqalari, ishlab chiqarish korxonalari, tarbiya, 
o‘quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni keng yo‘lga 
qo‘yish vazifalari belgilangan. 
«O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori va uning asosida qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning 
Davlat dasturi Konsepsiyasi jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari 
rivojlanishining tashkiliy-huquqiy va moliyaviy asoslarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jismoniy tarbiya 
va sporti rivojlantirish Davlat dasturi Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari 
sifatida quyidagilar qabul qilindi: 

Jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish va boshqarish tizimini 
takomillashtirish; 

Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, ommaviy-sport ishlarini va 
sportning milliy turlarini rivojlantirish; 

Jismoniy tarbiya hamda sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash; 

Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish; 

Jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish; 

Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag‘ bilan ta’minlash 
tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish. 
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, unga 
jalb qilish hamda targ‘ib qilishga oid tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan 
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-iyundagi “O‘quvchi va talaba yoshlarni 
sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil 
etish to‘g‘risida”gi Qarorida umumta’lim maktablari, akademik litsey va 
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari 


173 
talabalarining “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport 
musobaqalari tashkil qilindi. 
Madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks tarzda 
hal etish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan barkamol shaxslarni 
tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi va sportga 
muhabbat tuyg‘usini singdirish, shuningdek, madaniyat va sport sohasini 
boshqarishni takomillashtirish, bu sohada davlat siyosatini amalga 
oshirishni muvofiqlashtirish darajasini ko‘rtarish maqsadida 2004-yil 27-
sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tugatilib, ularning negizida 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil 
qilingan edi.
Mazkur farmonni bajarish yuzasidan hamda madaniyat va sport 
sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini 
oshirish maqsadida 2004-yil 30-sentabrda Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini 
tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport 
sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2017-yil 15-fevralda Madaniyat va sport 
ishlari vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat Qo‘mitasi 
tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga 
qaratilgan amaliy ishlar natijasida:


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish