165
10-jadval
Markaziy Osiyo spartakiadalari va o‘yinlari
Spartakiadalar
O‘tkazilgan yili
O‘tkazilgan joyi
I
1934
Toshkent
II
1943
Olma-Ota
III
1944
Toshkent
IV
1945
Frunz
V
1948
Dushanba
VI
1950
Olma-Ota
VII
1952
Ashxobod
VIII
1954
Toshkent
IX
1957
Frunz
“Do‘stlik” o‘yinlari
1991
Olma-Ota
I Markaziy Osiyo o‘yinlari
1995
Toshkent
II Markaziy Osiyo o‘yinlari
1997
Olma-Ota
III Markaziy Osiyo o‘yinlari
1999
Bishkek
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O‘zDJTI).
“
1955-
yilning 13- avgustida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini
(O‘zDJTI) ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoyish chiqarilgan. O‘zbekiston
Davlat jismoniy tarbiya instituti Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport
sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha yagona oliy
o‘quv yurti hisoblanadi. Institutni tashkil etish va ochish birinchi rektor
Arminak Tigranovich Kocharovga topshirildi. 1955-yildan 1958-yilgacha
institutga
rahbarlik qildi, o‘quv-tarbiya jarayonini hamda oliy jismoniy
tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga
qo‘ydi, iqtidorli sportchilarni talabalikka ilk bor qabul qildi. Institut
xodimlari tarkibi sobiq Ittifoqning Moskva va Leningrad jismoniy tarbiya
institutlari bitiruvchilari hisobidan to‘ldirildi.
1958-1966-yillarda O‘zDJTIga
Rustam Ismoilovich Ismoilov
rahbarlik qildi. R.I.Ismoilov institut va uning bo‘limlari tuzilmasini
mahalliy xalq vakillaridan xodimlarni tayyorlashni hisobga olgan holda
tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha maqsadli ishlarni amalga oshirdi.
Ana shu davrda O‘zbekiston Davlat jismoniy
tarbiya instituti jismoniy
tarbiya sohasi uchun xodimlarni tayyorlash markaziga aylandi.
1967-1984-yillarda O‘zDJTIga To‘raxodjaev Xojiahmad Xodjaevich
rahbarlik qildi. Uning boshchiligida institut ilmiy-pedagogik va
ilmiy-
166
tadqiqot markaziga aylantirildi. X. X. To‘raxodjaevning tashabbusi bilan
sport fiziologiyasi ilmiy laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriyaning
asosiy vazifasi yuqori malakali sportchilarni xalqaro musobaqalarga,
xususan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligini ilmiy asoslash, ilmiy-
pedagogik xodimlarni tayyorlashdan iborat edi. Ilmiy laboratoriyaning
ilmiy tadqiqotlari institut professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy-
pedagogik sifatlarini takomillashtirishga va institutda o‘quv-tarbiya
jarayoni sifatini oshirish maqsadida yosh mutaxassislarni
tayyorlashga
sharoit yaratdi.
1985-2001-yillarda
institutga
Hamroqulov
Abduhamid
Qodirxonovich rahbarlik qildi. Bu davrda A.Q.Hamroqulov o‘quv-tarbiya
jarayoni va ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlashni izchil ravishda
takomillashtirib bordi.Uning tashabbusi bilan institutda aspirantura,
doktorantura va professor A.Q.Hamroqulov raisligida O‘zbekistonda
birinchi jismoniy tarbiya va sport sohasida
pedagogika fanlari nomzodi
ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan Kengash tashkil etildi.
2001-2006-yillarda institutga Qudratov Ropijon Qudratovich
rahbarlik kildi. Bu davrda institut o‘quv binolarini ta’mirlash, o‘quv-sport
inshootlarini qayta ta’mirlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi.
2006-2016-yillarda O‘zDJTIga J.A.Akramov, O.A.Qurbonov,
Sh.X.Isroilov rahbarlik qildilar. Bu davrda institutda jismoniy tarbiya va
sport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha
yangi
yo‘nalishlar, jumladan kasb ta’limi, sport menejmenti, sport marketing,
xotin-qizlar sporti yangi yo‘nalishlari ochildi. Hozirgi vaqtda O‘zDJTIda 5
ta
fakultet, 18 ta kafedralarda turli sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni
tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
47
Do'stlaringiz bilan baham: