O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

V.A.Kan-Kalik
bunday qobiliyatni tadqiq qilib 
shunday yozgan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani 
tashkil qiladi. Muloqot uning eng murakkab tomonlaridan biridir, negaki u orqali 
pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi - o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi 
shaxsiga ta’siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan yana biri 
o‘quvchilar bilan uzoq va samarali ta’sir o‘tkazishni tashkil etishidir. Odatda bu 
mahoratni pedagogning kommunikativ qobiliyati bilan bog‘laydilar. Kasbiy 
pedagoglik muloqotiga ega bo‘lish - shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan 
pedagog shaxsining muhim tomonidir.
Aytib o‘tish joizki, pedagogik muloqot chog‘ida namoyon bo‘ladigan 
kommunikativ qobiliyat - bu bolalar ta’lim va tarbiyasi bilan bog‘liq pedagogik 
ta’sir doirasida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘luvchi muomala qobiliyatidir. 
Shulardan kelib chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin: 
Birinchidan, insoning barcha kommunikativ qobiliyatlari ham birdek 
namoyon bo‘lavermaydi va pedagog uchun birdek zarur bo‘lmaydi. Ikkinchidan, 
pedagog egallashi lozim bo‘lgan bir qator kommunikativ malaka va ko‘nikmalar 
borki, ular boshqa kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. 
Jumladan, insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi, muloqot 
jarayonida to‘g‘ri baholashi, to‘g‘ri qabul qilishi, boshqa odamlar bilan to‘g‘ri 
munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishidir. 
Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini batafsil ko‘rib chiqib, 
shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu qobiliyatlarning yaxshi 
rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatib 
o‘tamiz.
Insonni inson tomonidan bilish - insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. 
U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasida jamlanib, uning shaxsini 
ayrim tomonlari, motivlari, va kelgusi rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va 
odamning ichki hissiyotlari o‘zaro bog‘liqligini baholash; jestlari, imo-ishoralari, 
mimika va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi. 
Odamni o‘z-o‘zini bilishi o‘z bilimlarini, o‘z qobiliyatlarini, o‘z xarakterini 
va boshqa shaxsning o‘zidagi xususiyatlarini baholash; sirtdan qaraganda odam 
qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zida qanday namoyon bo‘lishini bila 
olishdir.
Muloqat jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholay bilish – bu holatni kuzata bilish 
qobiliyati, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ularga e’tiborni 
qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixologik mazmunini to‘g‘ri 
baholash va qabul qilishdan iboratdir.
Pedagogik nuqtai nazardan qiziqarli bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va 
amaliyotda ko‘pdan-ko‘p muammolar keltirib chiqaradigan turi pedagogik 
muloqatning noverbal shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ 
qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomalaga kirisha 


306 
bilish, ziddiyatlarni oldini ola bilish, yuzaga kelgan tushunmovchilik va 
ziddiyatlarni o‘z vaqtida yecha bilish, boshqa odam tomonidan o‘zini to‘g‘ri 
tushinishni va qabul qilishni ta’minlaydigan tarzda o‘zini tuta bilish, boshqa 
odamga o‘zining qiziqishlari va hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, 
muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati. 
Insonning o‘z -o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon bo‘lgan 
qobiliyati, o‘zining xulq - atvoridagi faoliyatini boshqarishni bilishi, atrof-
muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqat qilganda zarur bo‘lgan qobiliyatdir. Bu 
narsa bizni boshqa odamlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri 
tushinishimizni ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklaridan 
qutilishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqatga to‘siq bo‘ladigan, muloqat uchun 
zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikmalar shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini 
ko‘rsatish mumkin.
Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin bo‘lgan jarayondir. 
Ularni shakllantirishda ijtimoiy- psixologik trening yaxshi natija beradi.
Pedagogik muloqot maxsus jihatining namoyon bo‘lishi pedagog tomonidan 
rag‘batlantirish va jazolash usulining qo‘llanilishidir. Agar rag‘batlantirish yoki 
jazolash xizmatga yarasha odilona bo‘lsa, ular o‘quvchilarning yutuqlarini 
mustahkamlaydilar, qo‘llaydilar. Rag‘batlantirish va jazolash usullarining 
mutahkamlash roli pedagogik adolatga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan 
olgan holda samarali va samara bo‘lmagan rag‘batlantirish tavsifini keltiramiz.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ko‘pgina sa’y-harakatlariga, agar ularning 
yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib, ular qilgan xatolariga qattiq e’tibor qaratmasa 
va buning uchun jazolamasa, ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Xulosa kilib, shuni 
aytish joizki, o‘qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me’yorlariga mos 
keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarini olib 
karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, 
o‘qituvchining tashki qiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. 
O‘qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom- sarishtaligi, 
o‘zini chiroyli tutishi qaddi-qomati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi 
taassurot koldiradi.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish