O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

Etnopsixologiya
– bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan 
millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy 
guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni 
V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi “xalq” tushunchasi aslida 
etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar 
psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda 
keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. Shunisi 
diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan 
biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga 
oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad 
L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya 
boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston sharoitida 
turmush tarzining o‘zgarishi bilan o‘zbek xalqi psixologiyasining ham 
o‘zgarganligini isbot qilmoqchi bo‘lganlar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining 
o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z 
xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod 
olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan xotin-qizlar hamda pedagogika 
bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. 
Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, 
tadqiqot mobaynida ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni, 
o‘zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish 
topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga 
va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan 
ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya 
shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga 
bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, ayollarga 
o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon qo‘shnilarni 
ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga 
sifat xarakteristikalari berish ancha yengil tuyulardi.


244 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy 
psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy tamoyiliga tayanish lozimligini 
isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar 
munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin 
tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani 
o‘rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik tamoyillar sinab ko‘rildi. 
To‘g‘ri, bu tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi 
kunda kelishib bo‘lmaydi, qolaversa, bu konsepsiyaning o‘zi necha bor qayta 
ishlovni talab qildi, lekin milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan kross-tadqiqot 
sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo‘llangan piktogramma – “so‘z portretlari”ni, 
o‘z-o‘zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat 
yangicha metodologik prinsiplarda qo‘llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini 
umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish 
harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley 
olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi 
mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
1) 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish