Tarbiyaviy vazifalar:
1.
Konstitutsiya va qonunlarga nisbatan e’tiqod,
milliy va umuminsoniy huquqiy qadri yat larga hurmat
uyg‘otish ham da kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash.
2.
Yuksak xulq-atvor fazilatlari bilan o‘zgalarga
namuna bo‘la olishga o‘rgatish va jamiyat hayotida
ijtimoiy huquqiy faol bo‘lish tuyg‘usini tarbiyalash.
3.
Jamiyat manfaatlariga zararli harakatlarga, diniy
ekstre mizm, aqidaparastlik, huquq bu zar liklarga nafrat
uyg‘otish.
4.
Konstitutsiya bo‘yicha olgan bilimlar natijasida
o‘z hayoti kelajagini belgilash, o‘z Vatani ning dunyo-
da munosib o‘rin egallashida hissa qo‘shish hamda
boshqa millat vakilla rining huquqiy manfaatlarini hur-
mat qilish ruhida tarbiyalash.
O‘quv kursini o‘rganishning o‘ziga xos asosiy
tamoyillari mavjud. Bu tamoyillar Konstitutsiyaning
mazmuni yo‘nalishlarini bildiradi. Konstitutsiyani
o‘rganishimizda ana shu tamoyillar asosida yondashu-
vimiz va xulosalar chiqarishimiz Asosiy Qonuni mizning
mohiyatini chuqur anglashimizga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |