(Xalq so‘zi, 2009 yil 12 may, №95)
Ahmad Rashid MALIK, Islomobod siyosiy tadqiqotlar instituti etakchi
eksperti (Pokiston):
- Global inqiroz O‘zbekistonga deyarli ta’sir o‘tkazmadi. Bunday barqarorlik
zamirida rivojlanish sohasidagi ijtimoiy yo‘naltirilganlik va iqtisodiyotni
bosqichma-bosqich rivojlantirish siyosati yotibdi.
...Prezident Islom Karimov ta’lim sohasini hech qachon davlat uchun
serxarajat soha deb bilmagan. U ta’lim tizimiga mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy
taraqqiyotiga yo‘naltirilgan sarmoya sifatida qaraydi. E’tiborlisi, mamlakat
byudjetining 60 foizidan ziyodi ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan. Dunyoning
ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlari O‘zbekistonning ushbu tajribasini qo‘llashi
lozim. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston qarz olish
hajmini past darajada saqlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |