(Xalq so‘zi, 2009 yil 21 aprel, №79)
B. ASHAVSKIY, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya
akademiyasining xalqaro dolzarb muammolar instituti katta ilmiy xodimi,
professor:
- Islom Karimovning kitobi, birinchidan, iqtisodiy va moliyaviy inqiroz
sharoitida jahon xo‘jaligiga asosli baho berilgan jiddiy tahliliy asardir.
Ikkinchidan, eng muhimi, jahonda “O‘zbek modeli” deb tan olingan
taraqqiyot modeli yana bir bor o‘zining yashovchanligi va samaradorligini
tasdiqladi. Menimcha, O‘zbekiston o‘z vaqtida ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning evolyusion yo‘lini tanlaganiga e’tiroz bildirish
qiyin. Tan olish kerak, bu yo‘l afzalligi bilan O‘zbekistonni boshqa davlatlardan
ajratib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |