“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Yer mulkchilik shakllari. 
Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 
1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari. 
Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan 
bo‘lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lar edilar. Bunday yerlar 
sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa hir qismi hukmron sulola a’zolariga, 
yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol 
shaklida in’om etilgan edi. Suyurg‘ol olganlar u yerni boshqarish huquqini ham olganlar. 
Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra, o‘z 
qo‘shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. 
XVI asrdan boshlab davlat yerlarini „tanho“ deb nom olgan shaklda in’om etish qaror topa 
borgan. Bunday in’omga sazovor ho‘lgan kishi yerga emas, mansabining darajasiga qarab shu 
yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan. XIX asrda ham amirlikda 
tanholarning soni tobora ortib borgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan. 
Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko‘p soliq ham 
ana shu yerlardan tushar edi. 
Xususiy yerlar (mulk)ning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo‘lib, ularning bu yerlarga 
egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan. 
Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar 
osha yashab kelayotgan arablarga qarashli bo‘lgan.
Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida o‘lpon 
to‘lanardi. Mulk yerlarining ikkinchi qismi (mulki hur yoki mulki hurri xolis) davlat xizmati 


bilan bog‘liq bo‘lib, bunday yerlar urushlarda jasorat ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida 
topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan. 
Bunday yerga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan hamda ular barcha soliqlardan 
ozod etilgan. 
Vaqf yerlari
bu masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar 
edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan 
yerlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari
shuningdek, talabyu, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf 
yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edl. Yaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi 
belgilab qo‘yilgan edi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish