ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
4.«Portfolio-kollektor».
Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat
bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va
ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar
yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
5.«Jarayon portfoliosi»
talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy,
axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini
mustaqil qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi
barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha
faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish),
Do'stlaringiz bilan baham: |