“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

AHAMONIYLAR
miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. 
Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida 
yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i, oriylarning nufuzli sardoridan biri Ahmon asos 
solgan. Kir II (mil. avv. 556-530) va Doro I ( mil. avv. 522-486) lar davrida O’rta Osiyo 
hududlari Ahamoniylar sulolasiga bo’ysundirilgan.
To’maris
Turon elining qahramoni. Massagetlar malikasi. Mil. avv. 6-a.da yashagan. Gerodot «Tarix» 
asarida mil. avv. 530 y.da massagetlar malikasi To’marisning Eron shohi Kayxusrav (Kir 
II) 
ni 
Turonga qilgan bosqinchilik yurishiga qarshi mardonavor kurashgani haqida hikoya qiladi. 
Avvaliga To’maris Kayxusravni tinch qo’shnichilikda yashashga chaqiradi. Lekin Kayxusrav 
fikridan qaytmay, mil. av. 530 y.da massagetlar ustiga yurish boshlaydi. To’maris halol jang qilishni 
yaxshi ko’radi. U axdiga binoan dushman O’kuz (Amudaryo)dan bemalol o’tib olishi uchun o’z 
lashkari b-n chetlashib turadi. To’marisning mardligiga Kayxusrav hiyla b-n javob beradi: 
To’marisning o’g’li Sparganisni qo’shini b-n mast qilib asir oladi. Dushman To’marisning o’g’lini 
qaytarish va urushni to’xtatish haqidagi taklifini ham rad etadi. Sparganis asirlikda o’zini o’ldiradi. 
SHundan so’ng mil. av. 530 y.ning yozida tomonlar o’rtasida qattiq jang bo’lib, Eron qo’shini tor-
mor qilinadi. Kayxusrav jangda o’ladi. To’maris uning boshini qon b-n to’lg’azilgan meshga solib: 
«Sen umring bo’yi qonga to’ymading. Men o’z ontimga amal qilib, seni qon b-n sug’ordim. 
Birovning yurtiga zo’ravonlik b-n bostirib kirganlarning jazosi shu!» — deydi. To’maris shu tariqa 
o’z yurti mustaqilligini saklab qoladi. 
Shiroq
Turon elining qahramoni. Mil. av. 6-a.da yashagan. Mil. av. 6-a. boshlarida Eroy shohi Doro I 
qo’shini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» asarida ilk 
marta SHiroq jasorati tilga olingan. Polienning yozishicha, sak qabilalari yo’lboshchilari Saksafar, 
Omarg va Oamiris fors qo’shinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) o’tkazayotganda, 
oddiy otboqar SHiroq ularning huzuriga kelib, o’z rejasini bayon qiladi. Unga kura, SHiroq 
harbiy hiyla ishlatib yolg’iz o’zi Doro qo’shiniga qarshi turgan. 


SHiroq Doro huzuriga kelib qabiladoshlari ustidan shikoyat qiladi va unga nohaq sitam 
yetkazganlari (uning quloq, burunlari kesilgan edi) uchun Eron qo’shinini saklar turgan yerga eng 
qisqa yo’l b-n boshlab borishini aytgan. SHiroq Eron qo’shinini Kizilqumning ichkarisi tomon 
boshlaydi, forslar o’zlari b-n atigi 7 kunlik suv, oziq-ovqat zaxirasi olgan edi. Jazirama cho’lda 
dushman holdan toyib, zaxirasi tugagan. Nihoyat, muhlatning 7-kunida dushman qo’shini 
aldanganini payqaydi. SHiroq atrofini kurshab olgan Doro I va uning sarkardalariga qarata 
shunday deydi: «Men yolg’iz uzim Doro qo’shinini yengdim. Sizlarni aldab, cho’lning qoq 
o’rtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha to’rt tomoningiz 
ham 7 kunlik yo’l!». SHiroqning boshini qilich b-n chopib tashlaydilar. Fors qo’shinining asosiy 
qismi cho’lda qirilib ketgan. SHunday qilib, SHiroq vatan ozodligi yo’dida jonini fido qilgan. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish