36
va metall kontaktni changitib yuborish bilan hosil qilinadi. 8.5,b – rasmda,
poloskadan tashqarida
aktiv soxani buzadigan, protonli portlatish bilan hosil
qilingan poloskali kontakt tasvirlangan. 8.5,v – rasmda cho‘ktirilgan (pogrujenniy)
tuzilishli poloskali kontakt ko‘rsatilgan. Bunday
tuzilish n turdagi qatlamga
mezotuzilishlarni cho‘ktirish yo‘li bilan yaratiladi. Cho‘ktirilgan tuzilishli lazer
diodlarda chegaraviy tokning kichik qiymatlari (I
ch
= 5-0 mA/sm
2
)
va kichik
chiqish quvvatlari (P
ch
= 0,5…2 mVt) kuzatiladi. Bunday kichik qiymatlar
nurlantiruvchi yuza o‘lchamlarining kichikligi, 1-2 mkm dan oshmasligidandir.
Fabri-Pero rezonatorli lazer diodlar ko‘p modali lazerlar ham deyiladi.
Chunki ular bir necha modalarni nurlantiradi (2.12,a-rasm).
2.12,a-rasmdagi katta amplitudali moda – bu to‘lqin
uzunligining asosiy
modasi, kichik amplitudali modalar – yon modalari hisoblanadi. Yon modalar orasi
taxminan 1 nm ga teng. Lazer nurlanish modulyatsiyasida
nafaqat asosiy moda,
shuningdek yon modalar ham modulyatsiyalanadi. Bunday lazerlarda optik
nurlanishning to‘liq spektr kengligini yarmi 4-5 nm ga teng.
2.12-rasm. Lazer diodlarning nurlanish spektrlari: a) - ko‘p
modali lazer
diodlar nurlanish spektri; b) - bir modali lazer diodlar nurlanish spektri.
(
=1-3 nm)
~
1nm
Ko‘p modali lazer
(
=0,1-0,4 nm)
Bir
modali lazer
, nm
, nm
a)
b)
37
Spektrning kengligi dispersiyani oshishiga olib keladi. Fabri-Pero
rezonatorli, ko‘p modali lazerlar juda yuqori texnik tavsiflarga ega emas.
Lekin
tuzilishi sodda bo‘lgani uchun narx-samaradorlik nuqtai nazaridan, bunday lazerlar
juda yuqori tezliklar talab etilmaydigan optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladi.
Aytib o‘tish joizki, bir modali nurlanish rejimida bo‘lib, Δλ kichik bo‘lsa
ham uzatish tezligi oshishi bilan Fabri-Pero rezonatorli lazer diodlar modalarida
quvvatni qaytatdan taqsimlanishi kuzatiladi. Bunda har bir alohida modani quvvati
sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Lazer signali tola bo‘ylab uzatilganda, to‘lqin
uzunligiga bog‘liq bo‘lgan guruhli kechikish (xromatik dispersiya)ni
hisobga
olsak, modalar bo‘ylab quvvatni taqsimlanishi chiqishda shovqin sathini oshishiga
va Δλ spektrni dinamik kengayishiga (1-2 GGs chastota modulyatsiyasida 10 nm
gacha) olib keladi. Yuqori tezlikli tizimlarida bu seksiya uzunligini chegaralovchi
asosiy omil bo‘lishi mumkin[21;22].
Optik rezonatorlarni tashkil qilish usuli bilan farqlanuvchi, ma’lum darajada
oddiy Fabri-Pero rezonatorlarining takomillashuvi hisoblangan boshqa mukammal
lazer diodlarda bu kamchiliklar mavjud emas.
Bir modali lazerlar.
Ko‘p modali lazerlarda nurlanish
spektrining kengligi
dispersiya qiymatini oshishiga olib keladi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun bir
modali lazerlardan foydalanish talab etiladi. Bir modali lazerlarda modani o‘zini
nurlanish spektri tor bo‘lib, Δλ=0,1-0,4 nm ni tashkil etadi. Bundan tashqari, agar
bir modali lazer to‘g‘ri sozlangan bo‘lsa, unda birinchi yon moda asosiy modadan
juda bo‘lmaganda 30 dB ga past bo‘lishi mumkin.