Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti ’’astronomiya va optika kafedrasi’’ Toshquvatova Nuriya Abdiqayumovnaning



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana06.02.2022
Hajmi0,84 Mb.
#434185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
kkkkkkkk

 
 
1.1 – rasm. Optik aloqa tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi:
1 – axborotlar manbai; 
2 – optik uzatgich va modulyator; 
3 – optik kanal; 
4 – optik qabul qilgich. 
Axborotlar manbaidan uzluksiz yoki raqamli signallar beriladi. So‘ng 
signallar yorug‘lik oqimi-tashuvchi chastotaning elektromagnit tebranishlarini 
modulyatsiyalaydi. 
So‘ng yorug‘lik nuri ko‘rinishidagi optik signallar uzatuvchi muhit - optik 
kanal orqali tarqaladi. Uzatuvchi muhit yuqorida aytib o‘tilgandek ochiq fazo, 
atmosfera, ya’ni ochiq optik aloqa liniyasi yoki tolali optik aloqa liniyasi bo‘lishi 






11 
mumkin. 
Uzatilgan 
axborotlar 
optik 
qabul 
qilgich 
demodulyatorida 
demodulyatsiyalanadi. Demodulyatorning asosiy elementi optik fotodetektor 
hisoblanadi[6].
Optik signal tola bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va buziladi. Optik
signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida ma’lum oraliqlarda
signallarni buzilish darajasiga qarab regeneratorlar yoki kvant optik 
kuchaytirgichlar o‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr
signaliga, chiqishida esa elektr signaldan optik signalga aylantiriladi, ya’ni
regeneratorlarda elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang‘ich formasi 
tiklanadi. Kvant optik kuchaytirgichlari qo‘llanilganda esa so‘ngan optik
signallar elektr signaliga aylantirib o‘tilmasdan kuchaytiriladi. 
Intensivlik 
bo‘yicha 
modulyatsiyalangan 
optik 
signalni 
bevosita 
fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr 
signaliga aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotodetektorlash usuli deyiladi. 
Hozirgi kunda optik aloqaning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish 
tizimlari (RUT)dan foydalanilmoqda. Chunki RUT analog uzatish tizimlariga 
qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqinga bardoshliligi, yuqori signalni 
uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog‘liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‘yicha bo‘lingan analog uzatish 
tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli, ularning optik aloqada qo‘llanilishi 
chegaralangan.

Qo‘llaniladigan modulyatsiya turiga qarab tolali optik aloqa tizimlari analog 


va raqamliga bo‘linadi. 
Analog tolali optik aloqa tizimlarida modulyatsiyaning analog usullari: 
intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash, amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi 
turlari qo‘llaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog 
uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta’minlash texnik 


12 
murakkabligi sababli analog tolali optik aloqa tizimlaridan foydalanish 
chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalarda qo‘llaniladi (optik kabelli 
televideniyeda, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlarida).
Raqamli tolali optik aloqa tizimlarida modulyatsiyalashning diskret 
usullaridan foydalaniladi [9]. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametri 
diskret o‘zgaradi, yani boshlang‘ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash 
sathlariga bo‘linadi, har bir kvantlash sathiga mos ravishda aniq diskret signal 
qo‘yiladi.
Vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko‘ra tolali optik aloqa tizimlari 
magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo‘linadi. 
Magistral tolali optik aloqa tizimlari signallarni 1000 km ga, zona tolali optik 
aloqa tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar tolali optik aloqa tizimlari 
shahar telefon tarmog‘ini bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tolali optik aloqa liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt 
bo‘yicha, chastota va spektr bo‘yicha. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni 
bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik 
signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning 
asosiy afzalligi bu optik tola o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentining 
ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi 
hisoblanadi [7,23,24]. 
Chastota bo‘yicha zichlashtiriladigan tolali optik aloqa liniyalarida turli 
axborot manbalarining boshlang‘ich signallariga aniq chastota oraliqlari ajratiladi. 
Bu holda guruhli liniya signallarini hosil qilish uchun yaqin joylashgan stabil optik 
tashuvchilar talab qilinadi. Biroq, ayniqsa yuqori tezlikli modulyatsiyalashda yarim 
o‘tkazgich lazerlarning nurlanish liniyalarining nostabilligi qo‘shni kanallarning 
ishchi to‘lqin uzunliklari orasida spektr bo‘yicha oraliqlarini informatsion signal 
oraliqlaridan bir necha marta oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun tolali 
optik aloqada spektral yaqin joylashgan kanallarni hosil qilish uchun turli 


13 
manbalarning turli tashuvchilaridan emas, balki optik tashuvchilarni surish 
yordamida bitta manbaning turli tashuvchilaridan foydalaniladi.
Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki , signallarni 
bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha 
uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi. 
Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentini
oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri spektr bo‘yicha (to‘lqin bo‘yicha) 
zichlashtirishdir. Bunda har xil tezlikli va raqamli, analog turli modulyatsiyali 
(telefon, televideniye, telemetriya, EXM boshqarish signallari) signallarni uzatish 
imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini 
tashkil etishni ta’minlaydi[10]. 
Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig’idan bir muncha to‘liq foydalanish bu 
usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda 0,8....1,8 mkm 
diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil 
etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish 
mumkin. 


14 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish