mazmunini
tanlash tamoyillari va me’yorlari
Pedagogika nazariyasida ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy
tamoyillari V.V. Kraevskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardir:
1.
Ta ’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi
tamoyili.
Bu tamoyil ta’lim mazmuniga zarur bo'lgan bilim, malaka va
ko'nikmalami, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari
rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlami kiritishni
ko'zda tutadi.
2.
Cfqitishning mazmun protsessual jihatlarining yagonaligi tamoyili.
Bu
tamoyil o‘quv jarayonining konkret xususiyatlari, uning tamoyillari, ulami
amalga oshirish texnologiyalari va o'zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.
3.
Turli sathlardagi ta lim mazmuni tuzjlmasining yagonaligi tamoyili.
Buni shakllantirish nazariy tasawur, o'quv fanlari, o'quv materiallari,
ta’lim oluvchining shaxsi kabi qismlaming muvofiqlashtirilishini taqozo
qiladi.
4.
Ta ’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili.
Bu tamoyil shaxsning
umuminsoniy madaniyati, uning ma’naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol
ijodiy va amaliy o'zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi.
5.
Ta ’lim mazmunining asoslanganligi tamoyili.
Bu gumanitar va tabiiy-
ilmiy bilimlami integratsiyalash, uzviylik va fanlararo aloqalami o'matishni
talab qiladi.
6.
Ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch)
madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi tamoyili.
Z am o nav iy p edagogika fani t a ’lim m azm u n in in g q u y idagi
komponentlarini belgilaydi:
•
shaxsning kognitiv tajribasi;
•
amaliy faoliyat tajribasi;
•
ijod tajribasi;
•
shaxs munosabatlari tajribasi.
Shaxsning kognitiv tajribasi.
Bu komponent tabiat, jamiyat, tafakkur,
texnika, faoliyat usullari to'g'risidagi bilimlar tizimini o'z ichiga oladi. Bu
asosiy komponent hisoblanadi. Chunki shaxs shakllanishining asosini
bilim
tashkil etadi. Bilimlar borliqni, tabiat, jamiyat, tafakkuming rivojlanishi
qonunlarini bilish natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlaming asosiy funksiyalari
dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy faoliyatni
ta’minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir.
Ta’lim mazmunining
amaliy komponenti
malaka va ko'nikmalami
shakllantirishni o'z ichiga oladi. Tashqi yoki amaliy, ichki yoki intellektual
malaka va ko'nikmalar mavjud.
Malaka va ko'nikmalar barcha o'quv fanlari uchun umumiy bo'lishi
mumkin. U har bir o'quv fani uchun o'ziga xos va xarakterli bo'ladi. Malaka
va ko'nikmalar muayyan faoliyat tunning asosini tashkil etadi. Faoliyatning
esa bilish, mehnat, badiiy, ijtimoiy, qadriyatlarga yo'naltirilgan va
kommunikativ turlarini qayd qilish mumkin.
Ijodiy faoliyat tajribasi.
U yangi muammolami hal qilish va voqelikni
ijodiy qayta yaratishga tayyor bo'lishda namoyon bo'ladi.
Shaxs munosabatlari tajribasi.
Bu asoslash (motivatsiya) — baholash,
hissiylik, irodalilik munosabatlar tizimidan iboratdir. Bu tajriba dunyoga,
voqelikka, odamlarga baho berish mimosabatida namoyon bo'ladi.
Xotima.
Mutaxassis shaxsi rivojlanishining asosiy vositalaridan biri va
ularning chuqur fundamental bilim hamda amaliy tayyorgarligi oliy
maktabdagi ta’lim mazmuni bilan belgilanadi.
Ta’lim mazmunining rivojlanishi shuni ko'rsatadiki, и ta’lim oluvchining
ijtimoiy va individual talablarini hisobga oladi hamda tobora takomillashtirib
Do'stlaringiz bilan baham: |