Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi oziq-ovqat texnologiyasi asoslari



Download 8,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/320
Sana06.02.2022
Hajmi8,57 Mb.
#432899
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   320
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari

Ishni boorish tartibi:
Pivolarning sifatini ham organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari asosida 
aniqlanadi.
Organoleptik ko’rsatkichlariga tiniqligi, ta’mi, hidi (xushbo’yligi) va ko’piruvchanligi 
kabi ko’rsatkichlari kiradi. Bu ko’rsatkichlar har bir nav pivo uchun o’ziga xos bo’lib, ular 
iste’mol qiymatini baholashda asosiy mezon hisobolanadi. Pivoning keltirilgan jami organoleptik 
ko’rsatkichlari degustastiya jarayonida aniqlanadi.
Bugungi kunda pivolarning rangi va tiniqligiga alohida e’tibor beriladi, chunki 
iste’molchilar pivoning sifatini aynan shu ko’rsatkichlar asosida baholaydilar. Pivolarning rangi 
ularning qaysi pivo tipiga kirishini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan sanaladi. Hatto bir 
tipga kiradigan pivolar ham bir-biridan rang intensivligi bo’yicha farq qiladi. Oqish-tiniq pivolar 
toza, tiniq, tillarang-qo’nirroq bo’lishi kerak. Qoramtir pivolarga esa rangi bo’yicha bunday 
talablar qo’yilmaydi. 
Butilkalarga qadoqlangan pivolarning rangi deyarlik o’zgarmaydi. Oqish-tiniq 
pivolarning rangi agar ularga quyosh nuri to’ridan-to’ri tushib tursa o’zgarishi mumkin. Natijada 
pivolarning kimiyoviy tarkibida o’zgarishlar sodir bo’lib, bu esa ularing ozuqaviy qiymati va 
iste’mol xossalarining keskin pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.
Oqish-tiniq pivolar o’ziga xos rangga ega bo’lishi bilan bir qatorda tiniq ham bo’lishi 
kerak. Ularning tiniqligi esa bokalning shishasi orqali qaralib, uning yaltiroqligiga qarab 
aniqlanadi. Iste’molchilar pivoning yaltiroqligiga qarab ularning tozaligini baholaydilar. Shuni 
ham qayd etish lozimki, «pivoni ko’z bilan ichadilar» degan tushuncha mavjud. Shu sababli 
iste’molchi uchun pivoning tiniqligi uning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Lekin, 
shuni ham unutmaslik lozimki, qanchalik darajada pivo tiniq bo’lsa, pivoning ta’mi va 
ko’pirishini ta’minlaydigan moddalar shunchalik darajada ichimlikdan chiqarib yuborilgan 
hisoblanadi.
Pivoning ta’mi, hidi va undagi yoqimli xmel achiqligi pivoni kamdan-kam miqdorda 
ichish orqali aniqlanadi. Bu erda birinchi navbatda pivoning ta’mi va xushbo’yligiga e’tibor 
qaratilib, keyin esa pivoda begona ta’mlar va hidlar mavjudligi yoki mavjud emasligi 
aniqlanadi. Keltirilgan organoleptik ko’rsatkichlarini baholashda quyidagi atamalardan 
foydalanish tavsiya etiladi: ta’mi-toza, yaxshi seziluvchan, kuchsiz seziluvchan, shirinroq, 
191


solodsimon; begona ta’mlar-achitqi, karamel, meva ta’mlari, nordon, metall ta’mi, moy, asal, 
fenol ta’mlari; xushbo’yligi-toza, yangi, kuchsiz xmel hidi, achitqi, fenol, achigan pivo hidlari.
Ta’m sezish darajasiga pivoning harorati ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Shu 
sababli iste’molchiga taklif etilayotgan pivoning harorati 8-12
0
S bo’lishi tavsiya etiladi.
Oqish-tiniq pivolarda solodsimon, toza, yaxshi sezilib turadigan ta’m bo’lib, ularda 
begona hid va ta’mlar bo’lmaydi.
Qoramtir pivolarda esa maxsus ishlangan solodlarning ta’mi yaqqol sezilib turadi. 
Pivoning ta’miga xom ashyoning tarkibi va tayyorlash texnologiyasi katta ta’sir ko’rsatadi. 
Begona ta’mlar, keragidan ortiqcha achchiqlik, yuqori nordonlik va pivoning SO
2
gazi bilan 
yaxshi to’yinmaganligi uning ta’mini yomonlashtiradi.
Oqish-tiniq pivolarda mayin xmel achchiqligi sezilib turadi, lekin pivo juda ham 
seziluvchan achchiqlikka ega bo’lmasligi kerak. Qoramtir pivolar esa oqish-tiniq pivolarga 
qaraganda birmuncha shirinroq bo’ladi.
Ta’m komponentlarining muhim elementlaridan biri etil spirti hisoblanadi, chunki u ta’m 
beruvchi va aromatik moddalarning ta’sirini kuchaytiradi. Pivolarning ta’m ko’rsatkichlarining 
va xushbo’yligining har xil bo’lishiga achitish jarayonida hosil bo’ladigan yuqori spirtlar, efir 
moylari va boshqa moddalarning miqdori ham katta ta’sir ko’rsatadi. 
Pivoda o’ziga xos mayin, yoqimli achchiqlik xmel tarkibida bo’ladigan oshlovchi va 
achchiq moddalarning borligi va shuningdek achish jarayonida hosil bo’ladigan moddalar borligi 
bilan izohlanadi.
Pivoda uchraydigan yoqimsiz, achchiq va tishni qamashtiruvchi ta’m ko’pchilik hollarda 
ishqorlik xususiyatiga ega bo’lgan suvdan foydalanganda ham paydo bo’lishi mumkin. 
Shuningdek, pivoda achchiq ta’mlarning paydo bo’lishi sabablaridan biri, uning tarkibidagi 
moddalarning oksidlanishi natijasida paydo bo’ladi.
Qoramtir pivolarda bo’ladigan kuygan narsaning ta’mi esa, asosan pivo ishlab chiqarish 
uchun sifatsiz solod ishlatilgan hollarda vujudga keladi. Pivolarda nordon ta’m esa piaoni 
achitish jarayoni tavsiya etilganidan yuqori haroratlarda olib borganda vujudga keladi. 
Shuningdek, pivoning ta’m ko’rsatkichlarida uchraydigan nuqsonlar pivo ishlab chiqarish uchun 
sifatsiz solod va xmel ishlatilishi natijasida ham vujudga keladi.
Texnologik jarayonlarining buzilishi natijasida begona mikroorganizmlarning rivojlanishi 
ham pivoning ta’mida bo’ladigan ba’zi bir nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Masalan, pivolarda 
moor va sut kislotasi bakteriyalarining rivojlanishi pivoning loyqalanishi va achchiq-nordon ta’m 
paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek pivolarning ko’pirishi va ko’pligining barqarorligi ham 
ularning sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Pivolarning 
ko’piruvchanligi ularning tarkibidagi SO
2
miqdoriga boliq. Karbonat angidrid gazi bilan kerakli 
darajada to’yingan pivolar ko’p darajada ko’piradi. Pivoning idishga quyganda ko’pirib 
turishining barqarorligi ham uning sifatli ekanligini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Shu sababli pivo sifatini baholashda bu ko’rsatkichlarga ham alohida e’tibor 
beriladi.
Pivoning sifatli ekanligini belgilaydigan ko’rsatkichlardan yana biri tiniqligi va saqlashga 
barqarorligi hisoblanadi. Saqlash jarayonida pivo loyqalanib boshlaydi. Pivoni idishlarga 
quygandan keyin pivoda loyqalarning hosil bo’lish vaqti, uning barqarorligini tavsiflaydi.
Pivolarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga ham katta e’tibor 
beriladi. Ularning asosiy ko’rsatkichlaridan biri spirt miqdori va atalaning dastlabki zichligi 
hisoblanadi. Pivolarda spirt miqdori ularning turiga qarab 1,8 % dan 7,0 % gacha, suslaning 
dastlabki zichligi esa 8,0 % dan 23,0 % gacha bo’ladi. Pivo tarkibida karbonat angidrid gazining 
miqdori 0,30-0,35 % ni tashkil etadi. Pivolarning rangliligi 100 ml suvni 0,1 N yod eritmasi bilan 
titrlash asosida topiladi. Bu ko’rsatkich oqish pivolarda 0,8-1,4 ml ni, qoramtir pivolarda esa 2,1-
5,5 ml ni tashkil etadi.
Kasallik alomatlari bor, rangi, ta’mi o’zgarib qolgan, loyqalanish belgilari mavjud pivolar 
sotishga ruxsat etilmaydi.
192


Pivolarni 2
0
Sdan 18
0
S gacha haroratda va havoning nisbiy namligi 75-85% bo’lgan 
qoroni honalarda saqlash tavsiya etiladi. Shunday sharoitda pasterizastiya qilingan pivolarning 
saqlash muddati ularning turiga qarab 30 kundan 3 oygacha qilib belgilangan.

Download 8,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish