«Sharning ipini top»
Maqsad:
Bolalarni ranglarni ajratishga o'rgatish.
Mashg'ulot jihozi:
Qog'ozdan qirqilgan harxil rangdagi shakllarva shu
ranglarga mos qog'oz «ip»lar.
Ishning borishi:
Stol ustiga sharlar va iplar alohida qo'yiladi. Bolalarga
sharlarni o'z ipi bilan bog'lash lozimligini tushuntiriladi va sharlarning ipini topish
aytiladi.
«Kim birinchi bajaradi»
Mashg'ulot jihoz:
Ikki shishachada rangi bir xil bo'lgan 48 dona toshcha yoki
tugmacha solib qo'yiladi.
Maqsad:
O'quvchilarning irodasini tarbiyalash.
Ishning borishi:
Ikki bola yuzma - yuz qilib stolga o'tqaziladi. Har biriga
shishacha va 24 dona toshcha beriladi. Toshchalarni shishachaga bir donadan
solishlari kerak. Sinfdagi boshqa bolalarular ishini kuzatib turadi. Ishni kim
birinchi tugatsa, g'olib hisoblanadi. O'yin shu tariqa davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |