101
yashash sharoiti, tashqi qiyofasi, tabiati, qanday parvarish qilinishi, kishilarga
keltiradigan foydasi haqida tasavvurlarini shakllantirish. Hayvonlarning tana tuzilishi,
tabiiy sharoitlarga
moslashuvi yungining qalinligi, uning qor ostidan mox (shimolda
o’sadigan o’simlik)ni kovlab oziqlanishi, bug’uning keng qo’shaloq tuyoqlari bilan
loy, tuproqli yer va hatto qiya yerlarda ham yura olishi, o’zining tabiati bilan uy
hayvonlari toifasiga kirishi haqida so’zlab berish.
Bolani dengiz hayvonlari kit, akula, delfinlar bilan tanishtirish. Ularning yashash
sharoiti, tashqi qiyofasi haqida tasavvurlarini shakllantirish.
Hayvonlarning ko’payishi haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Qushlar in
(uya) quradi, tuxum qo’yadi, bolalaydi, baliqlar urug’ qo’yadi va bolalaydi.
Bolaning uy va yovvoyi hayvonlarning rivojlanishi
haqidagi tasavvurlarini
kengaytirish. Hayvonlarning bolalari tug’ilganda juda nozik bo’lishi, ular ko’p
jihatdan katta hayvonlardan farq qilishi haqida suhbatlashish. Parranda poloponlari
tuhumdan chiqqanda ularning tanasi yung yoki pat bilan qoplanmagan, ko’zi yumuq
bo’lishi, ota-onalari ular haqida g’amxo’rlik qilishlari, isitishi, ovqatlantirishi,
dushmanlardan qo’riqlashi,
ovqat izlab topish, yurish, uchish, tirmashib chiqish va
sakrashga o’rgatishlari haqidagi tushunchalarini aniqlash va kengaytirish.
Baliqlar baliqchalari haqida g’amxo’rlik qilmaydilar. Baliqlarning baliqchalari
mustaqil ravishda o’zlari uchun ozuqa izlaydilar, dushmanlardan yashirinadilar.
Kuz
faslida kunlar soviy boshlashi bilan hasharotlar yashirinadi, ayrim qushlar
issiq o’lkalarga uchib ketadi, hayvonlar qishga tayyorgarlik ko’radilar:
barcha
hayvonlar tullaydi, oziqa to’playdi (olmaxon), ovqat yeb semirib ketadilar va uyqu
uchun joy izlaydilar (tipratikan, ayiq) haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Bolada bahor haqidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirish: Kunlar issiy
boshlaydi, quyosh ravshanroq yoritadi, jonivorlar uyqudan uyg’onadi (hasharotlar,
hayvonlar), uchib ketgan qushlar qaytib kelishi haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Yoz fasli
haqida umumlashgan tasavvurni shakllantirish: osmon tiniq, havo
issiq, bo’ladi. Hasharotlar ko’payadi. Hayvonlar faollashadilar, o’simliklar gullaydi,
yetiladi, hosil beradi.
Bolani oldin o’rgangan hashoratlari(kapalak, chimoli, ninachi) haqidagi
tushunchalarini mustahkamlab, beshiktebratar, ipakqurti, xonqizi, asalari bilan
tanishtirish. Ularning tashqi ko’rinishi, xatti-harakati (nima bilan oziqlanadi,
qaerda
yashashi, insonlarga, xo’jalikka keltiradigan foydasi) bilan tanishtirish.
Tabiat burchagidagi qushlar (to’tiqush, kanareyka, bedana v.b.) haqida, ularning
yashash sharoiti, oziqlanishi, ko’payishi to’g’risidagi tasavvurlarini aniqlash va
kengaytirish.
Qushlarning
uchishga
moslashganligi
haqidagi
tasavvurlarini
kengaytirish (qanotlari, dumi, yengil patlari uchish imkonini beradi).
Bola e’tiborini akvariumdagi baliqlarning tana tuzilishi va harakatlariga
qaratish, ulardagi hayotga moslashish belgilari bilan tanishtirish. Baliqlarning suzgich
qanotlari bor, tanasidagi tangachalar tartib bilan zich joylashgan, shakli, hajmi,
ko’zlari va og’zining
tuzilishini ajrata bilishga, suv jonivorlarni ularning xatti-
harakatlari, o’ziga xos xususiyatlari (yashash joyi, harakat usuli, oziqlanishi) bilan
tanishtirish.
Bolada hayvonlar va qushlarni parvarishlash, mustaqil ravishda har kuni