Abu A li ibn Sino.
Tarbiya haqida. Tib qonunlari. 1-jild. — Т.: Meros, 1992. —
B.75.
2
Крапивенский С.Э.
Социальная философия — Москва, 1998. С. 285-286.
104
gan m avqeiga muvofiq keladi. Shaxsning jam iyatga ta ’siri, uning
hayotga munosabatdagi faolligi darajasiga bogMiq. Shaxslarning
muayyan tarixiy davrdagi faoliyatlari’ jam iyatda tutgan o ‘rinlariga
ko‘ra: a) oddiy; b) talantli; v) buyuk; g) geniy turlarini k o ‘rsatish
mumkin. Oddiy shaxsning jam iyatga ta’siri asosan tor doirada —
mikromuhitda bevosita seziladi. Buyuk shaxslar, tarixiy zotlar, da-
holar o ‘z faoliyati bilan jam iyatga ijobiy yoki salbiy ta ’sir etishi,
uning hayotida chuqur iz qoldirishi mumkin.
Geniylik shaxs qobiliyati v a faoliyatining betakrorligida nam o
yon boMadi. Geniy ijodi va faoliyati o ‘ziga xosligi bilan, insoniyat
jam iyati taraqqiyoti uchun alohida tarixiy ahamiyati bilan xarakter-
lanadi.
Ijtimoiy fikr sohasida buyuk shaxs tushunchasi qoMlanadi.
Shaxsning buyukligi o‘zi m ansub boMgan ijtimoiy guruh, elat yoki
xalqning fikr-o‘yini ifodalab, ulam ing asosiy maqsad-muddaolarini
tarixiy jarayonlam ing obyektiv m antiqiy talablariga m os amalga
oshirishda hal qiluvchi ishlam i bajara olishidadir. Bunday shaxs
ning faoliyatida o ‘z x a lq in i baxtli-saodatli qilish, o.‘zligini го‘уоЫ
ga chiqarish, m illiy va davlat mustaqilligini himoya qilish, xullas
insoniyat yalpi ilgarilam a harakatiga k o ‘m ak berishda belgilovchi
o ‘rin egallaydi. Bunday holatda shaxs tarixning subyekti darajasiga
ko‘tariladi.
Jam iyat uzluksiz harakatda, o ‘zgarishda boMgani singari, shaxs
ham doimo harakatda, o ‘zgarishda boMadi va bu holat shaxsnnig
takomillashuvidan iborat dinam ik tizimni ifodalaydi. F aylasuf olim
A nvar Choriev shaxsning shakllanishi va takomillashuvi uch asosiy
bosqichni:
— vujudga kelish, shakllanish;
— ulg‘ayib borish;
— takomillashishni o ‘z ichiga qarmab oladi, deb hisoblaydi.1
Jamiyat va shaxs orasidagi aloqadorlikka ijtimoiy-tarixiy nuqtai
nazardan yondoshm oq lozim. Bu narsa, bir tom ondan, shaxsning
jam iyatga ta ’siri turli davrlarda o ‘ziga xos nam oyon boMishini kel-
1 Anvar Choriyev. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. - Т., 2002. -B.105.
105
tirib chiqaradi. Ikkinchidan, jam iyat turli davrlarda shaxs oldiga
turli vazifalam i qo‘yadi. Shunga k o ‘ra, Sharq m adaniyatida dono-
lik, botirlik, kam tarlik odillik qadrlangan; qadim iy Yunonistonda
aqliy barkam ollikka yerishish yuksak baholangan; sanoatlashgan
jam iyatda tadbirkorlik, tashabbuskorlik qadrlangan.
Jam iyat va shaxslar orasidagi o‘zaro aloqa va m unosabatlar
tahlili shundan dalolat beradiki, jam iyatning sivilizatsiyali taraqqi
yoti shaxs rolining tobora o ‘sib boruviga olib keladi. B u hoi shaxs
erkinligi bilan m as’uliyatini dolzarb masalaga aylantiradi. Shu mu
nosabat bilan erkinlikning o ‘zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs?
kabi savollarga jav o b topish lozim bo‘ladi. A w alo , erkin shaxs
deganda m ustaqil shaxs nazarda tutiladi. M ustaqil shaxs mustaqil
fikrlash, ishlash, yashash malakasiga ega boMgan individ.1
Shaxs m ustaqilligini ta’minlovchi eng muhim kafolatlaridan
biri — insondagi erkinlik va m as’uliyat tuyg‘ularining u y g ‘unlash-
ganidir. Erkinlik m uam m osiga faylasuflar o ‘z munosabatlarini
bildirganlar. R us faylasufi N .Berdyaevning fikricha, erkinlik tu
fayli inson tanlash, saralash im koniyatiga ega boMadi. Lekin faqat
tanlashning o'zigina erkinlikni ta ’m inlab bera olm aydi. Xaqiqiy
erkinlik ijodkorlikni taqozo etadi. Inson erkinligini ijodkorlikdan,
bunyodkorlikdan ajratish m um kin emas.
D eterm inistik konsepsiya tarafdorlari erkinlik insonning obyek
tiv zaruriyatni anglab olish qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik
tanlash uchun im koniyat mavjud boMgan joyda vujudga keladi.
E rkinlik insonning o ‘z maqsadlariga erishishining muhim omili,
uning uchun berilgan imkoniyatdir.
M ustaqil shaxsga xos asosiy xususiyat erkinlikdir. Erkinlik
tushunchasining m a’nosi kishining o ‘z istagi bo‘yicha ish tutishidir.
Erkinlik jam iyat hayotining turli sohalari bilan bevosita bogMiq.
Shunga ko‘ra erkinlik deganda: a) iqtisodiy; b) siyosiy; v) m a’naviy
erkinlik nazarda tutiladi. Iqtisodiy erkinlik, bu a w a lo m ajbur qi-
lishdan ozodlikdir. Ayni vaqtda iqtisodiy erkinlik inson tomonidan
ijtimoiy m ehnat turini tanlab olishda, m ulkka m unosabatda va qa-
1 Anvar Choriyev. Inson falsafasi. II. Mustaqil shaxs. - Т., 2002. —B.43.
106
yerda faoliyat ko‘rsatishni tanlab olishda nam oyon boMadi. Bunda
shaxs ham o ‘z intilishlari, ham real jam iyatning real imkoniyatla-
ridan kelib chiqadi.
Siyosiy erkinlik hayot kechirish uchun zarur huquq va erkin-
liklam ing mavjudligi bilan tavsiflanadi. Taraqqiy etgan jam iyatda
davlat insonning haq-huquqlarini kafolatlaydi. Saylash — saylanish
huquqi, adolatli davlat tizim i, xalqning davlat aham iyatiga m olik
m asalalam i hal qilishdagi hal qiluvchi ishtiroki, y a ’ni demokratik
huquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik tushunchasida
ifodalanadi.
M a’naviy erkinlik deganda, a w a lo , vijdon erkinligi, jam i
yat m a’naviy hayotida ishtirok etish, m a’naviy boyliklardan bah-
ram and boMish, ijodning u yoki bu turi bilan shug‘ullanish, s o 'z
erkinligi kabilar nazarda tutiladi.
Erkinlik m as’uliyat, javobgarlik bilan bevosita boglik. Erkinlik
va m as’uliyat inson faoliyatinnig o 'zaro uzviy bogMiq ikki tom onini
tashkil etadi. M as’uliyat a w a lo , javobgarlik m a’nosini ifodalaydi.
M as’uliyat — ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalam ing bajarili-
shi, m uayyan axloqiy tam oyillarga rioya qilish b o'yicha shaxsning
jam iyat a ’zolari oldidagi javobgarligi. Erkinlik kabi m as’uliyat
ham xilm a-xil ko'rinishlarda nam oyon boMishi mumkin. Siyosiy,
huquqiy, axloqiy m as’uliyat, shaxs m as’uliyati, jam o a m as’uliyati
v ah .k . shular jumlasidandir.
M as’uliyat jam iyat, ijtim oiy guruh tom onidan shaxsga qo 'y i-
ladigan talablar asosida shakllanadi. B u talablam ing shaxs tomo
nidan o'zlashtirilishi uning xatti-harakatlari, faoliyatida nam oyon
bo'ladi. Shaxsning shakllanishida m as’uliyat hissini tarbiyalash
muhim o 'rin tutadi. M as’uliyat shaxsning jam iyat m anfaatlarini qay
darajada chuqur anglay olishini nazarda tutadi. Erkin shaxs aw alo.
jam iyat manfaatlarini anglagan, jam iyat oldidagi o 'z m as’uliyatini
chuqur his eta oladigan inson. Jam iyat hayoti va taraqqiyoti inson
faoliyatining mahsuli va ko'rinishi ekan, inson qanchalik m as’uli-
yatni chukur his eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat k o 'rsata oladi.
Demokratik jam iyatning shakllanishi va taraqqiyotni am alga
oshirish jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda odam lar o'rtasida
107
am al qiladigan axloqiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy va maf-
kuraviy m unosabatlam i yaxshilash va m ustahkam lash uchun xal-
qim iz m a’naviyatini takom illashtirishga alohida e’tibor qaratilmoq-
da. Shaxs va jam iyat m unosabatlarining axloqiy, huquqiy jihatlarini
mustahkamlash inson shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jam iyati-
ning asoslarini yaratishga bog‘liqdir.
B u borada shaxs m a’naviyatini tinm ay boyitish, uni jam iyat-
im iz m oddiy-m a’rifiy ishlarida faol ishtirokini ta ’m inlash muhim-
dir. “Barcham iz yaxshi bilamizki, — degan edi Respublikam izning
birinchi Prezidenti I.Karimov, — fuqarolik jam iyati asoslarini barpo
etishning eng muhim tarkibiy qism i m a’naviyat va m a’rifat sohasi-
da shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib bo-
rishdan iborat” 1.
Darhaqiqat, shaxs kamolotining muhim om illaridan bo‘lgan
m a’naviy madaniyatini rivojlantirish o‘z mazmun m ohiyati bilan
insonning shaxs sifatida shakllanishiga, shaxs va jam iyat muno-
sabatlarini yaxshilashga xizm at qiladi ham da yangi fuqarolik jam i
yatini shakllantirishda muhim o ‘rin egallaydL
Shaxs va jam iyat munosabatlari asosida o 'zaro ham korlik, turli
xalq va m illatlar o'rtasida hurm at va d o ‘stlik iplarini mustahkam
lash, til va hozirgi zam on fani yutuqlarisiz (K om pyuter texnologi-
yasi, internet orqali aloqalar o ‘m atish v a boshqalar) ta sa w u r qi
lish qiyin. Zero, hozirgi zam on fani turli texnologik vositalar orqali
ilm -fan sohasida, dunyo xalqlarining turm ush tarzi v a hayoti haqida
taraqqiyotning ijtimoiy va iqtisodiy, m a’naviy va siyosiy jarayon-
lari, xalqaro ahvollar xususida tez va oson axborot olish imkoniya-
tiga dunyo xalqlari qatori o ‘zbek xalqi ham muvaffaq boMmoqda.
Shaxs va jam iyat munosabatlarining yuqorida qayd qilingan jihat
lari, faqat o ‘zaro munosabatlari bilan chegaralanm asdan, jam iyat
taraqqiyotini ta ’minlashga va jam iyatni boshqarishda subyektning
(shaxsning) rolini oshirishga ham o ‘z hissasini qo'shadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |