Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari.
Inson hamisha nimalar haqidadir o‘ylaydi. O‘ysiz
holat ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech narsa haqida o‘ylamaslikni
o‘ylash holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi a’zolari orqali bilish, dalillarni aniqlashdan
mantiqiy tafakkur sari olib boradi.
Tafakkur – bu insonning narsalar muhim xossalari va
munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir
. Ijodiy tafakkurlash amaliyot, fan,
texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash muammolar qo‘yish va ularni echishga
qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik –fikrlayotgan odamning muhim belgisi. Sezgidan fikrga
o‘tish zamirida bilish ob’ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va umumiyga
bo‘linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat emas:
sezgi
idroki naqadar go‘zal bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning
mohiyatini yoritmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |