Empirik bilim va uning shakllari
. Empirik bilim mavjud narsaning
bevosita emas, balki
bilvosita in’ikosi
. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga
axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi.
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan
foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi.
Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |