4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
60
almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining harakati va
hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr
etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri)
yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz
berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular
narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining
o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |