Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi.
«
Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni
anglatadi
. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik
va falsafaning rivojlanishiga muvofiq
necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon falsafasida
materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy
kategoriya sifatida ilk bor
Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi
va
shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan
sifatlardan mahrum
substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday
geometrik shakl ko‘rinishini kasb
etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |