Statistik talonni to’ldirish qoidalari
Stat. talon kasallikka to’ldiriladi, bemorga emas;
Asosiy kasallikni asorati alohida kasallik xisoblanmaydi;
Har bitta yangi aniqlangan o’tkir kasallikka stat.talon to’ldiriladi «+» ishora
bilan;
Misol:
Agarda ma’lum bir shaxsda yil davomida 3 marotaba O’RK (o’tkir
respirator kasallik) aniqlangan bo’lsa bunga 3 ta stat.talon to’ldiriladi «+» ishora
bilan.
Surunkali kasallikka bir yilda bir marotaba stat.talon to’ldiriladi :
- agarda surunkali kasallik hayotida bir marotaba aniqlangan bo’lsa stat.
talon «+» ishora bilan to’ldiriladi.
- qolgan yillari esa surunkali kasallik bo’yicha vrachga murojaat qilganda
stat. talon «-» ishora bilan yilda bir marta to’ldiriladi.
-takror murojaatlarda shu surunkali kasallik bo’yicha yil davomida stat.
talon TO’LDIRILMAYDI.
Do'stlaringiz bilan baham: |