Taqrizchilar:
SH.D. Karimbaev –
TTA , Jamoat salomatligi kafedrasi dotsenti, t.f.n.
B.B. Inakova –
ADTI
,
o’quv- uslubiy bo’limi mudiri, dotsent, t.f.n.
O’quv qo’llanma ADTI Markaziy uslubiy xay’atida muxokama qilindi va institut
kengashiga tavsiya qilindi
« » _______________ 2017 yil Bayonnoma №______
O’quv qo’llanma ADTI kengashida tasdiqlandi
« » _______________ 2017 yil Bayonnoma №_______
Kengash kotibasi, dotsent X.A.Xusanova
KIRISH
Mamlakatimizda Sog’likni saqlash tizimida isloxatlarni amalga oshirish
davom etayotgan va jamiyatda yangi davr, bozor munosabatlarining
shakllanayotgan bir davrda, tizimda mavjud davolash-profilaktika muassasalar
faoliyatini o’rganish va taxlil qilish xamada tizimning barcha yo’nalishlardagi
faoliyatlarini to’g’ri va samarali rejalashtirishda tibbiyot statistikasining to’tgan
o’rni muxim axamiyat kasb etadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab,
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov jamiyatda sog’lom avlodni shakllantirish
g’oyasini ilgari surib, keyingi qator yillar ana shu g’oya atrofida, hukumatimiz
tomonidan o’nlab maxsus davlat dasturlari ishlab chiqildi. Aholi salomatligini
oldindan ilmiy baholash, kadrlar tayyorlash milliy dasto’rini tibbiyot soxasida
hayotga tadbiq qilish, zarur shifokorlar va boshqa tibbiy xodimlarni to’g’ri
rejalashtirish, aholi orasida kasallanish, nogironlik va o’limni kamaytirish borasida
samarali istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishda amaliy tibbiy xodimlarning tibbiy
sanitariya statistikasidan yetarli darajada bilim, malaka va ko’nikmalarga ega
emasliklari keyingi paytlarda yaqqol kuzga tashlanib qolmoqda.
Mazkur qo’llanmani yaratishdan asosiy maqsad, sog’liqni saqlash tizimida,
joylarda faoliyat ko’rsatayotgan shifokorlarni o’zlari ishlayotgan davolash-
profilaktik muassasasining faoliyatini taxlil qilish va zarur ko’rsatkichlarni
hisoblashga, shu bilan birga, aholi salomatligini baholovchi asosiy namuna
ko’rsatkichlarni hisoblashni va barcha mavjud hisob va hisobot hujjatlarini to’g’ri
rasmiylashtirishni o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, tizimda yangi tashkil etilgan
qishloq vrachlik punktlari, turli xil yo’nalishdagi markazlarning, oila poliklinikasi,
shuningdek xususiy tibbiy muassasalarning son va sifat ko’rsatkichlarini, qolaversa
aholini dispanserizatsiya qilishning samara ko’rsatkichlarini to’g’ri hisoblash
alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur qo’llanmada X Xalqaro kasalliklar tasnifi asosida ishlab chiqilgan
tizimda faoliyat ko’rsatayotgan barcha turdagi davolash-profilaktika muassasalari,
har xil turdagi kasalliklar, aholining murojatlari va boshqa faoliyatlar bo’yicha
amaldagi shakllarni to’g’ri to’lg’azish va shu muassasalar uchun zarur
ko’rsatkichlarni hisoblash usullari misollar asosida taqdim etiladi.
Aholi
salomatligini baholovchi barcha turdagi ko’rsatkichlarni to’g’ri baholamasdan,
kasallanish va demografik ko’rsatkichlarni shuningdek davolash-profilaktika
muassasalarining faoliyatini ilmiy yoki talab darajasida tahlil qilmasdan turib,
aholi orasida kasallanish, nogironlik va o’lim sabablarini kamaytirish yoki bartaraf
qilishga yo’naltirilgan tadbirlarni to’g’ri rejalashtirib bo’lmaydi. SHu boisdan
mazkur qo’llanmani yaratishda, biz joylarda tashkiliy-uslubiy bo’limlarda
ishlayotgan mas’ul xodimlar, nafaqat hisobotlarni mutloq sonlar bilan
to’lg’azishni, balki jarayonni baholovchi intensiv, ekstensiv, aloqadorlik, yaqqollik
ko’rsatkichlarini,
shuningdek
o’rtacha
miqdorlarni
va
korrelyatsiya
koeffitsentlarini, dinamik qator ko’rsatkichlarini to’g’ri hisoblashni, oylik, yillik
hisobotlarni o’z vaqtida topshirishni o’rgatishni nazarda tutdik.
O’ylaymizki, ushbu qo’llanma Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan
barcha turdagi davolash-profilaktika muassasalarining tashkiliy-uslubiy xona va
bo’limlarda ishlayotgan xodimlar uchun dasturi amal bo’lib xizmat kiladi. Mazkur
xodimlarga, ular aholi salomatligini to’g’ri baholashda kasallanish, nogironlik va
o’lim ko’rsatkichlarini o’z vaqtida va to’g’ri hisoblab chiqishda, statistikaning
qulay hamda soddalashtirilgan usullarini o’zlashtirib olishda samarali xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |