346
inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik tashkiloti xulosasi bilan
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
O‘z vaqtidalik
zarur moliyaviy hisobotlarni
tegishli joylarga
belgilangan muddatlarda taqdim etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar (budjet tashkilotlaridan tashqari), barcha
tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida
moliyaviy hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil
yakunlanganidan so‘ng 90
kun davomida, agar boshqacha muddat
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim
etilishi lozim. U mulkdorlarning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan
tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy
hisobotning
oddiyligi
uning qisqa va tushunarliligidan
iborat. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu
talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning
tekshirishga qulayligi
unda taqdim etilgan
axborotning istalgan vaqtda tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu
shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning betarafligini bildiradi.
Taqqoslanuvchanlik
kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash
maqsadida har xil vaqt oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjudligini nazarda
tutadi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining taqqoslanuvchanligini ta’minlash
maqsadida hisob siyosatiga o‘zgartirishlar moliyaviy yilning boshida
kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa,
hisobot davridan oldingi
davr uchun ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kerak. Bunda O‘zbekiston
Respublikasida buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish
tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar
qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan
iborat.
Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy
hisobotga tushuntirish
xatida tuzatishlar sababi ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi,
ya’ni u korxonaning o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi, uning
filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil
balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini ham o‘z
ichiga olishi lozim.
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini
aniqlash uchun zarur. Lekin undan foydalanishda axborotlarning foydalilik
chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin emas. Bu esa noto‘g‘ri
347
xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida
ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab
chiqarish tuzulmasini
o‘zgartirish(diversifikatsiyalash) to‘g‘risida qaror qabul qilgan va shu
munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan
moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati
yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda ko‘rish mumkin.
Ushbu yondashuvlarni amalga oshirish
uchun moliyaviy hisobotda
keltirilgan o‘tgan davrdagi va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha
axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: