2. Xalq bank tuzulmasini sxemasi



Download 40,33 Kb.
Sana14.09.2022
Hajmi40,33 Kb.
#848885
Bog'liq
Elyor Komilov Hisobot


Reja ;

  1. Kirish…………………………………………………………………………………..2

  2. Asosiy qism…………………………………………………………………………

1. Xalq bank tarixi.……………………………………………………
2. Xalq bank tuzulmasini sxemasi.……………………………………………………
3. Xalq bankni moliyaviy xisoboti .……………………………………………………
4. Xalq bank tariflari va mizojlarga qo’yilgan vazifalar,shartnomalar…………………….



  1. Xulosa………………………………………………………………………..…………

  2. Foydalinilgan adabiyotlar……………………………………………………………….

  3. Ilova. ……………………………………………………………………………………



Kirish
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.
Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.
Bugungi kunda, Xalq banki O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
• 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari,
• 106 ta „Bank xizmatlar markazi“,
• 3 000 dan ortiq kassalar;
• 355 ta 24/7/365 — rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ faoliyat yuritmoqda.
Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 1 289 ta bankomatlar faoliyat yuritmoqda.
Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi:
• eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko‘lami va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo‘ylab foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo‘lish;
• xodimlar faoliyati uyg‘unligini taʼminlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo‘lish.
2020 yilda "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" — „Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega bo‘ldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari:  yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati;  xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish;  ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi o‘zgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali o‘z biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qo‘llab-quvvatlash, filiallar tarmog‘ining o‘zaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.
Shuningdek, milliy shkala bo‘yicha "Ahbor-Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" — „Barqaror“, "Standart And Sensetive Ratings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" — „Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.
"Xalq Sug‘urta" — ijtimoiy vazifalarning hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi ishonchli va barqaror tashkilotdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini sug‘urta qilishni taʼminlash, mikrosug‘urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg‘a surish uchun „Xalq Sug‘urta“ sug‘urta kompaniyasini tuzdik.
"UzPaynet" kompaniyasi O‘zbekistonda 2005-yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu davr mobaynida biz mamlakatda 400 dan ortiq xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlarning xizmati uchun, shu jumladan, kommunal tashkilotlar xizmatiga ham 20 000 dan ortiq to‘lov shoxobchalarining har birida to‘lovni amalga oshirish mumkin. Kompaniya erishilgan natijalar bo‘yicha to‘xtab qolmay, taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar ko‘lamini kengaytirish uchun doimiy harakat qilib kelmoqda.
Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.
Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib, shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Korporativ mobil banking — „Korporativ Mobile banking“ interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishi mumkin.

Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni, korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi.


Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.
Plastik kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar.
Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud.
Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „Western Union“, „MoneyGram“, „Zolotoya Korona“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va horijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan. Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Jumladan:


1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;
6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit
shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.
Yuridik manzil Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko`chasi, 46-uy
Pochta manzili 100096
Telefon +99871 210-20-02
Ishonch nomeri: 1106
Elektron pochta info@xb.uz
Faks +99878 120-17-03
Kanselyariya +99878 120-17-82

Atabayev Shuhrat Xaldarovich


Boshqaruv Raisi
Azimov Zafar Abdumajidovich
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari
Raxmonov Tohirjon Ziyatovich

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari


Ruziyev Farrux Aralovich
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari
Kutliyev Dilshod Orifovich
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari
Rashidova Gulzoda Ataxanovna
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari
Shernazarov Kiyomiddin Boynazarovich
Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori-bosh buxgalter vazifasini bajaruvchisi
Tashmatov Nuritdin Zubaydullaevich
Departament direktori
Халқ банкининг 2022 йил учун Бизнес-режаси
№ Номланиши 01.11.2021 факт 01.01.2022 прогноз 01.01.2023 режа Фарқи (+/-) %
АКТИВЛАР
1 Кассадаги нақд пуллар ва бошқа тўлов ҳужжатлари 1 180 112 1 206 561 1 379 396 172 835 114%
2 Марказий банкдаги маблағлар 279 781 238 308 235 942 - 2 367 99%
3 Бошқа банклардаги маблағлар 2 164 003 2 125 911 2 309 689 183 778 109%
4 Олди-сотди ҳисоб китоблар (қимматли қоғозлар) 2 538 830 2 974 771 4 108 826 1 134 056 138%
5 Инвестицилар 134 105 134 105 59 665 - 74 440 44%
6 Кредит ва лизинг операциялари (брутто) 20 784 959 21 182 655 23 870 243 2 687 588 113%
бунда:
Қисқа муддатли кредитлар 2 503 836 2 484 998 2 568 486 83 488 103%
Узоқ муддатли кредитлар 18 281 123 18 697 656 21 301 757 2 604 100 114%
7 Кредит қўйилмаларига яритилган захиралар 1 030 810 3 119 854 3 907 465 787 611 125%
9 Кредит ва лизинг операциялар (нетто) 19 754 149 18 062 801 19 962 778 1 899 977 111%
9 Асосий воситалар 893 879 914 659 1 364 758 450 098 149%
10 Ҳисоблаб ундирилмаган даромадлар 1 340 000 1 235 801 760 693 - 475 108 62%
шундан:
16 300 1 301 710 1 199 656 735 041 - 464 615 61%
16 400 38 290 36 146 25 652 - 10 493 71%
11 Бошқа активлар 350 833 380 997 268 639 - 112 358 71%
12 Жами активлар 28 635 691 27 273 914 30 450 386 3 176 472 112%
МАЖБУРИЯТЛАР
13 Депозитлар 11 569 599 11 686 786 14 463 637 2 776 851 124%
шундан:
а Талаб қилиб олингунча 1 640 194 1 718 495 2 244 732 526 237 131%
жисмоний шахслар 957 446 1 022 456 1 440 404 417 947 141%
юридик шахслар 682 748 696 039 804 328 108 290 116%
б Жамғарма омонатлар 491 254 496 165 587 203 91 037 118%
жисмоний шахслар 490 266 495 168 586 142 90 974 118%
юридик шахслар 988 998 1 061 63 106%
в Муддатли омонатлар 4 365 382 4 409 498 6 036 570 1 627 072 137%
жисмоний шахслар 706 861 713 929 840 482 126 553 118%
юридик шахслар 3 658 521 3 695 569 5 196 089 1 500 519 141%
г ЖБПТТ маблағлари 5 072 769 5 062 628 5 595 132 532 504 111%
14 Бошқа банкдаги депозитлар 1 638 146 1 703 945 1 503 549 - 200 397 88%
15 Субординар карз 248 477 248 477 248 477 - 100%
13 Тўланадиган қисқа ва узоқ муддатли кредитлар 9 012 285 6 304 372 6 219 373 - 84 999 99%
17 Тўланадиган фоизлар 662 735 714 733 980 985 266 252 137%
18 Бошқа мажбуриятлар 294 426 415 279 499 133 83 854 120%
19 Жами мажбуриятлар 23 425 668 21 073 593 23 915 154 2 841 561 113%
КАПИТАЛ
20 Устав капитали 4 511 773 7 567 773 7 567 773 3 056 000 100%
21 Бошқа ўз маблағлари 637 983 637 548 - 1 369 887 - 2 007 435
22 Соф фойда (зарар) 60 267 - 2 005 000 337 346 2 342 346
23 Жами капитал 5 210 023 6 200 321 6 535 232 334 911 105%
24 Жами мажбуриятлар ва устав капитали 28 635 691 27 273 914 30 450 386 3 176 472 112%
Халқ банкининг 2022 йил учун Молиявий-режаси
№ Номланиши 01.11.2021
(факт) 01.01.2022
(прогноз) 01.01.2023
(режа) Фарқи (+/-) %
ЖАМИ ДАРОМАД 5 045 860 6 223 897 7 260 211 1 036 314 117%
1 Фоизли даромадлар 3 999 005 4 809 659 5 441 529 631 870 113%
1.1. МБ ва бошқа банклардаги ҳ.р. бўйича 211 944 261 828 303 300 41 473 116%
1.2. Кредитлар бўйича 2 441 386 2 909 900 3 250 335 340 434 112%
1.3. Олди-сотди қимматли қоғозлар 69 770 73 380 22 187 - 51 192 30%
1.4. Бошқа фоизли даромадлар 1 275 905 1 564 551 1 865 706 301 155 119%
2 Фоизсиз даромадлар 1 046 855 1 414 238 1 818 682 404 445 129%
2.1. Комиссион даромадлар 665 813 810 370 975 605 165 235 120%
2.2. Хорижий валюталардаги фойда 56 058 66 024 65 349 - 675 99%
2.3. Олинган дивидендлар 4 944 69 947 108 565 38 617 155%
2.4. Тижорат опер.ядан олинган фойда 109 276 156 608 283 992 127 384 181%
2.5. Бошқа фоизсиз даромадлар 210 763 311 288 385 172 73 884 124%
ЖАМИ ХАРАЖАТЛАР 4 985 593 8 228 897 6 922 865 - 1 306 032 84%
3 Фоизли харажатлар 2 966 892 3 741 474 3 931 238 189 764 105%
3.1. Депозитлар бўйича фоизли харажатлар 542 172 651 415 739 350 87 935 113%
а) Талаб қилиб олингунча депозитлар 16 140 22 805 35 161 12 355 154%
Жисмоний шахслар бўйича 16 140 22 805 35 161 12 355 154%
Юридик шахслар бўйича - - - - -
б) Жамарма депозитлар бўйича 113 859 122 740 130 209 7 469 106%
Жисмоний шахслар бўйича 113 859 122 740 130 209 7 469 106%
Юридик шахслар бўйича - - - - -
в) Муддатли депозитлар бўйича 412 173 505 869 573 980 68 111 113%
Жисмоний шахслар бўйича 57 585 73 882 78 522 4 640 106%
Юридик шахслар бўйича 354 588 431 987 495 458 63 471 115%
3.2. Бошқа банкларнинг ҳ.р. бўйича 114 222 124 282 45 180 - 79 102 36%
3.3. Кредитлар бўйича 536 649 668 262 615 311 - 52 951 92%
3.4. Субординар карз 6 209 7 475 7 500 25 100%
3.5. РЕПО битимлари бўйича 1 629 1 629 1 710 80 105%
3.6. Бошқа фоизли харажатлар 1 766 012 2 288 411 2 522 187 233 776 110%
4 Фоизсиз харажатлар 261 588 296 436 229 008 - 67 428 77%
4.1. Комиссион харажатлар 88 820 108 540 129 308 20 769 119%
4.2. Хорижий валюталарда кўрилган зарарлар 16 743 18 850 14 315 - 4 535 76%
4.3. Бошқа фоизсиз харажатлар 156 025 169 046 85 385 - 83 661 51%
5 Операцион харажатлар 1 011 682 1 285 063 1 708 914 423 852 133%
5.1. Иш ҳақи харажатлари 673 454 878 574 1 155 472 276 898 132%
5.2. Ижара ва таъминот харажатлари 115 229 143 234 183 638 40 404 128%
қўриқлаш харажатлари 81 922 81 922 146 689 64 767 179%
5.3. Хизмат сафари ва транспорт хар.лари 15 659 21 009 28 117 7 108 134%
5.4. Маъмурий харажатлар 48 286 55 766 53 753 - 2 013 96%
5.5. Репрезентация ва хайрия 18 477 18 477 17 682 - 795 96%
5.6. Эскириш харажатлари 92 650 111 970 217 116 105 145 194%
5.7. Суғурта, солиқ ва бошқа харажатлар 47 929 56 032 53 137 - 2 896 95%
6 Яратилган захира 676 184 2 836 677 1 000 000 - 1 836 677 35%
6 Захира (кредит бўйича) 671 897 2 832 423 1 000 000 - 1 832 423 35%
6 Захира 4 288 4 254 - - 4 254 0%
7 Солиқ 69 247 69 247 53 704 - 15 543 78%
СОФ ФОЙДА (ЗАРАР) 60 267 - 2 005 000 337 346 2 342 346
2012- yildan boshlab Xalq banki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarga ega bo‘lib kelmoqda.
2019- yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning 9standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.
2021 - yilning avgust oyida Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga ega boʻldi.
2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi tomonidan milliy shkala bo‘yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan milliy shkala bo‘yicha kreditga layoqatlilik ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.
Bank kapitali
Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o‘sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari
2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so‘m bo‘lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o‘sgan.
Bank kredit qo‘yilmalari
2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 019 047,4 mln. so‘m bo‘lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil.
Bank strukturasi
o Xalq banki filiallari – 196 ta;
o Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 307 ta;
o 24/7 shoxobchalari – 423 ta;
o Bank xizmatlari markazlari – 106 ta;
o Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta;
o Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 297 ta;
o Bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 817 ta;
o Ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.
Korporativ etika kodeksi
Mazkur Korporativ etika kodeksining maqsadi Bank, uning mintaqaviy bo’linmalari va muassasalarining foyda ko’rish darajasini, moliyaviy barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan Xalq bankining faoliyat standartlarini belgilash hisoblanadi.
Kodeks xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ish muomalasi odatlari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks rahbarlar va xodimlar o’zaro muomalasining asosiy qoidalari, Bank xodimlarining o’zini tutishi, ularga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga oladi.
Mazkur Qoidalar Bankning muvaffaqiyatli biznes yuritishga imkon beruvchi etika, qonuniylik tamoyillariga sodiqligini tasdiqlovchi Korporativ standartlarning majmuidir.
Kasbiy mahorat
Bank mijozlarga va hamkorlarga xodimlarning malakali bo’lishini kafolatlaydi. Bank xodimlar kasbiy mahoratning eng yuqori bosqichiga intilishini qo’llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
Innovatsion yondashuv
Bank yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratadi, ishida ijodiy yondashuvlarga amal qiladi, ijobiy o’zgarishlarga xayrixoh va doimo ular uchun ochiq bo’ladi.
Guruh ruhi
Guruh – bu umumiy maqsad bo’lib, har bir xodimning ushbu maqsadga erishishga qo’shgan betakror hissasi va kasbiy mahoratidir. Bank xodimni umumiy maqsadga erishishga qo’shgan hissasi uchun qadrlaydi.
Ishonchlilik
Bank faoliyatining zamirida vijdoniylik, halollik, mas’uliyat yotadi.
Xodimlarni rivojlantirish
Xodimlar – Bankning boyligi, uning bozor aktividir. Bank xodimlarning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Sifat
Taqdim etiladigan xizmatlar sifatining kafolati – Bank ishining uslubidir.
Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank Mijozlarga xizmat ko’rsatishning yuksak standartlariga intiladi, har bir Mijozning manfaatlarini himoya qiladi. Bank Mijozlar bilan uzoq muddatli va o’zaro foydali hamkorlikka intiladi. Bank doimo o’z xizmatlarini yangilab boradi, shuningdek, yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqadi va taklif etadi. Mijozlar bilan o’z munosabatlarida Bank ochiqlik va o’zaro ishonch tamoyillariga tayanadi.
Bank xodimlari Mijozlar va ish hamkorlarining operatsiyalari, hisobraqamlari va omonatlari to’g’risidagi axborotlarni, shuningdek, Mijozning, ish hamkorining ish obro’siga, boshqa moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa axborotlarni, agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha ko’zda tutilmagan bo’lsa, sir saqlaydi.
Bank xodimlari Mijozlarga, ish hamkorlariga yashirin imtiyozlar va afzalliklarni yaratib bermaydi.
Ta’sischilar bilan o’zaro munosabatlar: Bank ochiq-oshkor siyosatni amalga oshiradi va korporativ boshqaruv tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Chunonchi, Ta’sischilarning manfaatlariga so’zsiz rioya qiladi, o’z vaqtida axborotni oshkor etadi, hisob va hisobot sifatini yaxshilash asosida axborotning ko’rgazmaliligi va foydalanish osonligini yuksaltiradi.
Xodimlar bilan o’zaro munosabatlar: Bank xodimlari Bankning muvaffaqiyatli faoliyatining asosidir. Bank o’z xodimlarini qadrlaydi, har bir xodimga o’z salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Bank yoshi, irqi, jinsi, e’tiqodi yoki millatidan qat’iy nazar, xodimlarni jalb qiladi va eng yaxshi xodimlarni olg’a surib, ularni erishgan yutuqlari uchun taqdirlaydi. Bank shaxsni va inson qadr-qimmatini hurmat qiladi. Bank xodimlari Bankning ish obro’siga, boshqa nomoddiy yoki moddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning yuzaga kelishga yo’l qo’ymaydi.
Raqobatchilar bilan o’zaro munosabatlar: Raqobatchilar bilan o’zaro munosabatlar odob doirasida barpo etiladi. Bank uchun yagona maqbul raqobat shakli taqdim etiladigan xizmatlarning sifati, ishonchliligi va servis darajasi borasida xolisona bozor afzalliklarini yaratish hisoblanadi.
Davlat organlari bilan o’zaro munosabatlar: Bank moliyaviy-sanoat guruhlari, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan neytralitet tamoyillariga amal qiladi hamda o’z faoliyatini Mijozlar va ta’sischilar manfaatlari bo'yicha amalga oshiradi. Bank xodimlari davlat organlari bilan ishlarini shaxsiy manfaatdorliksiz, ma’muriy qarorlarni qabul qilishga ta’sir o’tkazishning noqonuniy usullaridan foydalanmay yuritishi lozim.
Xalq bankining “Call center”i mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatadi!
2020-yilning 1-may sanasidan boshlab Jizzax shahrida AT Xalq bankining yangi formatdagi "Call center" markazi ish boshladi. Bu yerda bank xodimlari tomonidan telefon orqali mijozlarning murojaatlari qabul qilinib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Aloqa markazi 24/7 rejimda faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlar amalga oshiriladi hamda mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etib boriladi.
"Call Center" orqali Xalq banki tizimiga oid muammolaringizni hal qilish hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda.
Masalan:
• Yoʼqotilgan plastik kartani bloklash yoki blokdan chiqarish;
• Kredit qarzdorliklarini undirishda Call center xodimlari tomonidan masofaviy amaliy yordam ko’rsatish, agentlar tomonidan mijozlarga qarzdorlikni eslatish maqsadida qo’ng’iroqlar amalga oshirishi;
• Mijoz ma’lumotlarini yangilab identifikaciya jarayonidan o’tkazish;
• Nafaqa,pensiya, posobiye uchun onlayn plastik karta rasmiylashtirish;
• Plastik karta balansini va oʼtkazmalar tarixini bilish;
• HUMO plastik kartasi egalariga SMS-xabarnoma xizmatini yoqish;
• Jismoniy shaxslar kreditlari toʼlovi uchun ID raqamlarini bilib berish va mijozning mavjud boʼlgan kreditiga ID raqam biriktirib berish;
• Mobil banking xizmatlari: hisobraqam qoʼshish va olish, blokka qoʼyish va blokdan chiqarish, mobil telefon oʼzgarganda yangi telefonda ilovani aktiv holatga keltirish;
• Internet banking xizmatlari: hisobraqam qoʼshish va olish;
• Yuridik shaxslarga SMS-banking xizmatida kerakli hisobraqamlarni qoʼshish va olish, telefon raqam qoʼshish va olish xizmatlari;
• Yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida maʼlumot berish;
• Mijoz toʼlovlari oʼtgan yoki oʼtmaganligini aniqlashtirish;
• Mijozlar omonatlari boʼyicha maʼlumot berish;
• JBPT (INPS), jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisob raqami holati boʼyicha malumot olish uchun telefon raqam biriktirib berish.
• JBPT (INPS), Yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar, xususan, yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy “Any Desk” yordamida xizmat ko‘rsatish.
• Naqd pulda olinadigan pensiya mablag‘ini bank kartasiga o‘zgartirib berish;
• “Zolotaya korona” xalqaro pul o‘tkazmasi orqali Uzcard va Humo kartalariga kirim qilishda amaliy yordam berish;
• Xalq bankining Uzcard bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
• Ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi uchun bank kartalarini onlayn rasmiylashtirib berish.
71 210 20 02 va 1106 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali respublika bo‘ylab aholidan murojaatlarni qabul qilmoqda. Murojaatlar kuniga 1000 dan 1200 ga qadar bo‘lmoqda.
Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan shu vaqtgacha 389 600 dan ziyodni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy ko‘p beradigan savollari bu: kredit yonalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), pensiya tarqatilishi, bank kartalari, JBPT xizmatlari to‘g‘risida va boshqalar.
Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan:
• Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish
• Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish
• Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish
• Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish
• Ichki nazorat tizimini takomillashtirish
• Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish
• Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish
• Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish
Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal etishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – eng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi.
Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi.
Elektron hukumat
2015-yil 1-iyuldan “Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi” ishtirokchilari uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish, Shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga badallar reyestrini qabul qilish va qayta ishlash, Fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i holati haqida ma’lumot olish imkoniyatlari yaratildi.
Fuqarolarni jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish
Shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'iga badallar reyestrini qabul qilish va qayta ishlash
Fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i holati haqida ma’lumot olish
Davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini oshirish uchun "elektron hukumat"ni tatbiq etish.


Xulosa
Barchamizga ma'lumki, har bir davlatning jahon hamjamiyatida tutgan o'rni va nufuzi bevosita uning iqtisodiy va siyosiy kuchiga bog'liqdir. Mamlakat taraqqiyoti, uning rivojlanishi , butun dunyoda o'z so'zi va o'z qarashlariga ega bo'lishi ham aynan shu davlatning ham iqtisodiy ham ma'naviy kuchiga chambarchas bog'liqdir. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy bo'g'inini esa uning bank va moliya tizimi tashkil etadi. Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. Binobarin, banklarning iqtisodiyotda tutgan roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim operatsiyalarni bajaradi. Shu boisdan ham, banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida va yetakchi ahamiyat kasb etadi.Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda
ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida
o‘ziga jalb etadi;
2. Qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlar
va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar
beradi;
3. Milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash
doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
4. Pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
5. Iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va
to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
6. Bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga
oshiradi;
7. Aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. Banklarning
iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
8. Vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Barchamizga a'yonki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarining asosiy maqsadi albatta , jamiyatdan iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.


Download 40,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish