bitta hisob yozuvining har xil hisob registrlarida ko‘p marta
takrorlanishi;
memorial-order shaklida sintetik hisob ikkita hisob registrida –
Ro‘yxatga olish jurnali va Bosh daftarda yuritiladi;
analitik va sintetik hisob o‘rtasida vaqt bo‘yicha uzilish, ya’ni
muomalalarni analitik schotlar bo‘yicha tarqatib yozish (raznoska) ko‘pincha
balans tuzishdan bir necha oy kechikishi mumkin;
hisob registrlari hisobot shakllarini tuzishda zarur bo‘ladigan
ko‘rsatkichlarni guruhlash uchun unchalik moslashmagan. Shuning uchun
ma’lumotlarni dastlabki hujjatlardan yig‘ib olish va umum-lashtirishga