R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/517
Sana04.02.2022
Hajmi8,08 Mb.
#429678
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   517
Bog'liq
fayl 1513 20210818

2.2. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari
va funksiyalari 
 
Buxgalteriya hisobining asosiy 
maqsadi
axborotdan foydala-
nuvchilarni o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa 
buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining asosiy 
vazifalari
quyidagilardan iborat: 

buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, 
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va 
ishonchli axborotlarni shakllantirish; 

samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumot-
larini umumlashtirish; 

moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilini-
shi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning 
oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki 
xo‘jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur. 
Buxgalteriya hisobining 
birinchi vazifasi
korxona rahbarlari, ta’sis-
chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar 
va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. 
Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foyda-
lanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, 
majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni 
taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan 
foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim. 
Ikkinchi vazifaning
mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi 
tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun 
ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik 
operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va 
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim. 
Uchinchi vazifa
korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning 
samaradorligini oshirishga qaratilgan. 
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya 
qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham 
hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgal-
teriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birin-


32 
chisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va 
istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi. 
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moli-
yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriq-
larini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyatlarini 
bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat qilishni 
tashkil etish zarur. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat-
larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish 
buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bunday ulkan vazifalar 
korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan 
samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqa-
rish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan 
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan ushbu 
vazifalar uning nafaqat xo‘jalik mablag‘lari (aktivlari) va mablag‘lar 
manbalari (passivlar) hamda xo‘jalik jarayonlarini (ta’minot, ishlab 
chiqarish, realizatsiya) ro‘yxatga oluvchi va axborotlarni saqlovchi tizim 
ekanligidan dalolat beradi. Uning asosiy maqsadi – korxona iqti-
sodiyotini boshqaradigan tizimni ishonchli, turli pog‘onalardagi 
boshqaruvchilarni tushunarli hisob-iqtisod axborotlari bilan ta’min-
lashdan iborat. 
Boshqaruv tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini qaror 
toptirish va rivojlantirish butun buxgalteriya hisobi tizimini takomil-
lashtirish, jumladan buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy 
standartlarini joriy qilishi bilan chambarchas bog‘liq. 
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni 
bajaradi (2.3-rasm). 
Tarbiyaviy 
funksiyasi 
Axborot 
funksiyasi 
Uzviy aloqa 
funksiyasi 
Nazorat 
funksiyasi 
Tahlil 
funksiyasi 
Mulkning saqlanishini
ta’minlash 
Buxgalteriya hisobining 
funksiyalari 


33 

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   517




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish