VII bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar Ushbu bo‘limning schotlari korxonaning yuridik va jismoniy
shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Korxonaning chet el valutasidagi majburiyatlari ushbu bo‘limdagi
schotlarda pul hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda
hisobga olinadi. Hisobot oyining oxirgi sanasida kreditorlik qarzlarini
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta baholash
natijasidagi kurs farqlari (kurs farqidan ijobiy bo‘lganda) 9540-«Valuta
kurslari farqidan daromadlar» yoki (kurs farqi salbiy bo‘lganida) 9620-
«Valutalar kursi farqidan zararlar» schotiga olib boriladi.