III qism. Majburiyatlar
VI bo‘lim. Joriy majburiyatlar
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaning yuridik va jismoniy
shaxslar oldidagi joriy majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umum-
lashtirish uchun mo‘ljallangan.
Chet el valutasidagi majburiyatlar ushbu bo‘limdagi schotlarda
pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan,
so‘mda hisobga olinadi. Buxgalteriya balansini tuzish vaqtida kreditorlik
qarzlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha
qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (kurs farqidan ijobiy bo‘lganda)
9540-«Valuta kurslari farqidan daromadlar» yoki (kurs farqi salbiy
bo‘lganida) 9620-«Valutalar kursi farqidan zararlar» schotiga olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |