O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Psixologiya kafedrasi
Qo’lyozma huquqida
UDK: 152.82.38
Xusanova Saidaxon
MAVZU: “KASBIY BILIMLAR ASOSIDA KO‘NIKMALARNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIXATLARI
(KHK MISOLIDA)”
5A 110902-«Psixologiya» ixtisosligi magistrlik darajasini olish uchun
D I S S E R T A T S I Y A
Ilmiy rahbar:
p.f.n dotsent M.Mamajonov
Andijon-2013
2
MAVZU: “KASBIY BILIMLAR ASOSIDA KO‘NIKMALARNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK JIXATLARI
(KHK MISOLIDA)”
KIRISH.
I BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari
1.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish-psixologik muammo sifatida.
1.2. Kasb psixologiyasi muammolari
1.3. Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini.
1.4. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarida maktab, oila, litsey, o‘rta maxsus va oliy ta’lim
muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi.
Birinchi bob bo‘yicha xulosa.
II BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari.
2.1. Kasb ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari
2.2. Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari.
2.3. Kasb tanlashda asosiy mezonlar
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa.
III BOB. Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari.
3.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish usullari (ko‘nikma malaka)
3.2. Dastlabki tajribalar olib borish va natijalarni tahlil qilish.
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa.
Xulosa.
Tavsiya.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar.
3
MUNDARIJA
KIRISH.
3-8
I BOB.
Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari.
9-31
1.1.
Kasbiy bilimlarni shakllantirish-psixologik muammo sifatida
9-13
1.2.
Kasb psixologiyasi muammolari
14-23
1.3.
Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini
24-26
1.4.
Kasb tanlashga yo‘llash ishlarida maktab, oila, litsey, o‘rta maxsus va oliy
ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi
27-30
Birinchi bob bo‘yicha xulosa
31-31
II BOB.
Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik
jihatlari.
32-47
2.1.
Kasb ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari
32-33
2.2.
Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari
34-39
2.3.
Kasb tanlashda asosiy mezonlar.
40-46
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
47-47
III BOB.
Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari.
48-71
3.1.
Kasbiy bilimlarni shakllantirish usullari (ko‘nikma malaka)
48-59
3.2.
Dastlabki tajribalar olib borish va natijalarni tahlil qilish
60-65
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
65-71
Xulosa
72-71
Tavsiya
75-75
Foydalanilgan adabiyotlar
76-78
Ilovalar
79-84
4
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.
Hozirgi kunda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida o’zining munosib
o’rniga ega bo’lgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu
islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning
kuchi, idroki, salohiyati, ruxiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish
va sivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi,
o’z mukammalligi xususida qayg’urish muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga
aylandi.
“Har bir insonda muayyan intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq
yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratilsa, har qaysi inson Ollox taolo ato etgan
noyob qobiliyat iste’dodini, avvalo o‘zi uchun, oilasi, millati, xalqining va davlatining
farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli
taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini xatto tasavvur qilish ham oson emas»
(I.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: “O’zbekiston”, 1999 yil.)
Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish jarayonida
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Binobarin, jamiyat taraqqiyotida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy soha mutahasisslarini
samarali faoliyat ko‘rsatishi, eng avvalo, malakali kadrlar faoliyatiga bog‘liqdir. Shu bois,
amalga oshirilayotgan islohatlar kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy
va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurishni nazarda tutadi.
Shunday ekan ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy
izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan
hisoblanadi.
Bo‘lg‘usi kasbga tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar
qilib shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning zaruriy
talabidir. Shundan kelib chiqib, har bir mutaxassis kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish, har
bir jamoada shart-sharoit yaratish hamda mustaqil o‘z ustida ishlaydigan raqobat bardosh
kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa o‘z navbatida har bir mutaxassis
mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, barcha soha mutaxassislarining kasbiy bilimlarini
oshirishning tashkiliy-pedagogik va ijtimoiy psixologik muammolarini nazariy va amaliy
jihatdan o‘rganish dolzarb masaladir. Shu nuqtai nazardan biz o‘z tadqiqot mavzuimizni
“Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari (KHK
misolida)” muammolarini tadqiq etish masallariga bag‘ishladik.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Shuni aytish kerakki, kasb-hunar ta’limi
tizimidagi mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy bilimlarini oshirish muammolari
bo‘yicha ham do‘stlik mamlakatlarida bir qancha tadqiqot ishlari bajarilgan. Yu.K.Babanskiy,
V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, A.I.Sherbakov, V.G.Onushkin, V.A.Slastenin, Yu.K.Vasilevlar,
O‘zbekiston Respublika olimlaridan A.I.Vorobev, R.X.Jo‘raev, Ya.Haydarov, U.N.Nishonaliev,
A.R.Xodjabaev,
E.T.Choriev,
T.T.Mag‘zumov,
N.S.Saydahmedov,
N.A.Muslimov,
K.J.Mirsaidovlar kasb-hunar o‘qituvchilarini tayyorlashda va ularning ta’limiy-tarbiyaviy
yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan ilmiy asoslab berilgan kadrlar
tayyorlash milliy modeli komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish bu
jarayonda muhim o‘rin tutuvchi ta’limni texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqligini
tasdiqlaydi. Binobarin, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or
pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash – uni ro‘yobga chiqarishning ikkinchi va uchinchi
bosqichlari uchun muhim xarakterli xususiyat ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Mehnat
jamoalarida ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasbga qiziktirish va uni shakllantirishning ijtimoimy
psixologik omillarini aniqlash vazifalarini belgilashga qaratilgan izlanishlarini (V.I.Gerchikov,
5
G.A.Ishutina, A.B.Leonova, V.D.Parigin, I.I.Popova va boqalar) o‘z tadqiqot maqsadlariga
asoslanib kasbiy ko‘nikmalarninng turli yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot ob’ektiga aylantirganlar
va ma’lum darajada munosabat mezonini talqin qilishning nazariy-fundamental asoslarni
yaratganlar.
O‘zbekistonda o‘rta va umumta’lim maktablari va oila tizimlarida yoshlarni kasbiy
qiziqishlarini shakllantirish borasida tadqiqot olib borgan psixolog olimlar E.G‘.G‘oziev,
B.Shoumarov, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, N.S.Safoevlarning rahbarligida olib
borilgan ilmiy izlanishlarda munosabatning ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatidagi talqinlariga
ma’lum darajada e’tibor qaratilgan.
Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi: Tadqiqot
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasining ilmiy ishlar rejalari doirasida amalga
oshirilgan.
Tadqiqot maqsadi: “Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning
psixologik jihatlari (KHKmisolida)” muammolarini nazariy va amaliy tahlillar asosida
umumlashtirilgan xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish va kasbiy qiziqishlarning shakllanishida
bugungi jamiyat taraqqiyoti talablariga mos ilmiy-amaliy jihatlarini tadqiq etish va nazariy-
amaliy psixologik maslahatlar berishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
- Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy va amaliy tadqiq etilishi bo‘yicha
adabiyotlar tahlili; ma’lumotlar bilan tanishish
- Kasbiy layoqatlarning namoyon bo‘lishini aniqlash va ularning yuksak darajadagi
qobiliyatlarga aylantirish bo‘yicha tajribalar tashkil etish;
- Kasb-hunar kollejlari proforientatsiya ishlarini tashkil etish va ularni tashkil qilishning
ilmiy-amaliy asoslari qay tarzda o‘rganilganligini mavjud manbalar orqali o‘rganish;
- Amaliyotchi psixologning faoliyati jarayonida bevosita qatnashuvchilar: o‘quvchi,
o‘qituvchi, ota-onalar, ta’lim muassasa rahbarlariga amaliy jihatdan ta’sir o‘tkazishi, ularga
ta’lim – tarbiya jarayonida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish. Psixoprofilaktik ishlarni tashkil
etishda proforientatsiyaon ishlar maslalarini tahlil etish
- O‘quvchilarni shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil
etish va ularning yangi hayot jarayoniga ko‘nikish muammolarini o‘rganish;
- Kasbiy qiziqshlari asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini tadqiq etish;
- Amaliy tajribalar tashkil etish va umumlashtirilgan holda kasbiy ko‘nikmalar
shakllantirishning asosiy vositalari va omillari yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot predmeti: Kasbiy qiziqishlar asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning
bugungi jamiyat taraqqiyoti talablariga mos ilmiy-amaliy jihatlarini tadqiq etish va nazariy-
amaliy psixologik maslahatlar berishdan iborat
Tadqiqot ilmiy farazi: agarda kasb-hunar kolleji talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini
shakllantirish uchun kasbiy qiziqishlarini psixodiagnostik metodikalar asosida o‘rganib, ular
bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etilsa;
- o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari asosida kasb ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari
oshadi;
- kasb-hunar kolleji tizimida kasbiy bilimlarni takomillashtirish va kasbga bo‘lgan munosabat
motivlarini rivojlantirish muammolari o‘z yechimini topishi mumkin;
- psixologik maslahat va proforientatsiya ishlari rivojlantiriladi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi. Kasb-
hunar kollejida kasbiy ta’lim mazmuni sifat jihatdan takomillashtiriladi;
- psixologik maorif va proforientatsion ishlarda o‘qituvchilar hamda ota-onalar hamkorlik ishlari
rivojlantiriladi;
- kasbiy ko‘nikma va malakalar yuzasida talabalarning bilimlari oshiriladi. Kasb tanlash
motivlarining aniqlanishi ularning kasbga yo‘llash ishlarida muhim omil ekanligi asoslanadi.
Tadqiqot metodlari: Tadqiqot ishimizni amaliy tahlil qilish maqsadida quyidagi
psixologik, psixodiagnostik va pedagogik usullardan foydalandik. Jumladan shakllantiruvchi va
6
rivojlantiruvchi empirik metodikalar, kuzatish, suhbat, anketa, kasb tanlash motivlarini aniqlash
usuli, DDS metodikasi, shuningdek, shaxsni ijtimoiy psixologik himoya qiluvchi metod va
psixodiagnostik, psixoprofilaktik, va psixokorreksion metodlar. Bundan tashqari individual
faoliyat shaklini aniqlaydigan faoliyatga munosabati, normal emotsional faolligini aniqlaydigan
metodlar. Shaxsiy varaqalarini o‘rganish va boshqa metodlardan iborat.
Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, G‘arb va Sharq
mutafakkirlarining ta’limni tashkil etish, shaxsda muayyan kasbiy malakalarni shakllantirish
borasidagi qarashlari, yurtboshimiz I.Karimovning uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga oid
g‘oyalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yilayotgan talablar,
psixologik va pedagogik tadqiqotlar, mavzuga oid manbalar mazmunida yoritilgan
nazariyalardan, psixologik xizmat to‘g‘risidagi nizom, chet el va sharq psixologlarining
qarashlari majmuasidan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: k asbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning
psixologik jihatlarini o‘rganish shaxsning kasbiy qiziqishlarini shakllanishini, psixodiagnostik,
psixokorreksion, psixologik maslahat va psixologik maorif asosida ilmiy-amaliy yondoshiladi.
Yoshlarni kasb egallashida kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy-amaliy tizim sifatida
dolzarb muammolari yechim topishga harakat qilinadi.
Nazariy ahamiyati: ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy bilimlarini rivojlantirish orqali
ularning
kasbiy
ko‘nimalarni shakllantirish ishlari rivojlantiriladi, psixodiagnostik,
psixokorreksion, psixologik maslahat va psixologik maorif kabi bilimlar nazariy jihatdan
boyitiladi. Kasb psixologiyasi fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ishlab chiqilgan
tavsiyalardan foydalanish mumkin. Tadqiqotning nazariy g‘oyalari va amaliy natijalari
zamonaviy psixologiya va pedagogika fanlarini takomillashtirishga xizmat qiladi, shuningdek,
ulardan istiqbolda ilmiy tadqiqotlarni olib borish, psixologik va pedagogik treninglarni tashkil
etish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, shuningdek, pedagoglarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida psixologik xizmatni tashkil
etishda foydalanish mumkin.
Amaliy ahamiyati: kasbiy qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirish orqali ularga ta’sir
etuvchi ijtimoiy psixologik omillarini qaror toptirish, shaxs faoliyati va faolligini oshirishga
ko‘maklashuvchi psixologik xizmat tizimining asosiy yo‘nalishlarini va bugungi dolzarb
vazifalarni aniqlashga imkon beradi. O‘quvchilarni kasb tanlash va kasbiy qiziqishlari asosida
o‘z layoqati va qobiliyati bo‘yicha kasbga yo‘naltirish tizimi shakllanadi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1. Kasbiy bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish.
2. Kasbiy bilimlar asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish omillari nazariy va amaliy
tahlil qilish.
3. Kasbiy qiziqishlarning tashkiliy-metodik asoslari (samarali shakl, metod va vositalari).
4. Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda hamkorlik ishlarini takomillashtirish va
kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi ilmiy-
metodik tavsiyalar.
Natijalarning joriy qilinishi: tadqiqotning asosiy natijalari Andijon viloyati o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi KHK lari amaliyotchi psixologlar faoliyatida,
Andijon davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi metodologik birlashmasi yig‘ilishlari,
umumiy o’rta ta’lim maktab amaliyotchi-psixologlari malakasini oshirish kurslarida va ilmiy-
amaliy anjumanlarda ishtirok etish va ma’ruzalar o‘qish asosida ommalashtirilgan.
Ishning sinovdan o‘tishi (aprobatsiyasi): tadqiqotning asosiy g‘oya va natijalari Andijon
viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi KHKlarida tashkil etilgan
seminar treninglarda sinovdan o‘tkazilgan. (Andijon maishiy xizmat KHK, Andion axborot
texnologiyalari KHK, Andijon pedagogika kolleji)
I BOB: Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari
7
1.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish psixologik muammo sifatida.
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Kasblar festivali”da
belgilangan vazifalarni yuksak darajada bajarish borasida o‘quvchilarni kasb-hunarga
yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada
yurtboshimiz I.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’lim muassasalari har bir hududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib
chiqib, tashkil etilishi hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bag‘rida o‘qib
kasb-hunar egallashlari qolaversa, o‘sha hududning ta’limni turmush bilan bog‘lash,
uyg‘unlashtirish, talabalarning qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga
olish ijobiy samara beradi. Chunki, har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo‘r berishni, aqliy
jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab qiladi. Barcha qiyinchilik va sinovlarga bardosh bera
oladigan yigit-qizlargina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yarog‘li deb topiladi. Kasb ta’limi
esa huddi ana shuning amaliy tomonini o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ta’limni oqilona,
optimal yo‘l bilan tashkil qilish va olib borish, mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirib, kasb-
hunarga nisbatan qiziqish hissini uyg‘otadi. Kasbiy bilimlarni maktab ta’limidayoq shakllantirish
bolada kasbiy layoqat va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini oshiradi.
Kasbiy layoqatlilik – mutaxassisning biror-bir kasb sohasidagi bilim, o‘quv va
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aks ettiruvchi integral tavsif: “ishni bilgan hold” faoliyat
yuritish qobiliyati hisoblanadi.
Layoqat – sub’ektning avval olingan tajribasi asosida muayyan vaziyatda zarur bilim,
o‘quv va ko‘nikmalarni safarbar qilishga tayyorlikda ifodalanuvchi ta’lim mahsuli “bilim-o‘quv”
va vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish va amalga oshirish, o‘z bilimini kasbga yo‘naltirish.
Tayanch layoqatlar – kasbiy hamjamiyatlar hamda undan tashqari sohaga moslashish va
samarali faoliyat yuritish uchun zarur madaniyatlararo va tarmoqlararo bilimlar, ko‘nikmalar va
qobiliyatlar. Shuningdek talabalarning faol faoliyat yuritish va bilimlarni o‘zlashtirishda
loyihaviy layoqatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Bu barcha fanlarni yaxshi
o‘zlashtirish hamda kasbiy bilimlarni rivojlantirish vositasi hamdir. Bolaning kasbiy layoqatini
rivojlantirish va kasbiy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash orqali ularning kasbiy
ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Ko‘nikmalarni shakllantirish ularning qiziqish, hohish, va
bilimlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘nikma – insonning avvalgi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga
oshirish qobiliyatidir. Uning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida hosil
bo‘ladigan murakkab shartli reflekslardir. Ko‘nikma malaka bilan uzviy bog‘liq.
Malaka – muayyan harakatlarni doimiy ravishda bajarish natijasida malakaga ega
bo‘lishdir. Malakali mutaxassis bo‘lib yetishishda shaxsning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini
shakllanganlik darajasi muhim omil sifatida ahamiyatga egadir.
Har qanday harakatning tahlil yetilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat),
sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu
qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro yetish, nazorat
qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyat-ning usullari deb
ataladi.
Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa’y-harakatlarni ijro yetish va boshqarishning aynan shu
tarzda avtomatlashuvi malaka deb ataladi. Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni
bajarishning avtomat-lashgan usullari hisoblanadi.
Malakalar interferensatsiyasi (lotincha inter – orasida, ferens – tarqatuvchi) deb avval
hosil qilingan malakalarning keyinchalik bosh-qa yangi malakalarning hosil bo‘lish jarayoniga
salbiy ta’sir ko‘rsati-shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi.
Harakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzi-lishida ro‘y beradigan
o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir:
1) sa’y-harakatlarning ijro yetilish usullari o‘zgaradi. Bunga qadar o‘z holicha yuz berib kelgan
qator juz’iy sa’y-harakatlar yagona ja-rayonga, tarkibga kiruvchi alohida sodda sa’y-harakatlar
8
o‘rtasida to‘siqlar va uzilishlar mavjud bo‘lmagan bitta murakkab sa’y-harakat-ga qo‘shilib
ketadi:
a) ortiqcha va keraksiz sa’y-harakatlar bartaraf yetiladi;
b) mujassamlashuv yuz beradi;
2) harakatni sensor nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Sa’y-harakat-larning bajarilishini ko‘rish
orqali nazorat qilish mushaklar yordamida (kinistetik) nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali
mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali chilangarning uskunaning ustiga bolg‘a
bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga solmasligi misol bo‘ladi:
a) maxsus sensor sintezlar hosil bo‘ladi;
b) harakat natijalarini nazorat qilish uchun muhim bo‘lgan mo‘ljallarni tez farqlash va ajratish
qobiliyati rivojlanadi;
c) harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgartirib bori-ladi.
Diqqat harakat usullarini idrok yetishdan xoli bo‘lib, u harakatning, asosan, vaziyati va
natijasiga qaratilgan bo‘ladi.
Ba’zi hisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va
birga qo‘shilgan holda amalga oshirila boshlaydi. Jumladan, haydovchi dvigatelning ortiqcha
kuch bilan ish-layotganini uning tovushidanoq sezib, o‘ylab-netib o‘tirmasdan, uning harakatini
qanaqa tezlikka ko‘chirish kerakligini darhol tushunib yetadi; operator asboblarning
ko‘rsatkichlarini o‘qiboq, ularning ishla-shida ro‘y berayotgan buzilishlarni va ularni bartaraf
yetish uchun ni-malar qilish kerakligini fahmlaydi.
Navbatdagi sa’y-harakatlarga tayyorgarlik bundan oldingi sa’y-harakatlar amalga
oshirilayotgan paytdayoq yuz bera boshlaydiki, natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt
keskin kamayadi. Qo‘llani-lishi lozim bo‘lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini
ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilish antitsipatsiya deb ataladi.
Kishi muayyan harakatni bajarishga urinib ko‘radi va uning nati-jasini nazorat qilib turadi.
Muvaffaqiyatli sa’y-harakatlar, o‘zini oqla-gan usullar asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi,
o‘zini oqlama-ganlari yesa qo‘llanishdan chiqarilib, boshqalariga almashtiriladi.
Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda
hamda ongli ravishda nazorat qilishga va tu-zatishga asoslangan holda ko‘p martalab takroran
bajarish faoliyati mashq deb ataladi.
Har qanday malaka ham kishi allaqachon yegallab olgan malakalar tizimida amal qiladi
va tarkib topadi. Ularning biri yangi malakaning tarkib topishiga va amal qilishiga yordam bersa,
boshqalari xalaqit beradi, uchinchi bir xili yesa uni o‘zgartiradi va hokazo. Bunday hodisa
psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi.
Har qanday xulq-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi obyektlarga nisbatan jarayonlarning
ko‘chishi asosida tarkib topadi. Ko‘chish yesa shart-sharoitlar yoki narsalarning faoliyat
maqsadlari uchun muhim bo‘lgan belgilari bo‘yicha o‘xshashligiga tayanadi.
Bu o‘xshashlik anglanilgan va anglanilmagan bo‘lishi mumkin. Faoliyat qanchalik
murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga mo‘ljallangan hamda ular obyektlarning
qanchalik ko‘proq o‘zgartiri-lishini talab qiladigan bo‘lsa, muvaffaqiyatli ko‘chishni ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan oraliq aqliy faoliyat shunchalik keng tus oladi. Lekin har qanday holda ham,
bunday ko‘chish ko‘nikma, ya’ni qo‘yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash
va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin.
Ko‘nikma faoliyat subyektning o‘zida mavjud bilimlar va malaka-lar bilan maqsadga
muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va ama-liy harakatlarning murakkab tizimi yegallab
olinishini ifodalaydi.
Ko‘nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axbo-rotni va narsalardan
olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonining, ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan
taqqoslash va o‘zaro bog‘lash jarayonining butun bir tizimining yegallanishini bildiradi.
Bu xildagi shakllantirish, ya’ni ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni turli yo‘llar bilan amalga
oshirilishi mumkinligini qayd qilib o‘tish za-rur. Bu yo‘llarni bir-biridan farq qiluvchi ikkita
holatga ajratish mum-kin. Birinchi holatda o‘rganayotgan kishi zarur bilimga yega bo‘ladi.
9
Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi qo‘yiladi hamda kishining
o‘zi sinab ko‘rish va xatolarga yo‘l qo‘yish orqali tegishli mo‘ljal olgan, axborotni qayta ishlash
va faoliyat usullarini topgan holda uning yechimini izlaydi.
Garchi bu yo‘lning samaradorligi past bo‘lsa ham, bugungi kunda u ta’lim jarayonida
yeng ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l yekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi yo‘l shundan iboratki, ta’lim
berayotgan kishi tinglovchining bilimlarini qo‘llash uchun zarur bo‘lgan psixik faoliyatni
boshqarib boradi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan,
shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir yelementni jiddiy ravishda,
alohida-alohida bajarili-shi va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin
vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi.
Bu oddiy tilga o‘girilganda malaka hosil bo‘ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat
yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga ta-yansa,
faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffa-qiyatli bajarishni ta’minlasa, biz
uni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy
urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda
muvaffaqiyatlarga yerishishimizni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |