1.2. Kasb psixologiyasi muammolari
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda
katta diqqat etiborni talab qiladigan jarayondir. Shunday ekan, o‘qituvchi talabaning shakllanish
jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. mustaqil O‘zbekistonni
rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari, axloq, kasb etikasining shakllanishi va
rivojlanishi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik haqidagi bilim, ko‘nikma va
malakalar rivojlanadi.
O‘quvchilarda uning huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishi o‘zi xohlagan kasbini tanlash
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, kasblar haqida yoshlarga keraklicha ma’lumot berish,
ularning kelajakda o‘z kasbining mahoratli egasi bo‘lib yetishishini ta’minlashdan iborat.
Kasbga yo‘naltirish deganda, talabalarga (shaxsga) o‘z qobiliyati, qiziqishlari, imkoniyatlari va
ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda ongli ravishda kasb tanlashga yordam berishdan iborat
faoliyat tushuniladi.
Kasbga yo‘naltirish o‘quvchi shaxsi, barkamol inson rivojlanishi, manfaatlar, qiziqishlarni
amalga oshirish muhiti, harakatlantiruvchi mexanizmlar bilan bog‘liqdir. Kasb tanlash inson
hayotidagi muhim qadamlardan biridir. Odatda insondan hayotimizdagi asosiy qadriyatlar nima
deb so‘ralsa, u “sevimli insonlar” va “sevimli ishim”deb javob beradi. Shuning uchun kasb
tanlashda adashishkechirilmas xato. Ko‘p hollarda bu xatolik inson o‘z-o‘zini yaxshi
bilmasligidan kelib chiqadi. Ko‘ngilga yoqadigan ish topish va bu ishda muvaffaqiyat qozonish
uchun, avvalambor o‘zining xohish va moyilligini aniqlab olish kerak, keyin shunday kasb
tanlash kerakki uning xohish, moyilligiga mos tushishi kerak. Har qaysi insonda turli layoqat,
temperament, yashashdan maqsadi bo‘ladi. Ba’zi birlar butun bir korxonani muvaffaqiyat bilan
boshqaradilar, boshqalar uchun esa bitta mas’uliyatli qaror qabul qilish ham azobli kechadi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bir odamga to‘g‘ri kelgan kasb ikkinchi insonga to‘g‘ri
kelmasligi mumkin. Hayotda xohishi, qiziqishi, layoqati, qadriyatlar tizimi, mobilligi, xarakteri
bir-biriga to‘la mos keladigan insonlar yo‘q, faqat o‘xshash insonlar bor, ya’ni ularning
ko‘pchiligida shaxs tipi (turi) bir-biriga to‘la mos tushadi. Bu o‘xshashlik har qaysi odam uchun
qaysi sohada muvaffaqiyat qozonish, qaysinisida esa ishlolmasligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi
kerakligi uchun muhim shart-sharoitdir. Bugungi dolzarb muammolardan biri o‘quvchilarni
kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik – pedagogik tashxis ishlari samaradorligini oshirish va
maxsus ehtiyojga muhtoj bolalarning jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga to‘g‘ri va
ongli ravishda yo‘naltirish masalalarini qamrab olgan amaliy- uslubiy yordam, yo‘naltiruvchi
tavsiyalar berish zarur. Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari butun pedagog jamoaning, mahalla
ahlining, oilaning, barcha- barchaning ishidir. Kasblarni to‘g‘ri va ongli tanlashda pedagog va
10
psixologlarning o‘rni ahamiyatlidir.Shu jumladan, psixologlar “Kasb tanlash motivini aniqlash”,
”Xolland”, D.D.S., ya’ni Differensial-diagnostik so‘rovnoma, “Qiziqishlar xaritasi” kabi
metodikalarni o‘tkazgandan so‘ng, boladagi qiziqish, moyilliklari, layoqatlari, motiv va
qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Bolalardagi qiziqish, qobiliyat aniqlangandan so‘ng, bolani shu
tanlagan kasbi bo‘yicha yo‘naltirish lozim, chunki boladagi bor layoqat, qobiliyat rivojlantirilsa,
u o‘z kasbining ustasi, mahoratli kasb egasi bo‘lib yetishadi. Ingliz bioximigi S.Rouz, kishi
qobiliyatining rivojlanishi uchun to‘siqlar biologiyaga qaraganda, sotsial sharoitda ko‘proqdir
deb ta’kidlaydi. Ingliz psixologi D.Kidjin ham aynan shunday xulosaga kelib, tarbiyaning kishi
intellektual rivojlanishiga hal qiluvchi ta’siri haqida so‘z yuitiladi.
Ikkinchi konsepsiyaning vakillari qobiliyatni butunlay hayot va tarbiyaning sotsial
sharoiti belgilaydi, deb uqtiradilar. Masalan, Gelvetsiy o‘z vaqtida, tarbiya yordamida geniy
yaratsa bo‘ladi, degan edi. Hozirgi zamon olimlaridan amerikalik U.Eshbi, kishining qobiliyati
yashab turgan vaqtida stixiyali ravishda o‘z-o‘zidan va ongli ravishda ta’lim-tarbiya jarayonida
shakllanadi, shularning natijasi o‘laroq masalalarni yechish uchun tegishli dastlabki rejalar va
programmalar vujudga keladi, deb ta’kidlaydi. Ijodiy programma va zo‘r ishchanlik qobiliyati
mavjud bo‘lsa, faoliyatda eng yuksak yutuqlarga erishiladi.
Masalan Firmen, qobiliyat muhitga bog‘liq, deb hisoblaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning
eng muhim shartlaridan biri tasvirlayotgan narsangga nisbatan muhabbatingdir, deb yozgan edi
mashhur rassom Yu.Neprinsev. Mashhur peyzajchi, tabiat kuychisi V.V.Meshkov ham ana shu
fikrda edi. Rassomga fidokorlik, ijod o‘tida yonish zarurdir. Agar bu o‘t kuchli bo‘lsa, rassom
ehtirosli va hayajonlantiruvchi rasm ishlashni oxiriga yetkaza oladi, chunki asar nafaqat aql va
o‘tkir kuzatuvchanlik bilan, balki ishga halol munosabatda bo‘lish bilan bunyod etiladi.
I.Repin rassomlikka shunchalik ehtiros bilan berilib ketgan ediki, hatto mehmonlar
huzurida dam olayotganida ham qalami qo‘lidan tushmas edi. O‘ng qo‘li charchab qalam
tutishga majoli kelmay qolganda u rasmni chap qo‘li bilan chizishga o‘tar edi. Ajoyib peyzajchi
V.V.Kraynov og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan edi: oyoqlari qariyb harakatga kelmas, qo‘llari
uchun esa mo‘yqalam ham og‘irlik qilardi, ammo u naturadan rasm chizar, mo‘yqalamni
barmoqlari orasida zo‘rg‘a qisib turar, hatto tushib ketmasin deb uni qo‘llariga bog‘lab ham
qo‘yar edi. V.V.Kraynov tabiatga bo‘lgan muhabbatini asarlariga ko‘chira olgan, bu esa unga
ishlash uchun madad bergan. Berilib ketish, ishga ehtirosli munosabatda bo‘lish, faoliyatning
sotsial mohiyatini tushunish bilan bog‘liqdir. Shuning bilan birga, tabiat va ijtimoiy hayot
hodisalari, inson ijodiy aks ettirish faoliyatining ob’ektlari sifatida, shaxsga qanchalik kuchli
ta’sir qilishi bilan ham bog‘liqdir. Ta’sirning va emotsional ta’sirchanlikning kuchi esa bir
tomondan, shaxsdagi hissiyotga beriluvchanlikning o‘tkirligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bir
kishiga turli ob’ektlar turlicha ta’sir qiladi, lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, bir
ob’ekt turli odamlarda kuchi va xarakteri jihatidan turlicha taassurot hosil qilishi mumkin. Oy
chiqishini ko‘rganda ko‘pchilik odamlarning ko‘ziga yosh kelishi ehtimoldan uzoq, vaholanki,
haqiqiy rassom Kulindji nihoyatda qattiq zavqlanar va yig‘lab yuborar edi. Mana shu konkret
holda qobiliyatning komponentlaridan biri rassom ko‘ra bilishi va ichki yechinmalarining
o‘tkirligi va o‘ziga xosligidan iborat bo‘lib, u emotsional ta’sirchanlikning, ob’ektga va bu
ob’ektni badiiy ifodalashga qaratilgan faoliyatga berilib ketishning chuqurligi va kuchi bilan
bog‘liqdir. Emotsiyalar, his-tuyg‘ular shaxs aktivligining, jumladan, ijodiyotning energiya
manbaidir. I.P.Pavlov, emotsiyalar bosh miya qobig‘iga quvvat berib turadi, uning faoliyatini
tetiklantiradi, deb ko‘rsatgan edi. Emotsiyalarni, o‘zi reaksiyaga kirishmay sintezga yordam
beradigan katalizatorlarga o‘xshatsa bo‘ladi.
Akademik O.Baroyan, “Olimning muammoga nisbatan xuddi shu shaxsiy emotsional
munosabati unga aynan boshqalar payqamagan narsalarni ko‘rish imkonini beradi”, deb yozadi.
Ijobiy emotsiyalar qobiliyatni aktivlashtiribgina qolmay, uning ro‘yobga chiqishi uchun optimal
sharoit yaratadi. Masalan, ilhomlanishdan iborat bo‘lgan emotsional holat hamma vaqt shaxs
qobiliyati potensial kuchlarining aktual kuchlarga aylanishiga yordam beradi: Ilhom kelganda
kishilar favqulodda katta ish qiladilar. Qobiliyatli kishi bilim va malakalarni, kasbni oson va
tezda egallab olish bilan birga, u qiziqishi tufayli katta ishchanlik ko‘rsatadi, bu esa uning o‘qish
11
va mehnatining yanada samaraliroq bo‘lishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar tug‘diradi. Qiziqqan
kishi hamma kuchi va vaqtini o‘zi sevgan ishiga bag‘ishlaydi. Aks holdagi faoliyat g‘ayri tabiiy
va mantiqsiz bo‘lar edi. Ko‘pgina iste’dodli kishilar o‘z muvaffaqiyatlarini baholaganda
mehnatsevarlik va ishchanlikni birinchi o‘ringa qo‘yganlar. Edison o‘z muvaffaqiyatlarida
iste’dodning va mehnatning rolini baholar ekan, bunda faqat 1 foizgina geniy bo‘lsa, 99 foiz ter
to‘kish bo‘lgan, degan edi. Tamomila ravshanki, hamma buyuk kishilar bag‘oyat
mehnatsevarlikka va kata ishchanlikka ega bo‘lganlari holda, hatto nerv sistemalari tabiiy
kuchsiz bo‘lsa-da sub’ektiv ravishda o‘z yutuqlarini qobiliyat emas, balki mehnatdan deb
baholaganlar. Mehnatsevarlik ishchanlikning asosidir deyish mumkin, bundan kelib chiquvchi
ishchanlik va zo‘r berib ishlash esa sermahsul faoliyatning asosi, ya’ni qobiliyatning namoyon
bo‘lishi va rivojlanishi uchun zamindir. Hatto kishi asosiy hayotiy faoliyat sifatida bitta muayyan
faoliyatni tanlab olganda ham bu faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlarga erishishiga har tomonlama
rivojlanganligi sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik yirik yozuvchilar, yuqorida ko‘rsatilgandek, faqat
professional yozuvchi sifatida mashhur bo‘lganlar, lekin ular yanada aniqroq, jonliroq, yorqin
adabiy obrazlarni yaratishga yordam beruvchi vosita sifatida rasm solishga, rassomlikka va
muzikaga murojaat qilganlar (A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov va boshqa ko‘pgina yozuvchilar).
Masalan, Repinning musiqani tushunishi va uni ehtiros bilan sevishi, yorqin badiiy kartinalar
yaratishida musiqiy obrazlar unga yordam bergani bizga ma’lum. Kishining har tomonlama
rivojlangan bo‘lishi o‘z imkoniyatlarini to‘g‘riroq baholash va shunga muvofiq ravishda asosiy
faoliyatini aniqlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari, u hamma qobiliyatlarning
rivojlanishini ta’minlaydi, ular hammasi birgalikda hatto bitta muayyan faoliyatda bitta
qobiliyatning mazkur faoliyatda bergan samarasiga qaraganda, haddan tashqari yuqori samara
beradi.
Agar qobiliyat-bu shaxs xususiyatlarining “ansambli” bo‘lsa, iste’dodning oliy
darajalari-talantlik va geniallik-odamning yuksak darajada rivojlangan qobiliyatlari “ansambli”
bo‘ladi. Qobiliyatning eng yuqori darajasi “talant” deb ataladi. Talant – insonga qaysidir
murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va o‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkonini
beruvchi qobiliyat, tabiiy iqtidor hamohangligidir. Talant haqida xalqning o‘zida “Xudo bergan”
degan gap bor. O‘z navbatida tabiiy iqtidor, qobiliyat, talant hayotiy kasbiy tajriba va zo‘r
mehnat bilan uyg‘unlashsa mahorat shakllanadi. Agar qobiliyatning yuqori darajada namoyon
bo‘lishi “talant” deb atalsa, talantning yuqori darajada namoyon bo‘lishi buyuklikdir. Buyuklik –
bu inson ijodiy kuchining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Nemis faylasufi Shopengauer bu
haqda shunday deydi: “Hech kim tekkiza olmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan- talantdir, hech
kim ko‘rmagan mo‘ljalga tekkizgan mergan - buyukdir”. Maktab o‘quvchilari bir-birlaridan o‘z
qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Qobiliyat notekis rivojlanadi, rivojlanishning vaqtincha to‘xtab
qolishi ko‘pincha jadal rivojlanish bilan almashinadi. Bu hol individuallashni, maxsus
pedagoglik nazokatini talab qiladi. Ba’zan birovlarga oshiqcha talablar qo‘yib, qo‘shimcha
topshiriqlar berish lozim, boshqalarga esa yordam berish kerak, toki ularning qobiliyati tezroq
rivojlanib, bilimlar bilan yanada to‘lsin, kerakli xususiyatlari, kompensatsiyalovchi (tiklovchi)
mexanizmlari shakllansin. Shuni esda tutish kerakki, tani sog‘, psixik jihatdan sog‘lom bolalar
orasida qobiliyatsizlari bo‘lmaydi, balki ular orasida faqat shundaylari bo‘ladiki, ularning
nimaga qobiliyatli ekanini biz bilmaymiz. Shu sababli bolalarni sabot bilan o‘rganish va ular
qobiliyatini baholashga optimistik ravishda yondoshish-qobiliyat tarbiyachisining zaruriy fazilati
bo‘lib hisoblanadi. Qobiliyat muayyan izchillikda namoyon bo‘lishi va rivojlanishini hayot
tajribasi ko‘rsatib turibdi. Hammadan oldin musiqaviy qobiliyat ro‘yobga chiqadi, hamma buyuk
musiqachilar 4-5 yoshidanoq muvaffaqiyat bilan kuy chalishni bilar edilar. Undan keyin 6-8
yoshdan rassomlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu yoshdagi bolalarda koloritli original rasm
namunalari solishini kuzatish mumkin. Iste’dodli bolalarning rassomlik asarlari ko‘rgazmalarini
o‘tkazish dunyo tajribasida keng tarqalgandir. Demak, ma’lum tabiiy imkoniyatlar mavjud
bo‘lganda har tomonlama rivojlanganlik chinakam talant va geniallikning rivojlanishi uchun
asosiy shart-sharoitdir. Hatto, ochiq-oydin tabiiy imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda ham,
shaxsning har tomonlama rivojlangan bo‘lishi kishi qobiliyatining o‘zi tanlagan yagona
12
faoliyatga nisbatan yuqori darajada rivojlanishi va faoliyatda ancha yuksak ko‘rsatkichlarga
erishishini ta’minlaydi. Biz bolalarimizni kasb tanlashiga befarq bo‘lmasdan maktab psixologi,
rahbariyati, qolaversa sinf rahbarlari bilan tez-tez uchrashib, boladagi moyillikni, qobiliyatni
rivojlantirishimiz lozim. Sinf rahbarlari ham har bir o‘quvchisini darslarda, tashkiliy ishlarda
kuzatib, bolani o‘rganib, maktab psixologi va ota-onalar bilan
hamkorlikda ish olib borishi lozim.
Maktab psixologi olingan test natijalari bilan sinf rahbarlari va o‘qituvchilarni xabardor
qilishi va kerakli maslahatlarni berib borishi,o‘quvchilarni o‘zida bor qobiliyat va
moyilliklaridan xabardor qilib ikkilanishlar oldini olishi lozim. Kerak bo‘lsa ota-onalarni ham
test natijalaridan, bolalarining bor qobiliyatlaridan xabardor qilishi darkor. “Biz o‘z iste’dodli
fidoyi bolalarimizni kasb va bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz_kerak.
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlartayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni yuksak
darajada bajarish borasida, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim
muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi
fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari har – bir
xududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etilishi
hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota – onalari bag‘rida o‘qib, kasb – hunar
egallashlari qolaversa, o‘sha xududning madaniy – ma’rifiy markaziga aylantirish, yoshlarni
chinakkam barkamol kadrlar qilib tayyorlashga bo‘lgan talabdandir” deya e’tirof etganlar.Ushbu
fikrlari orqali jamiyat va davlat rivojlanishida yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar
qilib tayyorlash ertangi kunimiz uchun zamin yaratilishiga ishonch bildirganlar. Shunday ekan,
bu borada kasb-hunar muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlarining
o‘rni va ularni o‘tkazishning mazmun mohiyatiga to‘xtalmay iloji yo‘q. Kasb-hunar ta’lim
muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirishda tadbirlarni
tashkil etish va ularni o‘tkazib borishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarni kasblar dunyosiga olib
kirish, tanishtirish, qiziqtirish hamda qobiliyati, moyilligi bor o‘quvchilarni ongli tarzda kasb
tanlashlariga zamin yaratib beruvchi omil bo‘lib sanaladi. Biz shu o‘rinda kasb-hunar tanlashga
xizmat qiluvchi tadbiriy omillarni sxematik tarzda keltirib har - biriga qisqacha to‘xtalib
o‘tmoqchimiz:
“Kasblar festivali”
1. Tadbir yuzasidan kasb-hunar kollejlar “Kasblar festivali”ni o‘tkazilishi bo‘yicha bo‘yruq
hamda dastur ishlab chiqadi.
2. Kasb-hunar kolleji psixologi, muhandispedagog, ishlab chiqarish ustalari bilan yaqin hududda
joylashgan har bir umumta’lim maktablariga borib, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi, amaliyotchi
psixolog va sinf rahbarlari boshchiligida 9 - sinf bitiruvchilariga kasb-hunar kollejlari tayyorlov
yo‘nalish mutaxassisliklari bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bilan birga
tadbirga ham taklif qiladilar.
3. «Kasblar festivali» tadbiri kasb-hunar kolleji hovlisida bo‘lib, unda o‘z tayyorlov
yo‘nalishlari, mutaxassisliklarini tarannum etuvchi ko‘rgazmalar, stendlar hamda o‘quvchilar
tomonidan tayyorlangan buyumlar yarmarkalari namoyishi bilan bayramona ruhda bezatiladi.
4. O‘quv laboratoriya xonalari, o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari, texnika vositalari va ularni
jihozlanishi bilan bir qatorda undagi sport turlari hamda kutubxonalar bilan tanishtira borish ham
joizdir.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbirida kasb-hunar kollejlari bayramona ruhda bezatilgan
bo‘lishi bilan birga quyidagi ishlarning tashkilotchisi hambo‘lishi kerak: - kasb-hunarga
yo‘naltirish xonasini tashkil etib, ushbu xonada kasbiy tayyorlov mutaxassisliklarini tarannum
etuvchi stendlar, ko‘rgazmalar hamda ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari haqidagi
ma’lumotlar bankini tashkil etilishiga; ushbu tadbir yuzasidan ommaviy axborot vositalariga
hamda matbuotda maqola va tezislar bilan chiqish kabilar.
Talabalarni ongli va to‘g‘ri kasb tanlashga tayyorlashda, ya’ni kasbga yo‘naltirishda
(proforientatsiya) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagilar haqida ma’lumot berish
o‘rinlidir.
13
Kasbiy maorif – mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olib, u
yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni, turli kasblardagi professional
mehnatning mazmunini, kasbning insonga qo‘yadigan talablarini, mehnat sharoitlarini, moddiy
va ma’naviy rag‘batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash mumkin bo‘lgan o‘quv
muassasalarining turlarini ma’lum qilish, ya’ni bunda talabalar turli kasblar va ixtisosliklarning
xarakteri va o‘ziga xosliklari bilan tanishadilar.
Kasbiy konsultatsiya – individual xarakterga ega bo‘lib, ayrim talabalarga ular
egallamoqchi bo‘lgan kasbning xususiyatlari va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri anglashga
ko‘maklashishni nazarda tutadi. Talabalarga kasb tanlash yuzasidan pedagog, shu soha (kasb)
mutaxassis, shifokor, psixolog maslahat berishi mumkin. Talabalar kasbiy ma’lumot olish
chog‘ida nafaqat kasb to‘g‘risida, balki o‘z organizmi, o‘z xarakteri haqida ham ma’lumotga ega
bo‘ladi.
Kasbiy diagnostika – talabalarning u yoki bu kasbga tayyorgarligining barcha jihatlarini
aniqlash (hisobga olish) metodlarini o‘z ichiga oladi. Talabalarning biologik (tug‘ma ma’naviy
sifatlari), psixologik (qiziqishlari, qobiliyatlari va h.k.), ijtimoiy (hayot tarbiya tarzi, hayotiy
ma’naviy maqsadlari va h.k.) xususiyatlari ayni diagnostik metodikalar yordamida aniqlab
olinadi va ular kasbga tayyorgarlikni to‘g‘ri belgilashga, asosli ravishda kasb tanlashga yordam
beradi.
Kasbiy tanlash (saralash) – o‘quv muassasalari va ishlab chiqarish (tashkilotlar)
mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib, ularning pedagogik tavsiyalariga binoan o‘quvchilar
aniq kasblarni tanlaydilar.
Kasbga moslashtirish (profadaptatsiya) – bu o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlarida,
ishlab chiqarish korxonalarida, fermer xo‘jaliklarida va umuman moddiy ishlab chiqarish
sohasida o‘quvchilarning ixtisosliklar egallashi jarayonida ularni tanlangan kasbning mehnat
sharoitlariga moslashtirishdir. Talabalar amaliyot jarayonida o‘qituvchi mehnatini tashkil qilish,
eng maqbul mehnat usullarini qo‘llash, psixologik qiyinchiliklarni yengishga, ishning yuqori
natijalariga erishishga o‘rganadilar.
Prezidentimiz I.Karimov Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining siyosiy-ijtimoiy va
iqtisodiy istiqbolning asosiy tamoyillarini bayon qilar ekan madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarga
mustaqil respublikamizda ma’naviyatni rivojlantirish masalalariga ham aloxida to’xtalib,
quyidagilarni ta’kidladi: “Endigi asosiy vazifa kishilarimizni mustaqil fikrlashga o‘rganishi,
o’ziga ishonchining ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bulmasa, ong va shukur tarzidan
qullikdan qutulmasa, inson to’la ozod bo’lmaydi”.
Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatdan yetuk odamlar xal qiladi. “Aqliy zakovat va ruxiy
ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir”. Ana shu vazifa mutaxassislar
yetishtiradigan oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ta’lim-tarbiya ishlarini hozirgi davr
talablariga muvofik yanada takomillashtirish buyicha g’oyat muhim majburiyatlarni yuklaydi.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi va undagi mehnatning mazmuni haqida, fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
haqida politexnik bilimlarini shakllantirish.
1. Kasb-hunar kollejiga yaqin korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini tipik texnikasi,
texnologiyasi va tashkil etilishi bilan tanishtirish.
2. Kasblarning umumiy klassifikatsiyasi va konkret shahardagi, tumandagi kasblar kishining
professional faoliyatiga quyiladigan talabalar bilan tanishtirish.
3. O‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, kasb tanlashning ijtimoiy qimmatli
motivlarini tarkib toptirish, o’z professional mavqeini belgilashda kumaklashish.
4. O‘quvchilar 9-sinfda qaysi hunarga qiziqishlarini kelajakda qanday kasb egasi bo’lishni
oldindan to’g’ri tanlashi uchun ularga VIII sinflarda professional tayyorgarlik ixtisosini
ommaviy tanlashlarida yordam berish.
5. O’zbekistondagi kasb ta’lim sistemasi va malaka oshirish yo’llari bilan tanishtirish.
Ma’lumki kishi o’z qobiliyati, qiziqishi, davatning kadrlarga ehtiyojiga muvofik
mashg’ulot turi va kasbni tanlash huquqiga ega.
14
Mashg’ulotlar jarayonida o‘quvchilar xalq xujaligining strukturasi, kasblarni
klassifikatsiyalashning turli usullari, ularni egallash yo’llari, kasbning insonga qo’yadigan
talablar bilan tanishishidan tashqari, o’z qiziqishlari mayl va qobiliyatlarini aniqlashning ba’zi
amaliy ko’nikmalarini ham o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda ularga qiziqish kartasi, mayillikni
baholash kartasi vahokazolarni to’ldirish kabi topshiriqlarini bajartirish ko’zda tutiladi. Bu
tadbirlar har bir o’smirga o’z imkoniyatlarini xaqiqiy baholash va ularni muayyan kasbning
insonga qo’yadigan talablari bilan taqqoslash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |