Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy  www.ziyouz.com



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
3. BEK OSHIQ
Saroy tinch uyquda, tun yarim. Hasanali hujraning uzun burama qulufini ochib 
ichkariga sham’ yoqdi va bekning to‘shagini yozib uning kirib yotishini kutib turdi. Ammo 
Otabek nima uchundir tez kira bermadi. Hujra eshigini ochilg‘anidan, sham’ yoqilib, o‘rin 
yozil-g‘anidan go‘yo xabarsiz kabi ustung‘a suyalg‘ancha qotib turar edi. 
— O‘rningizni yozdim, bek. 
Otabek bu so‘z bilan hujraga kirdi va borib to‘shagi yonig‘a o‘lturdi. Hasanali bekning 
yeshinib yotishini kutib turar, chunki uni yotquzib yoqilg‘an sham’ni o‘zi bilan narigi 
hujraga olib chiqmoqchi edi. Biroq Otabek to‘shagi yonig‘a o‘lturdida, yana o‘ylab qoldi... 
Otabek bir necha kunlardan beri Hasanalining ko‘ziga boshqacha ko‘rinar edi. 
Hasanali Otabekda shu kungacha ko‘rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan beri 
ajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari xayol 
ichida barchani unutib qo‘yishi va boshqa ishlarga e’tibor va parvosizligi edi. 
Hasanali bekning hozirg‘i ipidan-ninasigacha bo‘l-g‘an qiziq holini uzoq kuzatib turdi. 
Lekin Otabek xayol surishdan zerikmasa ham Hasanali kuzatishidan zerikdi. 
— Menda yumushingiz yo‘qmi? 
Otabek bu gapni onglamadi shekillik, Hasanalining yuziga ko‘tarilib qaradi-da, yana 
ko‘zini bir nuqtag‘a tikib qoldi. Bu holatdan Hasanalining andishasi ortib, bekning 
bunchalik angravlanishig‘a qanday ma’no berishini ham bilmas edi. Otabek shu holda 
tag‘in qanchag‘achadir o‘lturdi, nihoyat uyqudan uyg‘ong‘an kishidek so‘chib o‘zini 
kuzatkuchiga qaradi: 
— Chiqib yotmaysizmi? 
— Menda yumushingiz yo‘qmi? 
— Nima yumushim bo‘lsin, sham’ni ham olib keting. 
Hasanali sham’ni olib, o‘z hujrasiga chiqdi. Uning hujrasi Otabekning bilan bir qatorda 
bo‘lib, gazmol, poyafzal va shuning singari mollar ila to‘lg‘an va Otabekdan boshqa, 
alohida hujrada turishi ham shu mollarni saqlab yotish uchun edi. Hasanali o‘rnini yozar 
ekan «tavba» deb qo‘ydi. 
Yuqorida so‘zlang‘anidek, Otabekdagi bu holatni biror haftalardan beri payqasa ham 
hozirgidek andishaga tushmagan va bunchalik diqqat etmagan edi. Xo‘ja-zodasidagi bu 
holat uni har turlik mulohazalarga olib keta boshladi. To‘shagi ustiga o‘lturib, oq soqolini 
o‘ng qo‘li bilan tutamlab o‘ylar edi: savdo to‘g‘risida biror xato qildimi, Ziyo 
shohichinikida taomdan tuzukroq to-tinmadi, biror og‘rig‘i bormikan... Musofirchiliqda 
og‘risa... Ammo bu mulohazalarining bittasiga ham o‘zi qanoatlanmadi. Zero savdo 
to‘g‘rilari undan yashirin emas, og‘rig‘anda ham albatta shikoyat eshitar edi. 
O‘ylab-o‘ylab bir narsaga ham aqli yetalmagach, o‘rnidan turib toqchada yonib turgan 
sham’ni o‘chirdi. Hujra orqa-o‘ngni ajratib bo‘lmasliq qorong‘ilandi. Qo-rong‘ida turtinib 
hujra eshigiga keldi-da, avaylab g‘ijirlatmay eshikni ochdi va sekingina tashqarig‘a bosh 
chi-qarib saroyni kuzatdi. Kishi yo‘qliqqa qanoat hosil etib, mahsichan oyog‘ini ohista 
qo‘yib Otabek hujrasining yonida to‘xtadi, saroyni yana qarab chiqdi. Saroy qop-
qorong‘i, tinch uyquda, ammo bu tinchlikni saroy ot-xonasidagi otlarning kart-kurt 
xashak chaynashlari va atrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarig‘ina buzar edilar. Hasanali 
sekingina daricha ostig‘a yotib hujra ichiga quloq soldi. Hujra ichi tinch edi. Oradan uch-
to‘rt daqiqa fursat o‘tib hujradan ship etkan tovush eshitmadi. Tag‘in bir necha daqiqa 
quloq uzmay turib, so‘ngra o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘lg‘an edi, ichkaridan «ufff» degan 
ixrash eshitdi. Hasanalining quloqlari tikkayib o‘rnidan turdi, ko‘zi olalang‘an edi. 
— Bek og‘riq, — dedi ko‘ngildan va jazmlanib hujra eshigiga yurib keldi. Eshikni ochib 
Otabek yonig‘a kirmoqchi edi. Eshikni itarishka borg‘an qo‘lini qoldirib «balki og‘riq 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish