4. Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:
Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:
a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon ksltirishlarini;
b) dinga zarar berishlarining oldini olishni;
v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.
5. Mukotablar
, ya’ni ma’lum mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma
tuzgan kishilar.
6.
Qarzdorlar,
ya’ni, qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar
7.
Alloh yo‘lidagilar.
Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ishlab, Islom dini shuhrati
yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.
8.
O’z diyoridan (va u yerdagi) mulkidan uzoqqa ketib, (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan)
musofirlar.
Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini ushbu sakkiz toifaning har
biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi
lozim.
Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga, ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-
chevarasiga, xotiniga, kofirlarga va masjid-madrasalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |