ikki marotaba hisoblashga yo‘l qo‘ymas-
likdeganda nimani tushunish lozim?
Yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmini to‘g‘ri
hisoblash uchun 1 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar
faqat bir marotaba hisobga olinishi kerak. Ko‘pgina mahsulotlar bo-
zorga kelishidan oldin bir necha bor ishlab chiqarish bosqichidan o‘tadi.
Natijada mahsulotlaming ayrim qismlari va komponentlari bir necha bor
sotib olinadi va qayta sotiladi. YaMMni hisoblashda ana shu oraliq
mahsulot hisobga olinmasligi kerak. Chunki yakuniy mahsulot narxiga
oraliq mahsulot kiritilgan boiadi. Agar oraliq mahsulot qo‘shib
hisoblansa, YaMMni 2 marotaba hisoblashga yo‘l qo‘yilgan bo'ladi.
17
J
Misol. Shers (jun) kostyumni ishlab chiqarish bozorga kelishdan
oldin 5 ta ishlab chiqarish bosqichini bosib o‘tadi. Jadvalda ko'rsa-
tilgandek, qo‘ychilik fermasi (A) junni kayta ishlaydigan korxona (B) ga
60 dollarga junni sotadi. (A) fermasiga tekkan pul ish haqi, renta to‘-
lovlari, prosent va foyda ko‘rinishida tarqatiladi. Firma (B) junni qayta
ishlab, kostyum ishlab chiqaradigan firma (V) ga lOOdoll. ga sotadi. (B)
firma lOOdolllaming 60 dollarini (A) firmaga beradi, qolgan 40 dollar
(B) firmaga ish haqi, renta to‘lovlari, prosent, foyda va junni qayta ish-
lash uchun resurs sotib olishga qoladi. Kostyum ishlab chiqaruvchi (V)
firma kostyumlami ko‘tarasiga (optoviy) sotadigan (G) firmasiga sotadi.
(G) firma o‘z navbatida kiyimlami chakana narxda (roznichniy) sotadi
gan sotuvchiga sotadi. Xaridorga kostyum 250 dollar narxda yetib ke-
ladi. Har bir ishlab chiqarish bosqichidan o‘tayotganda firmaning
mahsulotga to‘lagan to‘lovi va firmaning mahsulotni sotgandan tushgan
tushumi o‘rtasida farq bo‘ladi (bu tushum ish haqi, renta to‘lovlari,
prosent, foyda tariqasida tarqatiladi). YaMMni hisoblashda faqat yaku-
niy maxsulotni (bizni misolda bu 250 dollar) hisobga olish kerak.
3-jadvaI
Ishlab chiqarish
bosqichlari
Material yoki
mahsulotning coti-
ladigan narxi (doll.)
Q o‘shilgan
qiymat (doll.)
1
2
3
0
Firma (A)
Q o‘ychilik fermasi
60
60 (=60-0)
Firma (B)
Junni qayta ishlovchi korxona
100
40 (= 100-60)
Firma (V)
Kostyum ishlab chiqaruvchi korxona
125
25 (=125-100)
Firma (G)
Mahsulotni (kostyumni ko‘tarasiga
sotadigan sotuvchi
175
50 (=175-125)
Firma (D)
Chakana narxda sotuvchi firma
250
Umumiy narxi
710
Qo'shilgan qiymat (umumiy daromad)
250
YaMMni hisoblashda quyidagi unumsiz bitimlar hisobga olin-
maydi:
-sof moliya bitimlari (transfert to‘lovlari, xususiy transfert
to‘lovlar, qimmatli qog‘ozlami oldi - sotdisi)
-ushlab (saqlab) turilgan mahsulotlar va ularning oldi-sotdisi.
18
1. S o f m oliya bitimlari:
a)
Do'stlaringiz bilan baham: |