Bog'liq Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)
2.4-rasm. Muloqot strategiyasi modeli *OM – xaridorlar, hukumat strukturalari, investorlar va aksiyadorlarning
jamoatchilik fikri
Marketing kommunikatsiya strategiyalarii ishlab chiqish quyidagi rasmda aks
ettirilgan uchta asosiy bosqichning bajarilishini taqozo etadi.
1. Kommunikatsiya maqsadlarini asoslab berish va mezonlar tizimini aniqlash
bo’yicha tayyorgarlik bosqichi. Mazkur bosqichda bozordagi vaziyatni tizimli
baholash va uzoq muddatli foydani hisobga olgan holda marketing yakuniy natijalarini
belgilab olishga imkon beradigan to’la-to’kis axborot ma’lumotlar to’plamiga ega
bo’lish zarur.
2. Asosiy bosqich marketing strategiyalari to’plamini ranglarga ajratish va uni
yakuniy tanlashni, bir vaqtning o’zida deyarli foyda keltirmaydigan va bajarish qiyin
bo’lgan yo’nalishlarni chiqarib tashlagan holda uni amalga oshirish taktikasini
belgilashni ko’zda tutadi.
3. Yakuniy bosqich belgilangan kommunikatsiyalar natijaviyligi bashoratini
baholashni o’z ichiga oladi. Bunda zamon va makonni hisobga olgan holda zarur
resurslarni qoplash manbalari aniqlanadi. Ushbu bosqichning asosiy yo’nalishi