63
Televidenie sotishni rag’batlantirish uchun qo’llanganda taxmin qilinayotgan
tadbirlar haqida oldindan xabar beriladi va bevosita iste’molchi
bilan muloqot
o’rnatishga xizmat qiladi. Televidenieda sotishni rag’batlantirish muammolari
umuman olganda radiodagi muammolar bilan o’xshab ketadi, faqat muloqot doirasi
kengroq bo’ladi. Televidenie, barcha qonunchilik
cheklovlari sharoitlarida ham,
product placement nomini olgan (rekvizit sifatida syujetga harakat, telefilm yoki
ko’rsatuvdagi tovar va xizmat suhbatini kiritish) maxsus texnologiyadan foydalanishda
katta ustunlikka ega.
Product placement texnologiyasi kinoda keng qo’llanadi.
Bundan tashqari,
kinofilmlar qahramonlari tovarlar o’rovida paydo bo’lib, tovarni va filmning o’zini
ilgari surishga xizmat qiladi, markalar esa – filmlarning yakuniy titrlarida paydo
bo’ladi.
Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqida xabardor
qilishning navbatdagi
yo’nalishi bu – iste’molchilar va hamkorlar uchun PR tadbirlaridir. Ular tovarlar va
xizmatalr ommaviyligini oshirish va imidjni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Marketingning tarkibiy qismi sifatida PR axborot taqdim etish va muloqot doirasida,
jumladan, davlat strukturalarida ijobiy jamoatchilik fikri shakllantirishning yordamchi
vositasi hisoblanadi.
Potensial
iste’molchilar
bilan
to’g’ridan-to’g’ri
muloqot
sotishni
rag’batlantirishning muhim jihati hisoblanadi. Buning uchun maqsadli mijozlarning
ma’lumotlar to’plami shakllantiriladi. To’g’ridan-to’g’ri muloqotning jalb
etuvchanligi vositachi yo’qligida, tadbirlarni tezkor
takomillashtirish imkoniyatida,
axborot sir saqlanishida, javob reaksiyasi tezligida va istiqbolli potensial iste’molchilar
identifikasiyasida namoyon bo’ladi.
Sotishni rag’batlantirish usullaridan amaliy foydalanishda maqsadli muloqot
doirasini aniqlash, sinov tariqasidagi xarid imkoniyatlarini
hisobga olish muhim
ahamiyat kasb etadi. Sinov tariqasida xarid usulini qo’llashda rag’batlantirish nuqtai
nazaridan tovar bepul berilishi (xaridor o’z pullari ilan tavakkal qilmasligi uchun),
iste’molchiga xarid uchun stimul taqdim etilishi va xaridorlarni xaridni amalga
oshirishga ishontiradigan imidj yaratishi mumkin.
64
Sotishni rag’batlantirish uchun maqsadli muloqot doirasini aniqlash (targeting)
maqsadida uning javob reaksiyasi darajasini bashorat qilish maqsadga muvofiq.
Maqsadli muloqot doirasini aniq belgilash ehtimoliy xatoliklar va kamchiliklar
ishonarli doirasida baholash aniqligiga bog’liq.
Amaliyotda ko’pincha javob reaksiyasi darajasini
tahlil qilish natijalarini
hisobga olgan holda taxminiy baholash bilan chegaralanishga to’g’ri keladi. Shu
sababli narxlarning o’sishi sekin, pasayishi esa – tez bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: