Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 


35 
 
 
2.2–rasm. Kommunikatsion maqsadlar piramidasi 
 
Dastlabki kommunikasion vazifa tovar haqida xabardorlik shakllantirish 
hisoblanadi. Navbatdagi kommunikasion vazifa iste’molchilarda nafaqat ushbu tovar 
mavjudligi haqida, balki uning xususiyatlari haqidagi bilimlar va va’da qilingan 
foydalar haqida xabardorlik shakllantirish hisoblanadi. Iste’molchilarning xohish-
istaklari shakllanadigan piramidaning uchinchi pog’onasida kommunikatsiyalarning 
asosiy vazifasiga iste’molchilarda taklif etilayotgan mahsulot ushbu tovar toifasida eng 
yaxshi ekanligiga ishonch shakllantirish hisoblanadi. Potensial xaridorlarning ma’lum 
bir qismi ushbu tovarning raqobatchilar tovarlaridan ustun ekanligiga ishonch hosil 
qiladi, ushbu mahsulotni xarid qilish istagi vujudga kelishi muqarrar, xaridorlarning 
bir qismi esa – bu mahsulotni haqiqatda xarid qiladi. 
Ma’lum bir kommunikasion samaraga erishilgan va uning samaradorligi 
baholangandan so’ng kompaniya yangi maqsadlar joriy qilishi mumkin. Agar 
xaridorlar mahsulotdan foydalanish tajribasidan qoniqqan bo’lsa, takroriy xaridlar soni 
vaqti bilan o’sa boshlaydi, shu asnoda piramida ko’rinishi o’zgaradi, uning cho’qqisida 
takroriy xaridlar joylashadi. 
Ushbu sxemaning shak-shubhasiz ustunligi shundan iboratki, uning yordamida 
kompaniya aynan qaysi kommunikativ samaraga erishilishini aniqlash va shundan 
kelib chiqqan holda reklama kampaniyasi ishlab chiqish mumkin. 
Harakat
Istak
Ishonch


36 
Uchinchi bosqich: xabar tayyorlash 
Kutilayotgan javob reaksiyasini aniqlab olgach, marketing bo’yicha 
mutaxassislar samarali xabar tayyorlashga kirishadi. Eng ideal holatda xabar maqsadli 
muloqot doirasining e’tiborini jalb qiladi, qiziqish uyg’otadi, xohish-istak vujudga 
keltiradi va iste’molchilarning harakatlarini rag’batlantiradi. 
Xabar yaratish jarayoni to’rtta savolga javob olishni nazarda tutadi: nima deyish 
(xabar mazmuni), xabarni qanday qilib mantiqiy tuzish (uning strukturasi), qaysi 
belgilardan foydalanish (xabarni rasmiylashtirish) va u kimdan kelib chiqishi lozim 
(xabar manbasi). 
Xabar mazmuni. Xabar mazmunini aniqlashda marketing bo’yicha 
mutaxassislar g’oya, mavzu yoki o’ziga xos savdo taklifi yaratishga intiladi. 
Uch xil chaqiriq (da’vat) turlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
-
rasional chaqiriq tovarning ma’lum qilingan foydalari, masalan, uning 
tejamkorligi yoki unumdorligi vositasida muloqot diorasini jalb qilish uchun 
mo’ljallangan. Keng tarqalgan fikrga ko’ra rasional chaqiriqqa ko’proq mahsulot 
haqida professional bilimga ega bo’lgan, mahsulot qimmatini aniqlay oladigan va o’z 
tanlovini boshqalarga tushuntirib bera oladigan ishbilarmon xaridorlar javob qaytaradi; 
-
emosional chaqiriq iste’molchilarni xaridga motivasiya qiladigan ijobiy yoki 
salbiy hissiyotlarni yuzaga keltirishi ko’zda tutilgan, ya’ni marketing bo’yicha 
mutaxassislar samarali emosional savdo taklifi yaratishi lozim; 
-
axloqiy chaqiriq resipientlarning adolat hissiyotiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday 
chaqiriqlar ko’pincha jamoatchilik chora-tadbirlariga jalb qilish uchun foydalaniladi. 
Xabar strukturasi. Xabar samaradorligi nafaqat uning mazmuniga, balki 
strukturasiga ham bog’liq. Biroq ayrim vaziyatlarda, ayniqsa, resipientda mavjud 
bo’lgan salbiy taassurotlarni bartaraf qilish zarur bo’lganda ikki taraflama dalillar 
o’rinliroq bo’ladi. ikki taraflama xabarlar bilimdon muloqot doirasi va dastlab 
mahsulotni salbiy qabul qilgan iste’molchilarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Dalil-isbotlar taqdim etish tartibi ham katta ahamiyatga ega. Bir taraflama xabar 
holatida eng kuchli dalil-isbotlarni birinchi bo’lib taqdim etgan ma’qulroq – u muloqot 
doirasining e’tiborini jalb qiladi va uni qiziqtirib qo’yadi. Buni gazetalar va boshqa 


37 
media vositalarda reklama joylashtirishda hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi, 
chunki muloqot doirasi faqat reklama murojaatining boshlang’ich qisminigina idrok 
qiladi. Tovarga qiziqib qolgan iste’molchilar uchun esa, aksincha, kulminasiya 
tamoyili bo’yicha tuzilgan xabar samarali bo’lishi mumkin. Salbiy munosabatda 
bo’lgan muloqot doirasiga qaratilgan ikki taraflama murojaatni iste’molchilarning 
taxmn qilinayotgan qarshi dalillaridan boshlash va o’z foydasiga ishonarli dalillar bilan 
yakunlash maqsadga muvofiq. 
Xabarni rasmiylashtirish. Marketing bo’yicha mutaxassis xabarni diqqat bilan 
rasmiylashtirishi lozim. E’lonni matbuotda joylashtirishda u sarlavha, matn, tasvirlar 
va rangli bezaklarni o’ylab topishi lozim. 
Xabar manbasi. Jalb etuvchan yoki mashhur kishidan kelib chiqadigan murojaat 
muloqot doirasining e’tiborini kuchliroq jalb qiladi hamda yaxshiroq va osonroq yodda 
qoladi. 
Xabar manbasini idrok qilishga uchta omil ta’sir ko’rsatadi: chuqur bilimga 
egalik, ishonchlilik va xush ko’rishga olib kelish qobiliyati. Chuqur bilimga egalik bu 
– xabarni uzatuvchi ega bo’lgan maxsus bilimlar. Ishonchlilik xabar manbasining 
ob’ektiv va xalol sifatida qabul qilinishini anglatadi. 
To’rtinchi bosqich: marketing kommunikatsiyalari vositalarini tanlash 
U yoki bu marketing kommunikatsiyalari vositalarini tanlash haqida karor bozor 
yoki tovar turiga bog’liq. 
Sanoat bozorida asosiy elementlar sifatida shaxsiy sotuvlar va sotishni 
rag’batlantirishdan, yordamchi elementlar sifatida esa – PR va reklamadan foydalanish 
eng samarali hisoblanadi. 
Tovar xarakteri ko’p jihatdan kommunikatsiya usullarini tanlashni belgilab 
beradi. Shaxsiy sotuvlar qimmatbaho va texnologik jihatdan murakkab bo’lgan 
tovarlarni siljitish uchun eng samarali vosita hisoblanadi. Shaxsiy sotuv usullaridan 
foydalanish tovarning asosiy xususiyatlarini namoyish etish va uni amalda ko’rsatishga 
imkon beradi. 


38 
Quyidagi jadvalda sanoat bozorida sanoat yo’lidagi tovarlar marketing 
kommunikatsiyalari alohida vositalaridan foydalanish samaradorligi bo’yicha 
ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish