Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
1.1-rasm. Kommunikatsiya jarayoni elementlari 
 
Jo’natuvchi 
– boshqa tomonga xabar jo’natadigan tomon (mijoz firma). 
Kodlashtirish
– jo’natuvchi tomonidan yuboriladigan belgilar to’plami. 
Axborotni tarqatish vositalari
– xabar jo’natuvchidan oluvchiga ular orqali 
uzatiladigan kommunikatsiya kanallari. 
Kodni ochish (rasshifrovka)
– uning davomida oluvchi jo’natuvchi yuborgan 
belgilarga mazmun beradigan jarayon. 
Oluvchi 
– boshqa tomon yuborgan xabarni oladigan tomon. 
Javob reaksiyasi
– xabar bilan muloqot natijasida vujudga keladigan 
oluvchining javoblari to’plami. 
Qaytuvchan aloqa
– oluvchi jo’natuvchiga yetkazadigan javob reaksiyasining 
bir qismi. 
To’siqlar 
– ular natijasida oluvchiga jo’natuvchi yuborgan xabardan farq 
qiladigan xaabr yetib keladigan buzib ko’rsatishlar yoki rejalashtirilmagan muhit 
aralashuvlari. 
Mazkur model samarali kommunikatsiyalarning asosiy omillarini o’z ichiga 
oladi va kommunikatsiyalar amaliy tizimi yaratish ustidagi ishlarning quyidagi asosiy 
bosqichlarini belgilab beradi: 
-
maqsadli muloqot doirasini belgilash; 
-
muloqot doirasining xaridga tayyorlik darajasini aniqlash; 
-
muloqot doirasi ko’ngildagi javob reaksiyasini aniqlash; 
Jonatuvchi 
Kodlashtirish 
Axborotni 
tarqatish 
vositalari 
Kodni 
ochish 
(rasshifrov
ka) 
Tosiqlar 
Qaytuvchan 
aloqa 
Javob 
reaksiyasi 
Oluvchi 


28 
-
muloqot doirasiga murojaat yaratish; 
-
firmaning marketing kommunikatsiyalari kompleksini shakllantirish; 
-
marketing kommunikatsiyalari kompleksi byudjetini ishlab chiqish; 
-
marketing kommunikatsiyalari kompleksini hayotga tatbiq etish; 
-
qaytuvchan aloqa kanallari bo’yicha yetib keladigna axborotni to’plash; 
-
marketing kommunikatsiyalari kompleksiga tuzatishlar kiritish. 
Agar firma belglangan vaqt davomida o’zining maqsadli muloqot doirasini 
ko’ngildagi xaridga tayyorgarlik holatiga o’tkazishning uddasidan chiqa olgan bo’lsa, 
bu holda kommunikator ushbu modelnig 2-bandiga muvofiq marketing 
kommunikatsiyalari kompleksi yaratish bo’yicha faoliyati yana boshlashi lozim; yana 
bitta yoki bir qator maqsadli muloqot doiralari aniqlangan holda esa – 1-bandga 
muvofiq. 
Marketing kommunikatsiyalari samarali kompleksini shakllantirishning asosi 
sanalgan segmentlash firmaning maqsadli muloqot doiralari ijtimoiy-iqtisodiy va 
psixologik tavsifnomalari zaruriy axborotini olishga imkon beradi. 
Marketing kommunikatsiyalari kompleksi strukturasiga shuningdek, quyidagilar 
ham ta’sir ko’rsatadi: 
-
tovar turi (keng iste’mol tovarlari yoki sanoat yo’nalishidagi tovarlar); 
-
tovarning hayotiylik davri bosqichi; 
-
potensial mijozning xaridga tayyorlik darajasi; 
-
siljitish strategiyasi (itarish yoki tortish strategiyasi); 
-
raqobatchilarning marketing kommunikatsiyalari kompleksi xususiyatlari; 
-
firmaning moliyaviy imkonyatlari. 
Marketing kommunikatsiyalari ularning maqsadi jamiyatning umumiy 
ehtiyojlarini qondirish jaaryonida muvaffaqiyatga erishish sanalgan bozor 
faoliyatining barcha sohalari uchun asos hisoblanadi. Ular tijorat sohasida jamoatchilik 
bilan aloqalarni amalga oshirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Sotishni 
kengaytirish, 
tashkilotning 
ijobiy 
obrazini 
yaratish 
uchun 
foydalaniladigan kommunikatsiya modeli bozor sharoilariga passiv moslashishdan voz 


29 
kechib, sotilayotgan mahsulot yoki xizmatlarga talabni faol shakllantirish maqsadida 
bozorga ta’sir etish siyosatiga o’tishga majbur qiladi. 
Marketing kommunikatsiyalari bugungi kunda korxona uchun zarur bo’lgan 
axborotlarni iste’molchilarga yetkazish bo’yicha amaliyotni o’z ichiga oladigan 
samarali marketing vositasi sifatida faol foydalaniladi. 
Tashkilot darajasida kommunikatsiyalar nafaqat axborot oqimlarini, balki 
mehnat jamoasi ichidagi va biznes bo’yicha tashqi hamkorlar bilan psixologik o’zaro 
aloqalar yig’indisini ham o’z ichiga oladigan dinamik jarayonni ifodalaydi. 
Kommunikatsiya bu – axborot almashinish jarayoni, aloqa qilish liniyasidir. 
Kommunikatsiyalar tashkilotlarda tashqi muhit haqida axborot to’plash, 
tizimlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, qayta ishlangan xabarlarni muhitga qayta 
yuborish uchun mo’ljallangan rivojlangan kanallar tarmog’i bilan ifodalanadi. 
Kommunikatsiyalar tizimi tashkilotni tashqi muhit bilan integrasiyalash vositasi bo’lib 
xizmat qiladi. 
Har qanday kommunikatsiya belgilarni yozib olish va tanib olish uchun kodlash-
qayta kodlash tizimini qo’llagan holda uzatuvchi va oluvchi o’rtasida belgilar 
almashinishni ko’zda tutadi.
Uzatuvchi (kommunikator) – xabarni uzatadigan alohida shaxs yoki tashkilot. 
Bu tomon xabarning aniq, ravshan va ishonarli bo’lishi uchun ko’plab tavsifnomalarga 
ega bo’lishi lozim. 
Oluvchi (kommunikant) – xabarni qabul qiluvchi tomon, ya’ni maqsadli 
muloqot doirasi. 
Xabar kommunikatsiya jarayonining asosiy vositasi bo’lib, so’zlar, tasvirlar, 
ovozlar, belgilar yig’indisini integrasiya qiladi. 
Kommunikatsiyalar aossiy vositasi sifatida xabarni tasvirlash shaklini ko’zda 
tutadigan kodlash va oluvchining kodlangan xabarni tanib olish jarayoniga xizmat 
qiladigan qayta kodlash (rasshifrovka) namoyon bo’ladi. 
Marketing konsepsiyasini kommunikatsiyalarga nisbatan qo’llash xaridorlar 
tajribasiga murojaat qiladigan va ular qayta kodlashga qodir bo’lgan tildan 
foydalanadigan xabarlar ishlab chiqishni taqozo etadi. 


30 
Kommunikatorning maqsadi maqsadli muloqot doirasi tomonidan javob 
reaksiyasi olishdan iborat. Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitlarida 
qaytuvchan aloqa mazmuniga katta e’tibor qaratiladi. Yaqqol ko’rinib turibdiki, 
kommunikatsiyalar qaytuvchan aloqasi samaradorligi nafaqat tovar xarid qilish 
haqidagi bir onda qabul qilinadigan qarorlarga, balki tovarni kelajakda xarid qilish 
haqidagi qarorlarga, iste’molchilarning sodiqlik darajasiga ham ta’sir etadi. 
Taqdim etilgan model kommunikatsiyalar samaradorligi asosiy shartlarini 
aniqlab beradi, bu esa kommunikatsiyalar mazmuni bo’yicha qarorlarni kompleksli 
ravishda ishlab chiqish, jamoatchilik bilan aloqalar, ko’rgazma marketingi, tovarlarni 
o’rab-qadoqlash, reklama, sotishni rag’batlantirish va ijtimoiy-korporativ javobgarlik 
bo’yicha strategiyalar tanlash va asoslab berishni nazarda tutadi. 
Kommunikatsiya qarorlari samaradorligining asosini quyidagi funksional 
tarkibiy qismlar tashkil etadi: 
-
axborot. Kompaniya rahbariyati maqsadli muloqot doiralari guruhlarini 
ma’lum bir tovarlar yoki xizmatlar mavjudligi va ularning bajarishi lozim bo’lgan 
vazifalari haqida xabardor qilib, bu ayniqsa, yangi mahsulotlar uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi; 
-
ishontirish. Ayniqsa, muloqot doirasining kompaniya va uning markalariga 
ijobiy munosabatini shakllantirish maqsadlarida dolzarb ahamiyatga ega. 
Foydalaniladigan pablik rileyshnz usullari amalga oshirilayotgan xarid qilishga 
ishontirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini isbotlab berdi; 
-
obraz yaratish. Ayrim bozorlarda marketing kommunikatsiyalari vositasida 
yaratilgan kompaniya obrazi – markalar o’rtasidagi yagona yoki asosiy farqdir. 
Kommunikatsiyalar – obrazlar, ishonch va tovarga munosabat – markaning tarkibiy 
qismlariga aylanmoqda. Tovarlari oddiy va bir-biriga o’xshash bo’lgan bozorlarda 
kommunikatsiyalar vositasida yaratilgan obrazlar – iste’molchilar markalarni 
farqlashining yagona usulidir. Samarali kommunikatsiya – «bozor eshiklaridagi 
qulfning kaliti»dir; 
-
madad. Murojaatlarning asosiy qismi yangi xaridorlar jalb qilishdan ko’ra 
ko’proq mavjud xaridorlarni ta’minotchining tovarini xarid qilar ekan, to’g’ri tanlov 


31 
qilganiga ishontirishga qaratiladi. Mustahkam o’rin egallab turgan kompaniyalar 
uchun xaridorlarni ushlab qolish yangi xaridorlar jalb qilishdan ko’ra kattaroq 
ahamiyatga ega; 
-
xaridorlarning shaxsiy tajribasi va ularning tovar haqidagi fikrlari. Qaytuvchan 
aloqaga tuzatish kiritish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan asosiy tarkibiy 
qism. 
Marketing muammolari bo’yicha adabiyotlarda marketing kommunikatsiyalari 
strukturasi bo’yicha biroz farq qilgan holda ancha batafsil ochib beriladi. 
Xususan, Genri Assel va Filipp Kotler marketing kommunikatsiyalari tarkibiga 
to’rtta element: reklama, sotishni rag’batlantirish, shaxsiy sotuvlar va pablisitini 
kiritadi. Umuman olganda xuddi shunday kommunikatsiya elementlarini 
ye.N.Golubkova ham sanab o’tgan. Taklif etilgan elementlarning har birini muallif 
muayyanlashtiradi. Bunda pablisiti kompaniya, uning tovar yoki xizmatlari haqida 
ommaviy axborot vositalaridagi bepul xabarlar sifatida jamoatchilik bilan aloqalar 
kengroq vositalari bilan to’ldiriladi. 
G.D.Krilova va M.I.Sokolova tovarni bozor tomon harakatlantirish usullari 
sifatida quyidagilarni sanab o’tadi: 
-
pablik rileyshnz (PR); 
-
reklama; 
-
sotishni rag’batlantirish; 
-
ixtisoslashgan ko’rgazmalar; 
-
shaxsiy sotuvlar. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish