Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
 
 


280 
15-BOB. REKLAMA FAOLIYATINING ASOSIY TURLARI 
15.1.
 
Magazinda tashqi reklama 
 
Zamonaviy magazin reklamasi 
magazining o‘zini reklama qilish va unda 
sotiladigan tovarlarni reklama qilishdan iborat. Bu reklama turlari o‘zaro chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, ularni doim ham aniq ajratib bo‘lmaydi. 
Magazin va undagi tovarlar reklamasi magazin tashqarisida ham, uning 
ichkarisida ham amalga oshiriladi. Magazin reklamasining tashqi vositalari qatoriga 
plakat va afishali reklama taxtalari; viveskalar; magazinning tashqaridan bezalishi; 
tashqi vitrinalar kiradi. Magazin ichki reklamasining asosiy vositalari savdo zali 
intereri; savdo korxonasi ichkarisida tovarlar namoyishi; reklama yo‘lko‘rsatkichlari, 
plakatlar va afishalar, shuningdek, magazinda radio orqali reklama, yangi oziq-ovqat 
tovarlarini tatib ko‘rish kabi reklama tadbirlari hisoblanadi. 
Hozirgi paytda magistral ko‘chalar va jamoat transporti bekatlaridan chetda
muyulishlarda, kvartallar ichkarisida, ba’zida esa erto‘lalarda ham ularga joy ajratilgan 
ko‘plab magazinlar barpo etilmoqda. 
Ular uchun, ayniqsa, faoliyatning boshlang‘ich davrida reklama vositalari bilan 
o‘ziga potensial xaridorlar e’tiborini jalb qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
maqsadda odamlar gavjum to‘planadigan eng yaqin joylarda, chorrahalarda, magistral 
ko‘chalarda aholini magazin haqida xabardor qiladigan reklama plakatlari 
yopishtirilgan reklama taxtalari o‘rnatiladi (mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan va 
mos keluvchi haq to‘langanidan so‘ng). 
Plakatlar 
qog‘oz, xolst, fanerada bajarilgan, qisqa matn va yozuvli rasmlardan 
iborat bo‘ladi, 
afishalar 
esa faqat reklama matnlaridan iborat bo‘ladi. Reklama 
taxtalarida joylashtiriladigan plakat va afishalar bir vaqtning o‘zida sodda bo‘lishi va 
shu bilan bir paytda ko‘zga yaqqol tashlanishi, potensial xaridorlarning e’tiborini jalb 
qila olishi lozim. Ko‘chada joylashtiriladigan afisha matni qisqa, uning shrifti yirik 
bo‘lishi, fon va harflar rangi esa bir-biridan keskin farq qilishi lozim. 
Rang bilan bog‘liq qarorlar turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi ranglar birikuvi 


281 
tavsiya etiladi: qora rang sariq yoki oq rang bilan, qizil rang oq yoki yashil rang bilan, 
oq rang yashil rang bilan. Yorug‘likni aks ettiradigan va qorong‘uda yonib turadigan 
turli rangdagi lyuminessent bo‘yoqlar foydalanilishi mumkin. 
Badiiy bezalish usullari bo‘yicha ko‘cha plakatlari chizilgan, fotosuratlar 
yordamida bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, fotosuratlar va rasmlar kompozitsiyasini 
ifodalashi mumkin. 
Tuzilishi bo‘yicha 
reklama taxtalari 
tekis (yassi) va bo‘rtma (yaqqol) ko‘rinishda 
bajariladi. Tekis reklama taxtalari fanera yoki ingichka tunuka bilan qoplanadi. Ba’zida 
ramkaga tortildan matodan foydalaniladi. Bo‘rtma reklama taxtalari prizma, kub va 
boshqa ko‘peqliklar shaklida bajariladi. Bunday reklama taxtalari aylanib turadigan 
bo‘lishi mumkin. Ular magazinga kiraverish oldidagi keng yo‘laklarda joylashtiriladi. 
Bunday reklama taxtalari o‘rnatishdan maqsad – o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar 
e’tiborini jalb qilish va bironta tovar xarid qilishga undashdir. 
Potensial xaridorlar e’tiborini magazin oldida o‘rnatilgan, sotilayotgan tovarlar 
assortimenti qisqacha ko‘rsatilgan, yangi tovarlarni tatib ko‘rish haqidagi e’lonlardan 
iborat bo‘lgan kichik ko‘chma reklama taxtalari ham jalb qiladi. Mustahkamroq 
bo‘lishi uchun ular ikkiyoqlama qilinadi va yo‘lakka chayla ko‘rinishida o‘rnatiladi. 
Matn ikkala tomondan shunday beriladiki, magazin yonidan o‘tib ketayotgan va 
yo‘laning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan odamlar uni bemalol ko‘ra oladi. 
Bunday statsionar va ko‘chma reklama taxtalari ixtisoslashgan magazinlar uchun 
samaraliroq bo‘ladi («Ehtiyot qismlar», «Xo‘jalik mollari» va h.k.). 
Shunday qilib, ko‘chadagi reklama taxtalarida joylashtiriladigan reklama 
e’tiborni o‘ziga jalb qilishi, qisqa, tushunarli va oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim. 
Ko‘chadagi reklama taxtalariga yopishtirilgan plakatlar va afishalar yomg‘irli 
kunlarda qanday bo‘lishi, ularni avtomobillar, daraxtlar va to‘sib qo‘ymasligiga e’tibor 
qaratish kerak. 
Transparantlar 
– vaqtinchalik reklamasi. Ular magazinga kiraverishda yoki 
ko‘chadagi ustunlarda biron-bir reklama kampaniyasi, ko‘rgazma-savdo o‘tkazilishi 
yoki yangi magazin ochilishida joylashtiriladi. Magazinga tashrif buyurish murojaati 
yozilgan transparant chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Bu maqsadda qoidaga 


282 
ko‘ra, oq, sariq yoki qizil rangdagi matolar tanlanadi, chunki bu ranglar stidan yozilgan 
boshqa rangdagi harflar aniq ko‘rinib turadi. 
Reklama xabarlari matnining bir necha xil turi mavjud: axborot beruvchi, eslatib 
turuvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va ishontiruvchi.
 
Axborot beruvchi matnlar oddiy, qisqa 
va aniq, eslatib turuvchi matnlar – qisqa, ta’sir ko‘rsatuvchi matnlar – tovar nomini 
ko‘p marta takrorlaydigan bo‘lishi lozim. Ishontiruvchi matnlar emotsional shaklda 
e’tiborni tovarning afzalliklariga qaratadi. 
Reklama taxtalarida ham, reklama varaqalarida ham joylashtiriladigan reklama 
elementlarining asosiy elementlari matn va rasmlar sanalib, ularning vositasida 
reklama ma’lum bir g‘oya va axborotni odamlarga etkazadi. Matn taklifning 
mohiyatini bayon qiladi, rasm esa uni ko‘rish orqali qabul qilinadigan obraz bilan 
to‘ldiradi, lekin aslo uning mazmunini takrorlamaydi. Reklama e’lonlarining 
elementlari qatoriga reklamaga emotsional ruh baxsh etadigan, uning ta’sirini 
kuchaytiradigan shrift va rang ham kiradi. Reklama taxtalarida bu elementlarning 
barchasi birgalikda yoki alohida holatda foydalanilishi mumkin. 
Reklama matni, qoidaga ko‘ra, sarlavha, izoh va xulosadan iborat bo‘ladi. 
Sarlavha (slogan) matnga e’tiborni jalb qiladi, xaridorni qiziqtirib qo‘yadi. Izohdan 
maqsad – reklama qilinayotgan ob’ektni uning foydaliligi isbotlarini keltirgan holda 
ko‘rsatishdir. Xulosa xaridorlarni taklif etilayotgan tovarni xarid qilishga ishonch bilan 
ko‘ndirishi lozim. 
Aniqlanishicha, odamlar sarlavhani matndan ko‘ra besh marta ko‘proq o‘qiydi, 
ko‘pchilik esa faqat sarlavhaga ko‘z yugurtirib chiqadi, xolos. Reklama qilinayotgan 
tovardan foyda olishni (sog‘liqni mustahkamlash, oshxona mehnatini engillashtirish va 
h.k.) va’da qiladigan sarlavhalar doimo boshqalardan samaraliroq bo‘ladi. Sarlavhadan 
nima haqida gap ketayotganini tushunib bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. 
Sarlavha nuqta bilan yakunlanmasligi lozim. 
Eksperimentlar shuni ko‘rsatadiki, 10 va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan 
sarlavhalar qisqa sarlavhalardan yomonroq bo‘ladi. Agar sarlavha sitatadan iborat 
bo‘lsa va qo‘shtironoq ichida berilsa, uning esda qolinarligi 28%ga ortadi. Noodatiy 
sarlavhalar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Masalan: «Agar siz o‘zingiz nima qilishni 


283 
bilmasangiz, keling, bizda bu narsa bor». 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish