Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


Iste’molchiga yo‘naltirilgan sotuvni rag‘batlantirish tadbirlari



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

Iste’molchiga yo‘naltirilgan sotuvni rag‘batlantirish tadbirlari
ko‘pincha 
iste’molchini yangilik bilan tanishtirish; uni xaridga «undash»; bitta xaridor xarid 
qiladigan tovar birliklari sonini ko‘paytirish; muayyan tovar markasi tarafdorlari va 
doimiy xaridorlarni rag‘batlantirish; sotuvning vaqt bo‘yicha (mavsumiy, hafta kunlari 
bo‘yicha, kun davomida) tebranishlarini pasaytirish va boshqa maqsadlarni ko‘zlaydi. 
Yakuniy iste’molchilarga yo‘naltirilgan «seylz promoushn» ko‘p sonli usullarini 
bir nechta guruhga birlashtirish mumkin. 
1.1.Narxdan chegirmalar eng ko‘p sonli va tez-tez qo‘llanadigan usullardan biri 
hisoblanadi. Ular, o‘z navbtida, quyidagi turlarga taqsimlanadi: 
1.1.1.Kelishib olingan sondagi tovarlar xarid qilish shartida taqdim etiladigan 
chegirmalar. CHegirmalarning bu turiga «o‘rov uchun chegirmalar» ham kiradi. 


255 
Masalan, bir banka pivo 50 sent turadi. Lekin 12 bankadan iborat bo‘lgan bir o‘rov 
pivo xaridorga 5 dollarga soitladi. 
1.1.2.Doimiy xaridorlarga taqdim etiladigan bonusli chegirmalar (odatda 5% 
atrofida). Vaqtga oid tebranishlarni pasaytirishga shuningdek, belgilangan hafta 
kunlari (masalan, ish kunlari muzey chiptalariga chegirmalar) va kun davomida 
(kinoteatrda tonggi seans chiptalariga chegirmalar) chegirmalar taqdim etish ham 
xizmat qiladi. 
1.1.3.Mavsumiy sotib yuborishdagi chegirmalar. 
1.1.4. Firma yubileyi, milliy bayramlar (masalan, mamlakatning Mustaqillik 
kuni sharafiga), an’anaviy bayramlar (masalan, diniy bayramlar arafasida) munosabati 
bilan taqdim etiladigan chegirmalar. 
1.1.5.Belgilangan iste’molchilar toifalari (bolalar, harbiy xizmatchilar, talabalar 
va h.k.) chegirmalar. 
1.1.6.Firmaning yangi tovarni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishida eskirgan 
tovar modeliga chegirmalar. 
1.1.7.Tovarni naqd pulga sotib olishda taqdim etiladigan chegirmalar («skonto»). 
1.1.8.Tovarning eski modeli qaytarib berilishi shartida yangi tovar xarid 
qilishdagi chegirmalar (tovarayirboshlashda hisobga olish). 
1.1.9.«Bir lahzalik sotib yuborishlar»da chegirmalar. Xaridorlarni bo‘imga jalb 
qilish uchun magazin yoki savdo markazining bo‘limlaridan birida belgilangan vaqt 
(masalan, 30 daqiqa) davomida narxlar pasaytiriladi. 
1.2.CHegirmalar taqdim etish bilan birgalikda sotuvni rag‘batlantirishning 
kuponlar tarqatish kabi usulini ko‘rib chiqish zarur. Kupon firma tomonidan xaridorga 
muayyan tovarni xarid qilishda chegirma olish huquqi bilan beriladigan o‘ziga xos 
sertifikatni ifodalaydi. Kuponlar ko‘pincha tovar o‘rovlariga solinadi, gazeta va 
jurnallarda reklama e’lonlari bilan birgalikda chop etiladi, kataloglarga joylashtiriladi, 
pochta orqali tarqatiladi. Ba’zida kuponda reklama murojaati ham joylashtiriladi. 
1.3.Sotuv amaliyotida ko‘pincha buyum shaklida taqdim etiladigan xilma-xil 
mukofotlar keng qo‘llaniladi. Masalan, bu muayyan miqdorda tovar birliklari yoki 
belgilangan summaga tovarlar sotib olish shartida xaridorlarga bepul taqdim etiladigan 


256 
firma maykasi yoki sumka bo‘lishi mumkin. Ba’zida xaridor sotuvchiga taqdim 
etadigan tovar yorliqlari, o‘rovi, shisha idishlar tiqini ham xardining isboti yoki 
mukofot olish sharti bo‘lishi mumkin. Sotuvchi xuddi shu tovarni qo‘shimcha 
miqdorda «bepul» taqdim etishi ham mukofot hisoblanishi mumkin. Bunga yorqin 
misol tariqasida «o‘sha narxga» sotiladigan «Mars» va «Snikers» shokoladli 
batonchalari hajmining oshirilishini keltirish mumkin. Tovar o‘roviga oldindan 
«bepul» suvenir solingan bo‘lishi mumkin (masalan, multfilm qahramonlarining 
plastmassa figuralari). Bunday ayrim holatlarda mukofotning roli shunchalik 
ahamiyatli bo‘ladiki, u yangi tovar g‘oyasiga asos qilinib olishi mumkin. Bunga misol 
qilib «Ferrero» firmasining «Kinder-syurpriz» mahsuloti (shokoladli tuxum ichidagi 
o‘yinchoq) keltirilishi mumkin. 
1.4.Bozorga yangi tovarlar kiritish uchun firma potensial xaridorlarga bu 
tovarlarning bepul namunalarini taqdim etishi mumkin. Masalan, «Kodak» 
kompaniyasi bir yil davomida qiziqib qolgan iste’molchilarga yangi «Ektar» 
fotoplenkasini pochta orqali jo‘natgan. Ayrim yangilik-tovarlar (masalan, 
changyutgichlar) potensial xaridorlarga vaqtinchalik foydalanishga bepul, «sinab 
ko‘rish uchun» berilishi mumkin. 
1.5.Ba’zida sotuvni rag‘batlantirish usullari o‘yin shakliga ega bo‘ladi: firma 
konkurs, lotereya yoki viktorina o‘tkazilishi haqida e’lon qilishi mumkin. 
Masalan, yangilik-tovarning eng yaxshi nomi konkursi g‘olibi yoki firma tarixini 
bilish bo‘yicha viktorina g‘olibi sovg‘a bilan, ba’i hollarda – juda qimmatbaho sovg‘a 
(avtomobil va h.k.) bilan taqdirlanishi mumkin. Bu potensial xaridorlarning (demak, 
tovarga, firmaga ham) qo‘shimcha e’tiborini jalb qiladi. 
Lotereya elementlarini shokoladli batonchiklar ishlab chiqaruvchichi bo‘lgan 
mashhur «Mars» firmasi qo‘lladi. U belgilangan manzilga «Mars» yoki «Snikers» 
batonchiklari o‘rov qog‘ozlariga o‘zi haqida ma’lumotlar kiritgan holda yo‘llagan 
barcha lotereya qatnashchilari 1994 yil AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon 
chempionatiga bepul tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida e’lon qildi. 
O‘yin elementi «Anis» firmasi kommunikatsiyalarida ham mavjud bo‘lib, u 
yutuqlar - qalbakilashtirishdan himoya qilingan kredit kartalari, bepul avtomobil 


257 
qo‘lga kiritish huquqini beradigan hujjatlarni - o‘z tovarlari (duxi, sigaret, shokolad) 
o‘roviga joylashtiradi. 
1.6.Iste’molchilarga yo‘naltirilgan «seylz promoushn» usullari sifatida tovarga 
ayrim «qo‘shimcha kuchlar»ni ko‘rib chiqish zarur: iste’mol krediti, bepul qo‘shimcha 
xizmatlar (transport vositasida tashish, o‘rnatish, sozlash bo‘yicha va h.k.), turli 
kafolatlar taqdim etish. Eng ko‘p uchraydigan kafolatlar orasida bepul servis xizmatlari 
ko‘rsatilining kafolatlanishi, nuqsonli detalni bepul ta’mirlash yoki almashtirishning 
kafolatlanishi, tovar xaridorga yoqmaydigan bo‘lib chiqqan hollarda tovar uchun 
to‘langan pulning shubhasiz qaytarishining kafolatlanishi va h.k. alohida ajratib 
ko‘rsatilishi mumkin. 
Bozor sharoitlarida kafolatlarning so‘nggi turi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan 
ham amal qiladi. Masalan, amerikaning «Perdyu farms» firmasi mahsulot ularni 
qoniqtirmagan xaridorlarga o‘zining firma jo‘jalari uchun to‘langan pullarning 
qaytarib berilishini kafolatlaydi. 
1.7.YUqorida aytib o‘tilganidek, xaridor mahsulot iste’mol qilgandan keyin 
foydalaniladigan ayrim o‘rov turlari ham sotuvni rag‘batlantirish vositasi hisoblanadi. 
2

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish