Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
 


245 
13.2. Marketing kommunikatsiyalari tizimida reklama
Reklama – marketingning eng muhim elementi ekanligi borasidagi asosiy fikrlar 
shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar zamonaviy 
iqtisodiyotining barcha jabhalarini qamrab oladi va bunda firmalar marketing 
faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki 
bilvosita aloqaga ega bo‘ladi. 
Masalan, AQSHda marketing xarajatlari tovar yakuniy narxining 55-60%ini 
tashkil qiladi, ya’ni milliy mahsulotning yarmidan ortig‘i bu – reklama, ilgari surish, 
transport vositasida tashish, o‘rab-qadoqlash va savdo xarajatlari hisoblanadi. 
Marketing to‘plamining elementi sifatida reklamaning muvaffaqiyati hozirgi 
paytda ikkita holat – maqsadli yo‘naltirilganlik va sistematik xarakter bilan, 
shuningdek, tovarni rejalashtirish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni, unga 
talab, narx shakllanishi va sotuv bilan qalin aloqalar bilan asoslanadi. 
Marketing umumiy strategiyasi doirasida reklama shubhasiz sotiladigan narsalar 
ishlab chiqaradigan va sotadigan ishlab chiqarish korxonalariga faol ta’sir ko‘rsatadi. 
Bozorga chiqishda esa talabni hisobga olgan holda tijorat natijalariga erishishga olib 
keladi. 
Yuzaga kelgan bozor sharoitlarida reklama, yuqorida aytib o‘tilganidek, axborot 
funksiyasidan tashqari, reklama qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar harakati jarayonini 
maksimal boshqarish yo‘li bilan xaridor va bozor bilan ishlab chiqarishing 
«qaytuvchan aloqa»sini ta’minlagan holda kommunikativ funksiyani ham bajara 
boshladi. 
Reklamani tovar va xizmatlar sifatini, shuningdek, g‘oyalarni iste’molchilarning 
ehtiyoj va so‘rovlari tiliga o‘tkazishga harakat qiladigan kommunikatsiyalar shakli 
sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Marketing tizimining mantiqiy elementi sifatida zamonaviy reklamani ajratib 
turadigan o‘ziga xos belgi oddiygina talabni shakllantirish emas, balki tanlab olingan 
iste’molchilar guruhi ichida uni boshqarish hisoblanadi. Bu birinchidan bozor 
iste’molchilarning didi va so‘rovlari o‘ziga xosliklarini aks ettiradigan segmentlar 


246 
yig‘indisi ekanligi tufayli o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Firmalar uchun maqsad sa’y-
harakatlarni butun bozor bo‘ylab yoyib yubormasdan, tanlangan segmentlarga 
maksimal darajada kirib borishdan iborat. Ikkinchidan, mahsulotni va shunga muvofiq 
reklamani differensiatsiya qilishga asos qilib olinishi mumkin bo‘lgan talab 
variatsiyalarini etarli darajada aniqlik bilan aniqlash mumkin. Tovarlar 
differensiatsiyasi reklama faoliyatini ta’minlaydi va uning samaradorligini oshiradi. 
Reklama uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori va foyda hajmi odatda 
differensiatsiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Talabni o‘rganish o‘rniga ehtiyojlarni, xaridolar motivlarini, iste’molchilar 
daromadlaridan foydalanishni o‘rganish keldi. R.Rivz ta’kidlab o‘tganidek, reklama bu 
- eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p sonli odamlar ongiga o‘z turida yagona bo‘lgan 
iste’mol motivini o‘rnatish san’atidir. 
Reklama sohasidagi mashhur olim D.Ogilvi har qanday reklama tovarlar imidji 
shunday hisoblangan simvollar majmuini yaratishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi 
lozim degan nazariyani ifodalab berdi. Obraz loyihasini ishlash (imidj-bilding) – 
zaonaviy reklamaning eng samarali usullaridan biridir. Agar sanoatchilar o‘z 
reklamasini o‘z tovarlari uchun eng aniq belgilangan individuallik bilan eng ijobiy 
imidj yaratishga qaratadigan bo‘lsa, pirovardida bozorning kattaroq qismini va eng 
katta foydani qo‘lga kiritadi. Masalan, butun dunyoda mashhur «Adidas» firmasining 
mahsulotlari sog‘lom turmush tarzi va sportdagi muvaffaqiyatlar bilan bog‘lanadi; 
«Roleks» soatlari va «Kross» avtoruchkalari esa – muvaffaqiyatga erishgan 
ishbilarmonlarning atributlari hisoblanadi. 
Hozirgi paytda, ko‘plab g‘arb mamlakatlari mutaxassislarining fikriga ko‘ra, 
tovarlar raqobati «brendlar» raqobatiga aylandi. Rossiyalik reklama sohasi 
mutaxassislaridan biri sanalgan I.Rojkov brendingni tovarga nisbatan iste’molchiga 
tovar belgisi, o‘rovi, reklama murojaatlari, seylz-promoushn materiallari va boshqa 
reklama elementlarining birgalikdagi kuchli ta’siriga asoslangan uzoq muddatli afzal 
ko‘rishni yuzaga keltirish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflaydi. 
Brending reklama beruvchi, sotuvchi tashkilot va reklama agentligining 
personallashtirilgan brend-imidj – jiddiy marketing tadqiqotlari asosida tovar yoki 


247 
tovarlar oilasining belgilangan tovar belgisi bilan markalangan obrazini yaratish va 
keng miqyosda iste’molchi ongiga o‘rnatish bo‘yicha birgalikdagi ijodiy harakatlarini 
ifodalaydi. D.Ogilvi aytganidek: «O‘z reklamasini eng qulay obraz yaratishga 
bag‘ishlaydigan, o‘z brendini raqobatchi brendlardan farqli ravishda yaqqolroq 
ifodalydigan ishlab chiqaruvchi eng katta bozor ulushini egallab oladi va uzoq vaqt 
davomida maksimal foyda oladi». AQSH bozorida etakchilik qiladigan brendlarga 
misollar: kiyim-kechaklar — «Livane», sport tovarlari — «Nayk», mayishiy 
elektronika — «Djeneral Elektrik», avtomobillar — «Ford», alkogolsiz ichimliklar — 
«Koka-Kola». 
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari doimiy ravishda 
murakkablashib, talab omillari sifatida tovarning iste’mol xususiyatlaridan ko‘ra 
ko‘proq uning imidj-bilding, sifat, etkazib berish va xizmat ko‘rsatish qulayligi, 
kafolatli ta’mirlash shartlari kabi tavsifnomalari birinchi o‘ringa chiqmoqda. Bugungi 
kunda xorijiy bozorlarda tovarlar jalb etuvchanligining eng muhim elementi tovarlarga 
sotudvan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar darajasi hisoblanadi. 
Shunday qilib, bir tomondan, reklama moliyalashtirish sotuvini narx bilan bog‘liq 
bo‘lmagan holda rag‘batlantirish tizimida tobora moslashuvchan vositaga aylanmoqda, 
boshqa tomondan esa - integratsiyalangan reklama-axborot kommunikatsiyalarining 
yangi turiga aylanmoqda. 
Muayyan bozor vaziyati bilan belgilanadigan maqsadlarga qarab, reklama 
quyidagi vazifalarni samarali hal etishi mumkin: 

xabardor qilish (yangi tovar, muayyan hodisa, firma va h.k. haqida bilimlar va 
xabardorlikni shakllantirish); 

nasihat qilish (iste’molchining firma va uning tovarlarini mos keluvchi qabul 
qilishi, afzal ko‘rishni asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich shakllantirish; xaridorni 
xaridni amalga oshirishga ko‘ndirish; xaridlarni rag‘batlantirish va h.k.); 

eslatish (xabardorlikni qo‘llab-quvvatlash, xaridlar oralig‘ida iste’molchilar 
xotirasida tovar haqida axborotni ushlab turish; ushbu tovarni qaerdan xarid qilish 
mumkinligini yodga solib turish) va boshqa vazifalar. 


248 
Yakuniy hisobda, marketing kompleksining boshqa elementlari kabi, barcha 
reklama funksiyalari marketing kommunikatsiyalar tizimining asosiy maqsadlariga 
erishish – talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirishga borib taqaladi. Mashhur 
amerikalik reklamachi Alfred Dj.Simenga ko‘ra: «Reklama bu – iste’molchilar uchun 
mo‘l-ko‘llik yaratadigan iqtisodiyot mexanizmidagi yog‘lash uchun ishlatiladgian moy 
ham, o‘t oldirish tizimi hamdir. Bu tariqada uning vazifasi xabardor qilishdan iborat... 
Biroq bu vazifa – oddiygina xabardor qlish emas. Reklama funksiyasi - sotish. Tovarlar 
sotish. G‘oyalar sotish. Turmush tarzini sotish». 
Insonning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib, unga har kuni va yopirilma ta’sir ko‘rsatar 
ekan, reklama insoniyat jamiyati hayotida muhim rol o‘ynaydi. Reklamaning 
ahamiyati ayniqsa, iqtisodiyot va jamiyat hayotida muhimdir. 
Reklamaning iqtisodiy roli shunda amalga oshiriladiki, u kapital qo‘yilmalar 
hajmi va ish o‘rinlari sonining o‘sishiga xizmat qiladi, raqobatni qo‘llab-quvvatlaydi, 
sotuv bozorlarini kengaytiradi, mablag‘lar aylanuvchanligi tezlashishiga 
ko‘maklashadi va bu bilan ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. 
Reklamaning ijtimoiy roli ham juda muhimdir. Reklamaning milliardlab potensial 
xaridorlarga kundalik ta’siri butun dunyoda va har bir mamlakatda aholining turli 
qatlamlari xulq-atvori va belgilangan fikrlash standartlari shakllanishiga xizmat qiladi. 
Uinston CHerchill bu borada quyidagicha fikr bildirgan: «Reklama... yuqoriroq 
turmush darajasiga ehtiyoj yuzaga keltiradi. U inson oldiga o‘zini va oilasini yaxshiroq 
uy-joy, yaxshiroq kiyim-bosh, yaxshiroq oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadini 
qo‘yadi. U qunt bilan ishlash va unumdorlikni rag‘batlantiradi. U boshqa holatlarda 
bir-biri bilan chiqisha olmaydigan narsalarni mahsuldor va samarali ittifoqqa 
birashtiradi». 
Reklamaning ta’lim borasidagi roli yuqori ekanligini qayd etib o‘tmasa 
bo‘lmaydi. YAngi ilg‘or tovar va texnologiyalarni joriy qilish jarayonida u inson 
faoliyatining turli sohalaridan bilimlar tarqatilishiga xizmat qiladi, iste’molchilarga 
ma’lum bir amaliy ko‘nikmalarni singdiradi. 
Reklamaning ahamiyatini baholash uning estetik roli katta ekanligini yodga olib 
o‘tmasak to‘liq bo‘lmasdi. Qadim zamonlardan bizning kunlargacha reklama 


249 
murojaatlarining eng yaxshi namunalari haqli suratda amaliy san’at asarlari deb 
hisoblanishi mumkin. Misol tariqasida fransuz rassomi A.Tuluz-Lotrek tomonidan 
tayyorlangan reklama taxtalari; gruzin ustasi N.Pirosmanashvili mo‘yqalamiga 
mansub bo‘lgan mayxonalar viveskasi; V.Mayakovskiyning reklama plakatlari va 
matnlari; mashhur kinorejisserlar K.Lelyush, D.Linch, A.Konchalovskiy, N.Mixalkov 
va boshqalarning reklama videoroliklarini keltirib o‘tish mumkin. 
Yuqori professional va badiiy darajada bajarilgan reklama murojaatlari odamlarda 
yaxshi did va go‘zallikni his etishni shakllantiradi. SHu asnoda reklamada mashhur 
firmalarni ifodalaydigan fotomodellar (firma «sanam»lari) belgilangan davrlarda 
ayollar go‘zalligining umum e’tirof etilgan etalonlariga aylanganligini eslab o‘tish 
o‘rinlidir. «Shanel» firmasi vakili bo‘lgan va Marianna tituliga Fransiyaning har yillik 
ko‘rigi g‘olibasi bo‘lgan Izabel de lya Fressanj, Paulina Parijkova («Este Lauder»); 
Izabella Rosselini («Lankom»); Sindi Krouford va Klau- dia Shiffer («Revlon») va 
boshqalar bunga yorqin misol tariqasida keltirib o‘tilishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish