Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


-MODUL. REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

2-MODUL. REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 

11-BOB. REKLAMANING RIVOJLANISH TARIXI VA HUQUQIY 
TARTIBGA SOLISHI 
11.1. Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning paydo bo‘lishi 
Reklamaning dastlabki shakllari milodgacha bo‘lgan qadimiy davrlarda ham mavjud 
bo‘lgan. Bizgacha etib kelgan, hozirda Buyuk Britaniya muzeyida saqlanayotgan ilk 
reklama murojati Misrda papirusga bitilgan kulni sotish haqidagi yozuv hisoblanadi . 
Matnda: “Uning ikki qulog‘i ham yaxshi eshitadi, ikkala ko‘zi ko‘radi. Uning oz 
taomga qanoatliligi, halolligi, itoatkorligini kafolatlayman ”, deyilgan edi. 
Ammo qadimda tosh yoki metallga emas, balki devorlarga tirnab yoki bo‘yoq bilan 
yozilgan reklama yozuvlari ko‘proq ommalashgan. O‘tmish tadqiqotchilari ularni 
graffiti (italyancha “graffito”-“tirnalgan” so‘zidan) matnlari deb atashadi.Ko‘hna 
YUnoniston va Rimda reklama e’lonlari yog‘och taxtachalar,mis parchalari,suyakka 
o‘yib yozilib, maydonlar,odamlar to‘planadigan boshqa joylarda baland ovozda o‘qib 
berilgan. Reklama o‘tmishda ham jamiyat hayotida katta o‘rin egallay boshlaganida 
turli e’lon hamda bildirishlarni uy-joylarning devorlarida betartib yozmaslik uchun 
ularga mo‘ljallab maxsus devorlar-“ambuslar”qurilgan.
Miloddan avvalgi 73 yilda vulqondan otilgan suyuqlikka botib qolganligi sababli
o‘zining asl qiyofasini saqlab qolgan eng ko‘hna Pompey shahri ,biz uchun bir yarim 
mingtadan ko‘proq reklama murojaatlarini saqlab qolgan.Ularda jamiyat hayotining va 
inson 
turmushining 
deyarli 
barcha 
sohalari-siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy
masalalar ,tomoshalar,turli xizmat turlari haqidagi reklamalar aks etgan. 
Evropa mamlakatlarida qirolning farmonlarini.shaharlarda mahalliy ma’murlarning
bo‘yruqlarini e’lon qiladigan maxsus jarchilar bo‘lgan.Bundan tashqari, jarchilar 
savdo uyushmalari (gildiyalari) tomonidan ham maxsus yollangan. XIII asrda
Fransiyada jrachilar e’lon qilgan xabarlar, reklama materiallarining to‘plami -
“Parij jarchilari” Gilom de Vilnev tomonidan tayyorlangan. Umuman, bu 


212 
jarchilarning Parij shahri maydon va ko‘chalari hayotidagi o‘rni katta bo‘lgan. 
Jarchilar ovoza qilayotgan har bir taom, meva yoki buyumlar uchun alohida
so‘zlar,ohanglar ishlatishgan.ya’ni o‘ziga xos nutq va musiqa obrazlarini yaratishgan.
1608 yilda esa Angliya ham “London jarlari” kitobi nashr etilgan. Unda keltirilgan 
misollardan birida shunday deyilgan: “Diqqat! 24 yoshli qiz haqida biron narsa xabar 
qilish mumkin bo‘lgan har bir erkak yoki ayol jarchiga buni ma’lum qiling va bu
xizmatingiz mukofotlanadi”. 
Reklama tarixi dastlab qaerda paydo bo‘lganligi: G‘arbdami yoki SHarqdami, bunga
aniq javob berish mushkul. Ammo biz mavjud tarixiy manbaalarga va tadqiqotlarga
asoslngan holda, reklama, savdo-sotiq maqsadlarini ko‘zlagan axborot tarqatish
vositasi sifatida SHarqda paydo bo‘lgan, deb hisoblaymiz. Ammo reklama fan
sifatida, aynan Evropada rivojlandi.
1450 yilda Gutenberg tomonidan matbaa dastgohining ixtiro qilinishi ommaviy
kommunikatsiya vositalarining tizimini, shuningdek, reklamani ham rivojlantirishda
yangi davrni boshlab berdi. Ilgari bir necha kun va mashaqqatli mehnatni talab
qiluvchi matnlarni tayyorlashni matbaa dastgohlari yordamida tez bajarish
imkoniyati tug‘ildi. 1465 yilda Italiyada ilk bosmaxonada paydo bo‘lgan bo‘lsa, 
1468 yilda SHveysariyada,1470 yilda Fransiyada, 1473 yilda Belgiya, Vengriya
va Polshada, 1476 yilda Angliya, CHexiya va Evropaning boshqa mamlakatlarida
ham matbaa dastgohlari ishga tushdi.
1472 yilda ilk marta reklama e’loni chop etildi. Diniy kitob sotuvga chiqarilgani
haqidagi ushbu matn Angliya cherkovlaridan biriga osib qo‘yilgan edi. 
SHifokor Teofrast Renotno Evropada bosma reklamaning asoschisi hisoblanadi. 
U 1630 yilda parijda “Fransuz gazetasi”da reklama e’lonlarini chop etadigan
idora tashkil etgan. Bu gazetada e’lon qilingan ilk reklama materialida o‘g‘irlangan
12 ot qaerga yashirilganligini ma’lum qilganlar uchun mukofot berilishi
ko‘rsatilgan edi. Matbaachilik rivojlanib borgani sari gazetalarda asosan savdo-
sotiqqa doir e’lonlar ko‘plab chop etilishi bilan bir qatorda, shahardagi bino
devorlarida qo‘lda yozilgan e’lonlar hamda bosmaxonalarda tayyorlangan
varaqalar ham yopishtirila boshlandi.


213 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish